O`zbeкistоn rеspubliкаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/210
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#212659
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   210
Bog'liq
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

 
 
Yondirish tizimiga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash 
Yondirish  tizimini  asosiy  nosozliklari  dvigatelni  qiyin  ishga  tushirilishi,  salt  yurishda  uni 
turg`un ishlamasligi, hamma ish tartiblarida notekis ishlashi, dvigatelni quvvatini pasayishi va yonilg`i 
sarfini ko‘payishi bo`lishi mumkin. YUqorida sanab o`tilgan nosozliklarni kelib chiqishiga yondirish 
tizimini ilgarilanish burchagini buzilishi (yondirishni juda ertaligi va kechikishi), bitta yoki bir nechta 
tsilindrlarni notekis ishlashi hamda yondirishni to`la uzilishi sabab bo`lishi mumkin.  
Yondirishni  kechikishi  dvigatel  quvvatini  pasayishiga  va  qizishiga,  ertaligi  esa  dvigatel 
quvvatini  pasayishiga  va  taqqilagan  ovoz  chiqishiga  olib  keladi.  Nosozlikni  bartaraf  qilish  uchun 
yondirish  tizimini  ilgarilanish  burchagini  tekshirish  va  lozim  bo`ganda  taqsimlagichni  yoki  datchik-
taqsimlagich korpusini burash yo`li bilan sozlanadi. 
Bitta tsilindrni notekis ishlashiga yondirish shamini nosozligi, yondirish shamiga ulangan yuqori 
kuchlanish  uzatmasini ihotasini  buzilganligi  hamda  yondirish  shami  uchida  va  taqsimlagich  qo‘qog`i 
uyachasida uzatmani yaxshi kontaktda bo`lmasligi sabab bo`ladi. 
Bir necha tsilindrlarni notekis ishlashiga yuqori kuchlanish markaziy uzatma ihotasini buzilishi, 
yondirish  g`altagi  va  taqsimlash  qo‘qog`i  uyachasida  uni  yomon  kontaktda  bo`lishi,  kondensatorni 
nosozligi,  uzgich  kontaktlarini  kuyishi,  ular  orasidagi  tirqishni  noto`g`riligi  yoki  ihotani  buzilishi 
natijasida uzgichni harakatlanuvchi kontaktini «massa» ga davriy tutashishi, taqsimlagich qo‘qog`i va 
rotorni darz ketishi sabab bo`ladi. YOndirishni buzilishiga ko‘pincha tizimga namlikni tushishi sabab 
bo`ladi: taqsimlagich qo‘qog`iga,yuqori kuchlanish uzatmasiga, yondirish shamlari uchliklariga hamda 
taqsimlagich kontaktlarini ifloslanishi va kuyishi va kontaktlar orasidagi tirqishni buzilishi.  
Taqsimlagich  kontaktlari  orasidagi  tirqish  kichik  bo`lganda  kontaktlarni  ajralib  turish  vaqti 
kamayadi  va  birlamchi  chulg`am  hosil  qiladigan  magnit  maydoni  to`la  yo`qolishga  ulgurmaydi. 
Tirqish  juda  katta  bo`lganda,  kontaktlarni  tutshib  turi  shvaqti  kamayadi  va  birlamchi  zanjirdagi  tok 
to`la  maksimumgacha  tiklanishga  ulgurolmaydi.  Ikkala  holatda  ham  ikkalamchi  chulg`amda 
kuchlanish  kamayadi,  ayniqsa,  tirsakli  val  aylanishlar  soni  oshishi  bilan  tsilindrlarni  notekis  ishlashi 
boshlanadi.  
Ifloslangan  kontaktlar  benzin  bilan  namlangan  toza  latta  yordamida  artiladi,  oksidlangan  va 
kuygan  kontaktlar  egovchalar  (nadfil)  bilan  tozalanadi.  Kontaktlarni  tozalashda  bittasidagi  tepalikni 
olib  tashlash,  ikkinchisidagi  chuqurchanii  yengil  tekislash  lozim.  Kontaktlarni  tozalashda  volfram 
qatlamini  yupqaligini  hisobga  olib,  kontaktlarni  xizmat  muddatini  ko‘paytirish  maqsadida 
chuqurchalarni  to`la  yo`qotish  mumkin  emas.  Kontaktlarni  tozalashda  qattiq  zarralar  mavjud 
qumqog`ozni  ishlatish  tavsiya  etilmaydi,  chunki  kontaktlarga  tushgan  qattiq  zarrachalar  ishlash 
jarayonida  qattiq  uchqunlanishiga  va  kontaktlarni  yeyilishini  tezlashishiga  olib  keladi.  Kontaktlarni 
tozalagandan so`ng ular orasidagi tirqishni sozlash va ilgarilanish burchagini tekshirish lozim. 
YOndirishni to`la tugatilishi  yuqori va past kuchlanishli zanjirlardagi nosozligi tufayli sodir 
bo`lishi  mumkin.  Bunday  holatlarda  avval  past  kuchlanishli,  so`ng  yuqori  kuchlanishli  zanjirlarni 
nosozligshi tekshiriladi. 
YOndirish  tizimini  kom‘leks  diagnostikalashda  kopchmas  yoki  kopchma  motor-testorlarni 
qo`llash bilan amalga oshiriladi.  
YOndirish  tizimini  texnik  holatini  tekshirish  qo`yidagi  parametrlarni  o`z  ichiga  oladi: 
yondirishni  ilgarilanish  burchaklarini  tekshirish  va  sozlash;  past  va  yuqori  kuchlanishli  zanjirlarni 
tekshirish;  kondensatorni  tekshirish.  Kontaktli  yondirish  tizimli  dvigatellarda  ilgarilanish  burchagini 
tekshirishdan oldin uzgich kontaktlari orasidagi tirqishni tekshirish va sozlaash lozim.  
Uzgich  kontaktlari  orasidagi  tirqishni  tekshiri  va  sozlash  quyidagicha  amalga  oshiriladi. 
Taqsimlagich  qo‘qog`i  yechib  olinadi,  dasta  yordamida  tirsakli  val  kontaktlar  to`la  ajralguncha 
aylantirildai  va  shchup  yordamida  tirqish  o`lchanadi,  u  0,35…0,45  mm  bo`lishi  lozim.  Agar  tirqish 
noto`g`ri bo`lsa, VAZ dvigatellarida stopor vinti bo`shatiladi, ‗azga otvertka o`rnatiladi va maydoncha 
uzgich  kontakti  bilan  siljitiladi.  Moskvichlarda  qo`zg`almas  kontakt  plastinasidagi  ikkita  stopor  vinti 
bo`shatildai va ‗azga o`rnatilgan otvertkani aylantirish bilan tirqish o`rnatiladi, shundan so`ng stopor 
vintlari qotirildai va taqsimlagich qo‘qog`i o`rnatiladi. 
YOndirishni  ilgarilanish  burchagini  tekshirish  va  sozlashstrebosko‘  yoki  nazorat  lampasi 
yordamida  amalga  oshiriladi.  Strebosko‘  yordamida  yondirishni  ilgarilanish  burchagini  sozlashda,  u 
klemmasi  yordamida  avtomobilni  akkumulyator  batareyasiga  va  o`tkazuvchi  yordamida  birinchi 
tsilindrni yondirish shamiga ulanadi, uning li‘‘illab yonuvchi lampasi ilashma karteridagi maxsus lyuk 
orqali  maxovikdagi  (VAZ-2108),  tirsakli  valni  shkividagi  (boshqa  avtomobillarda)  belgiga 
yo`naltiriladi. VAZ-2108 avtomobilini salt yurishida maxovikda A kesim shkalani o`rtadagi belgisiga 


 
56 
maxovikni aylanishi bo`yicha 1…2 bo`lim  yetib kelmasligi lozim. Boshqa avtomobillarda shkivdagi 
belgi  blokdagi  ikkinchi  belgiga  mos  kelishi  lozim.  Belgilarni  mos  tushishi  uchun  uzgich-
taqsimlagichni qotirish bolti bo`shatilib taqsimlagich korpusi aylantiriladi. 
YOndirishni ilgarilanish burchagini nazorat lampasi yordamida qo`yidagicha sozlanadi. 
1.  Birinchi  tsilindr  porshenini  siqish  takti  oxiriga  o`rnatiladi.  Buning  uchun  birichi  tsilindrdagi 
yondirish shami olinib o`rniga tiqin tiqiladi va tirsakli val tiqin otilguncha aylantiriladi. SHundan so`ng 
tirsakli valni asta-sekin yondirishni o`rnatish belgisiga mos kelguncha aylantiriladi.  
2.  Taqsimlagich  qo‘qog`i  olinadi  va  uning  rotorini  birinchi  tsilindrga  boruvchi  uzatma  uchun 
qo‘qoqdagi klemmaga mos kelguncha aylantiriladi, so`ng taqsimlagichni blokdagi uyaga o`rnatiladi. 
3. 
Rotorni yengil aylantirib taqsimlagich valigini uzatma bilan ilashishiga olib kelinadi va 
taqsimlagich (datchik-taqsimlagich) korpusi gaykasini (gaykalarini) qo`l bilan qotiriladi. 
4.  Taqsimlagichni past kuchlanishli klemmasiga nazorat lampasini yoki lampali maxsus tekshirish 
qurilmasini datchik-taqsimlagich klemmasiga ulanadi va yondirish ishga tushiriladi. 
5.  Taqsimlagich korpusini u yoki bu tomonga burab lampani yonish-yonmaslik lahzasi aniqlanadi 
va korpus holatini gaykani qotirish bilan o`rnatiladi.  
6.  Taqsimlagich  qo‘qog`iga  yondirish  hamlaridan  kelgan  uzatmalarni  soat  strelkasi  bo`yicha 
tsilindrlarni  ishlash  tartibiga  mos  ravishda  ulanadi.  O`rnatilgan  taqsimlagichni  yondirish  burchagini 
qo`shimcha sozlashda o`rnatish belgisini siljitish lozim. 
YOndirishni  ilgarilanish  burchagini  to`g`riligini  amalda  harakatlanayotgan  avtomobilda 
tekshiriladi. Buning uchun normal haroratgacha qizdirilgan avtomobilni 50 km/soat tezlik bilan yuqori 
uzatmada  harakatlanayotganda  gaz  pedaliga  birdaniga  bosiladi,  bunda  drossel  zaslonkasi  ochiladi. 
Bunda  dvigatelda  qattiq  bo`lmagan  va  tez  so`nuvchi  detanatsion  taqqillash  eshitiladi.  Umuman 
taqqillashni bo`lmasa, yondirishni juda kechikishini, davomli taqqillash esa yondirishni juda ertaligini 
bildiradi. 
past va yuqori kuchlanishli zanjirlarni tekshirish. YOndirish tizimi zanjiridagi elektr jarayonlar 
to`g`risidagi  aniq  ma`lumotlarni  ostsillografli  diagnostik  stendlar  yordamida  olish  mumkin. 
Ostsillogramma  yordamida  yondirish  tizimi  elementlarini  ishga  yaroqliligini  yetarlicha  oddiy  va  tez 
aniqlash  mumkin.  Buning  uchun  ostsillografni  past  (yondirish  g`altagini  birlamchi  chulg`ami 
klemmasiga) va  yuqori  (yondirish  g`altagini ikkilamchi  chulg`ami klemmasiga) kuchlanishli  zanjirga 
ulanadi.  YOndirish  tizimini  namunaviy  ostsillogrammasida  qo`yidagi  xarakterli  maydonlarni  koprish 
mumkin. 
A-yondirish  shamlari  elektrodlari  orasida  yoyni  yonish  davomiyligi  maydoni.  Uchqun  quvvati 
(egrilik am‘litudasi) va yoyni  yonish vaqti (egrilik davomiyligi maydoni) uzgich kontaktlari holatiga 
va ular orasidagi tirqishga bog`liq; 
B-yondirish  g`altagi  qoldiq  energiyasining  tarqalish  maydoni.  Bu  maydondagi  egri  chiziq 
yondirish g`altagi va kondensatorni tebranuvchi konturi sozligini aniqlaydi; 
V-tebranishni tugash momentidan kontaktlarni tutashigacha vaqt maydoni; 
G-kontaktlarni tutashgan holati burchagi maydoni. 
YOndirish tizimini olingan egrilik shaklini etalonli Bilan solishtirish orqali baholanadi. 
YUqori  kuchlanishli  zanjir  sozligini  tekshirish  uchun  (past  kuchlanishli  zanjir  soz  bo`lganda) 
taqsimlagich  qo‘qog`ini  yechib  olinadi,  tirsakli  valni  aylantirish  bilan  uzgich  kontaktlari  to`la 
tutashtiriladi  va  taqsimlagichni  markaziy  klemmasidan  yuqori  kuchlanish  uzatmasi  olinadi.  So`ngra 
yondirish ishlatiladi va uzatma oxirini «massa»dan 4…5 mm masofada ushlab turib uzgich kontaktlari 
ajratiladi.  Uzatma  oxirida  uchqunni  yo`qligi  yuqori  kuchlanish  zanjiri  yoki  kondensator  nosozligini 
bildiradi.  Sababini  to`la  aniqlash  uchun  kondensatorni  almashtiriladi  va  tekshirish  takrorlanadi,  agar 
uchqun bo`lmasa yondirish g`altagini almashtirish lozim.  

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish