O`zbeкistоn rеspubliкаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/210
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#212659
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   210
Bog'liq
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

Ta`mirbo’lik-bu  avtomobil  konstruktsiyasini  tejamli  texnologik  jarayonlarni  qo`llash  bilan 
hamma  turdagi  TXK  va  T  ishlarini  bajarishga  mosligi  xossasidir.  Avtomobillarni  ta`mirbo‘ligi  kon-


 
11 
struktorlik-ishlab  chiqarish  va  Ekspluatatsion  omillar  bilan  aniqlanadi.  Konstrutorlik-ishlab  chiqarish 
omillari avtomobil konstruktsiyasi xossasini aniqlaydi. Ular avtomobillarni yaratishda hisobga olinadi. 
Ekspluatatsion  omillar  konstruktsiya  xossasi  namoyon  etiladigan  muhitni  aniqlaydi,  bunda  ular  avto-
mobilni yaratishda va Ekspluatatsiya qilishda hisobga olinadi.  
Konstruktorlik-ishlab chiqarish omillariga quyidagilar kiradi: nazoratbo‘lik, yengil yetishishlik, 
yengil almashuvchanlik, o`zaro almashuvchanlik, agregat va tizimlarni unifikatsiyasi, TXK va nazorat-
diagnostika jihozlari va boshqa vositalarni ishlata olinishi.  
Ekspluatatsion  omillar-bu  TXK  va  ta`mirlash  ishlarini  bajarish  shaklini  tashkil  etish,  ishlab 
chiqarish texnik negizini holati, TXK va ta`mirlash ishlarini bajruvchilarini malakasi, ehtiyot qismlar 
va materiallarga bo`lgan talabni to`la qondirish, texnik hujjatlarni to`laligi va sifatliligi va boshqalar. 
Nazoratbo’lik-texnik diagnostikalashni turli vositalari va uslublari bilan avtomobil, agregat va 
tizimlarni texnik holati diagnostik parametrlarini nazorat qilish omilidir. Ular avtomobillarga TXK va 
ta`mirlashni  yangi samaraliroq uslublarini amaliyotga joriy qilishga  asosiy  ta`sir koprsatadi. Nazorat-
bo‘lik avtomobilni ishonchliligini ta`minlash va xavfsiz harakatlanish talablari bilan aniqlanadi. 
TXK  va  T  ob`ektiga  yengil  yetishuvchanlik-bu  avtomobillarga  TXK  va  T  ga  sarfini  ka-
maytirishni  bosh  omilidir.  Bu  omil  avtomobillarga  TXK  va  ta`mirlash  sharoitini  hamda  eng  kam 
qo`shimcha ish hajmi bilan yoki usiz profilaktika va ta`mirlash bo`yicha maqsadli operatsiyalarni ba-
jarish uchun ob`ektni mosligi (bo‘ligi) bilan aniqlanadi.  
Engil almashuvchanlik-bu buyumni eng kam vaqt va mehnat sarfi bilan almashtirishga mosli-
gidir.  yengil almashuvchanlik bilan  yengil yetishuvchanlikni bir-biriga almashtirib bo`lmaydi, chunki 
avtomobilda shunday buyumlar borki, Ekspluatatsiya davrida ularga yetishish oson, lekin almashtirish 
qiyin.  yengil  almashuvchanlik  asosan  Ekspluatatsiya  jarayonida  almashtiradigan  buyumlarni  qotiril-
ganlik  uslublari,  bo`linuvchilar  konstruktsiyasi,  almashtiriladigan  elementlarni  massasi  va  gabarit 
o`lchovlari bilan aniqlanadi. 
Komplektlovchi  buyumlarni  (detallarni)  o`zaro  almashuvchanligi-bu  bir  nomlanishdagi 
ko‘pgina  buyumlardan  (detallardan)  tanlamasdan  birortasini  olib  va  tayyorlanmasdan  avtomobilga 
o`rnatishdir.  Moslashtirish  operatsiyalar  hajmiga  qarab  o`zaro  almashuvchanlik  darajasi  o`rnatiladi. 
O`zaro  almashuvchanlik  darajasi  qancha  yuqori  bo`lsa,  moslashtirish  ishlari  hajmi  shuncha  kam 
bo`ladi. 
TXK va  ta`mirlashda mehnat,  material sarfini  va  avtomobillarni  turib  qolishini  kamaytirishda 
o`zaro almashuvchanlik katta ahamiyatga ega. 
TXK  vositalari  va  nazorat-diagnostika  jihozlarini  qo`llanuvchanligi-bu  mavjud  vositalarni 
yangi  modeldagi  avtomobillarga  xizmat  koprsatish  va  ta`mirlashda  qo`llash  imkoniyatidir.  Bu  omil 
ishchi joyini va bajaruvchilarni ishni bajarishga qulayligini tashkil qilish, TXK va ta`mirlash muddati 
va narxiga ta`sir koprsatadi. 
Avtomobil  agregatlari  va  tizimlarini  unifikatsiyasi-bu  avtomobil  saroyini  ta`mirbo‘lik  va  Ek-
spluatatsiya samaradorligini oshirishni asosiy omilidir. CHunki bu TXK va ta`mirlashni ancha sodda-
lashtiradi  va  arzonlashtiradi,  avtokorxona  omborxonasidagi  ehtiyot  qismlar  nomenklaturasini  ka-
maytiradi va nazorat-diagnostika jihozlari turlari sonini qisqartiradi. 


 
12 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish