Tirsakli valni taqqillashi. O`zak va shatun bo`yinlarini yeyilishi, tayanch halqalarni ko‘p yey-
ilishida, tirsakli valni o`q bo`ylab siljishi sababli tirsakli valda taqqillash paydo bo`ladi. O`zak pod-
shipniklar taqqillashi past ovozda to`ng, shatun podshipniklarniki esa yuqori va tez bo`ladi. Bu
taqqillashlar dvigatelni salt yurishida drossel zaslonkalarini birdaniga ochganda yaxshi eshitiladi.
Taqqillash chastotasi tirsakli val aylanishlar soni o`sishi bilan ko‘payadi. Tirsakli valni o`q bo`ylab
tirqishini ko‘payishi teng bo`lmagan oraliqda tez taqqillagan ovoz chiqadi, bu tirsakli valni aylanishlar
soni bir tekisda ko‘paytirish yoki kamaytirishda seziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |