O`zbeкistоn rеspubliкаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi


Avtomobillarga TXK texnologik jarayonlarini tashkil qilish



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/210
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#212659
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   210
Bog'liq
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

5.3.Avtomobillarga TXK texnologik jarayonlarini tashkil qilish 
 
TXK  texnologik  jarayoni  va  uni  tashkil  qilish  ish  rejalarini  o‘z  vaqtida  bajarish  uchun  kerak 
bo‘lgan ishchi postlari va joylarning soni bilan aniqlanadi. 
TXK ishlarini bajarilishi va taqsimlanishi uchun kerak bo‘lgan ishchi postlari, ularning soniga 
va tashkil etilishiga asosan, universal va maxsus  turlarga bo‘linadi. Bu ishchi postlari o‘z navbatida, 
boshi berk va boshi ochiq bo‘lishi mumkin. +ulayligiga qarab ketma-ket yoki parallel joylashadi. 
Maxsus postlarning ketma-ketlikda joylashishi oqimli qatorni tashkil etadi. 
1. Universal postlarda TXK ni tashkil qilish. 
Bu usulda, TXK dagi barcha ishlar bir postda bir guruh maxsuslashgan yoki universal ishchilar 
yordamida amalga oshiriladi.Texnologik jarayonni boshi berk yoki boshi ochiq ishchi postlarida tash-
kil  qilinadi.  Boshi  berk  postlar  asosan  TXK-1  va  TXK-2  da,  boshi  ochiq  postlar  esa  KXK  da 
qo‘llaniladi. 
Bu  usulni  kamchiligi  avtomobillarni  postlarga  qo‘yish  va  olishda  vaqtning  ko‘proq  ketishi, 
atrof-muhitni ifloslanishi va universal ishchilar ishlaganda, ko‘proq ish haqi to‘lanishidan iborat. 
2. TXK ni maxsus postlarda tashkil qilish. 
TXK ni maxsus postlarda bajarishni tashkil qilish, TXK dagi barcha ishlarni maxsus postlarga 
bo‘lib yuborish va shu postlarda maxsus mutaxasislikka ega bo‘lgan ishchilarni ishlashidan iboratdir. 
Bu  vaqtda  har  bir  post  o‘ziga  yarasha  uskuna  va  jihozlar  bilan  tahminlanadi,  hamda  barcha  ishlar 
oqimli yoki operatsion-post usulida tashkil etiladi. 
Oqimli  usulda  postlar  ketma-ket  yoki  yonma-yon  joylashishi  mumkin.  Bu  usulda  asosiy 
shartlardan biri avtomobilni har bir postda bir xil vaqtdan bo‘lishi kerakligidir. Bu esa har bir postdagi 
ish hajmiga va ishchilar soniga bog‘liq bo‘lib, quyidagi talab bajarilishi kerak: 
   


 
81 
 t
o
 

 

 t 

 const 
  P
o‘r
 
bu yerda: 
t
o
-har bir postda bajariladigan ish hajmi, ishchi soat 
R
o‘r
- har bir postdagi o‘rtacha ishchilar soni,ishchi 
t - avtomobillarni postda bo‘lish vaqti,soat 
Bunday postlarning yig‘indisi oqimli qatorni tashkil etadi. TXK jarayonini bunday tashkil qi-
lish  usulida,  avtomobilni  postdan  postga  o‘tish  vaqti  kamayadi,  egallanadigan  ishlab  chiqarish  may-
doning yuzasi kamayadi va konveyr qo‘llash imkoniyati tug‘iladi. 
Bu  usulning  kamchiligi  postlarda  bajariladigan  ish  hajmini  o‘zgartirish  mumkin  emasligi  va 
qo‘shimcha  ishchilarni  ushlab  turish  (ish  hajmining  oshishini  inobatga  olib)  mumkin  emasligidadir. 
Oqimli  qatorlar  to‘xtovsiz  oqmli  qator  va  to‘xtab-to‘xtab  harakatlanuvchi  oqimli  qator  kabi  turlarga 
bo‘linadi. 
To‘xtovsiz  oqimli  qatorda  TXK,  avtomobil  postdan-postga  to‘xtovsiz  harakatlanib  turishida 
amalga  oshirilishi.  Bu  usul  asosan  KXK  da  qo‘llaniladi.  Bunda  konveyr  tezligi  V
k

0,8-1,5  m

min, 
avtomobillar orasidagi masofa U

1,2-4 m ni tashkil etadi. 
To‘xtab-to‘xtab  harakatlanuvchi  oqimli  qator  deb,  avtomobilga  TXK  da  konveyrning  to‘xtab 
turishi  va  postdan-postga  o‘tishida  harakatlanishi  tushiniladi.  Bu  usulni  KXK  da  qo‘llab  bo‘lmaydi, 
chunki KXK da mexanizatsiyalanish va avtomatlashtirilgan moslamalar qo‘llaniladi, hamda bu yerda 
tezligi 10-15 m

min bo‘lgan konveyrlar qo‘llaniladi. Ishchi posti uzunligi  L
i.p
 

 La 

 U, m ga, yahni 
La-avtomobil uzunligining va ikki avtomobil orasidagi masofaning(U) yig‘indisiga teng bo‘ladi. 
Operatsion post usulida, TXK dagi ish hajmi bir necha maxsus postlarga agregat va mexaniz-
mlar turlari bo‘yicha bo‘lib yuboriladi (1-oldi ko‘prik, 2-orqa ko‘prik, 3- uzatmalar qutisi va h.k.). 
Bu usulda TXK boshi berk postlarda bajariladi va har bir postda avtomobillarni turish vaqti bir 
xil  bo‘lishi  kerak.  Avtomobillarni  har  qanday  postga  qo‘yish  mumkinligi  ishlarini  tez  va  sifatli  ba-
jarishga  imkon  yaratadi,  ammo  avtomobilning  postdan-postga  o‘tish  vaqti  ko‘pligi  tufayli,  atrof-
muhitni  ifloslantirishni  ko‘paytiradi.  Bu  usulda,  avtomobillarga  TXK  ishlari  bir  necha  bo‘laklarga 
bo‘linib, bir necha kunda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
TXK  usulini  tanlash  tartibi  -  TXK  texnologik  jarayonini  tashkil  etish  usulini  tanlash,  avto-
mobillar soni va turiga,TXK ga ajratilgan vaqtga, bahzi bir operatsiyalar va TXK jarayonlar ish hajmi-
ga va avtomobil liniyada ishlash vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. 
Hozirgi vaqtda, har bir smenada avtomobillarga TXK lar soniga va ularning turiga qarab usul 
tanlanadi  (TXK-1  lar  soni  11-13  ta,  TXK-2  lar  soni  3  va  undan  ortiq  bo‘lganda  oqimli  qator,  kam 
bo‘lsa, universal postlar qabul qilinadi). 
 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish