O`zbeкistоn rеspubliкаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi


Ramani ta`mirlash. Ramani qismlarga ajratish va nuqsonlarini bartaraf etish



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/210
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#212659
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   210
Bog'liq
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

Ramani ta`mirlash. Ramani qismlarga ajratish va nuqsonlarini bartaraf etish. Ramaning 
asosiy  nuqsonlari:  kronshteynlarni  mahkamlash  mintaqasi  toliqishdan  darz  ketadi,  parchin  mixli 
birikmalar bo`shashadi, parchin mixlar uziladi, parchin mixlar kirgizilgan teshiklar yeyiladi, bo`ylama 
balkalar, kopndalang bruslar va kashaklar yoriladi, egiladi va buraladi. 
Ramalarnn  ta`mirlash  texnologik  jarayoni  ularni  yog`sizlantirish  va  tozalash,  texnik  holatiga 
qarab to`la  yoki qisman  qismlarga ajratish (parchin mixlarni olish), detallarni tekshirish,  almashtirish 
yoki  tiklash,  yig`ish  (parchin  mixlarni  joyiga  qo`yish)  va  bo`yashdan  iborat.  Ramalarni  har  bir 
tutashmadagi  (kronshteynlar  va  kopndalaig bruslar bilan bo`ylama  balkalar)  ko‘pi  bilan  bitta  parchin 
mix  bo`shashganda,  shuningdek  tokchalarning  ayrim  joylari  egilganda  to`la  qismlarga  ajratmay 
ta`mirlashga  ruxsat  etiladi.  Boshqa  hollarda  ramalar  ta`mirlash  uchun  qismlarga  to`la  ajratiladi. 
Ramalar ishqor solingan. vannalarda yog`sizlantiriladi va tozalanadi. 
parchin  mixlar  quyidagicha  olib  tashlanadi:  dastlab  parchin  mixning  kallagi  olib  tashlanadi, 
keynn parchin mix sumba bilan urib chiqariladi. Kichik diametrli parchin mixning kallag zubilo bilan 
qirqnb tushiriladi. Katta diametrli parchin mixning kallaklari parmalab chiqarib tashlanadi. 
Deformatsiyalangan detallar press ostida qizdirilmay to`g`-rilanadi. press shtoki balkaga taqalib 
turadigan joylardagi tokchalarni ezilishdan saqlash uchun ‗onasimon kashakli opravka qo`yiladi. 
Asosiy  metalldagi  yoki  payvand  choklardagi  darzlar  payvand-lanadi  yoki  detalning  bir  qismi 
almashtiriladi.  Birinchi  holda  darzlar  yoyilib  ketmasligi  uchun  ularning  uchlaridan  darz  yoyi-ladigan 
yo`nalishda  5...10 mm  narida  diametri  6...8 mm li  parma bilan  teshik  parmalanadi,  darzning  bir  yoki 
ikkala  tomonning  60
0
  burchak  ostida  yo`nib  ishlov  beriladi,  unga  yaqin  joylar  tozalanadi  va  necha 
tomonga ishlov berilganiga qarab bir tomonlama yoki ikki tomonlama chok bilan payvandlanadi. 
NII avtotransport (Avtotransport ilmiy tadqiqot instituti) gexnologiyasiga muvofiq toliqishdan 
darz  ketgan  joylar  qirqib  tashlanadi,  ularning  o`rniga  yaroqsiz  ramadan  qirqib  olingan  qo`shimcha 
ta`mir  detali  o`rnatiladi  va  uchma-uch  payvandlanadi.  payvandlangandan  keyin  shlak  olib  tashlanib, 
chok  tozalanadi.  payvandlangan  joylardagi  chokka  bolg`a  bilan  urilganda  chiqadigan  tovush  asosiy 
metallga  urgandagi  tovushdan  farq  qilmasligi  lozim.  payvand  chok  va  uning  ikkala  tomoni  3...4  mm 
naridan pnevmatik bolg`a bilan urib parchinlab puxtalanadi. 
parchin  mixlar  kirgiziladigan  teshiklar  yeyilgan  bo`lsa,  payvandlanadi,  keyin  yangi  teshik 
parmalanib, uning qirralari te-shikni ishchi chizmasi o`lchamiga muvofiq kengaytirib puxtalanadi yoki 
yeyilgan  teshik  parmalab  kengaytiriladi,  zenkovkalanadi  va  ta`mirlash  o`lchamiga  muvofiq 
kengaytiriladi. 
Rama  avval  texnologik  boltlar  yordamida  yig`iladi.  Yo`nishda  shvellerlar  va  kronshteynlar 
yuzalarining  zich  tegib  turishiga  alohida  ahamiyat  beriladi.  So`ngra  har  bir  teshikka  faqat  bitta 
texnologik boltni olib,  yuqorida bayon etilgan usullarning biri bilan navbatma-navbat ishlov beriladi. 
Teshikka  ishlov  berib  bo`lingach,  unga  texnologik  bolt  qo`yiladi  va  gayka  oxirigacha  burab 
mahkamlanadi. 
Barcha  teshiklarga  ishlov  berib  bo`lingach,  parchinlash  boshlanadi.  Navbati  bilan  bittadan 
texnologik  bolt  chiqarib  olinadi,  parchin  mix  qo`yilib,  parchinlanadi.  Ramalarni  parchinlash  uchun 
statsionar  va  kopchma  parchinlash  qurilmalaridan  foydalaniladi.  pnevmatik  asbob  o`rniga  gidravlik 
asbobdan foydalanish shovqinni, sermehnatlilikni  kamaytiradi,  parchinlash sifatini oshiradi. 


 
76 
Kopchma  gidravlik  parchinlash  qurilmasining  skobasiga  ishchi  tsilindri  o`rnatilgan.  Ishchi 
tsilindri  past  bosim  porshenidan  (katta  yo`l  va  parchin  mixga  tez  keltirishni  ta`minlaydi)  va  yuqori 
bosim  porshenidan  (parchin  mixni  shakllantirishda  yuqori  bosim  hosil  qiladi)  iborat.  Qo`zg`almas 
tepkiga  mahkamlanuvchi  detallar  bilan  birga  parchin  mixlarning  kallagi  o`rnatiladi.  SHundan  keyin 
kno‘ka bosiladi. past bosim  porsheni  suyuqlik bosimi ta`sirida  qo`zg`aluvchan tepkini  parchin mixga 
tez  surib  beradi  va  uni  qisadi.  parchin  mix  qarshilik  koprsatganda  gidravlik  tizimda  bosim  oshadi, 
natijada  muayyan  bosimda  multi‘likator  zolotnigi  ishga  tushib,  yuqori  bosim  porsheni  ishlay 
boshlaydi.  Bu  porshen  blok  orqali  parchin  mix  kallagini  shakllantiradi.  Bosim  muayyan  darajaga 
yetganda yuqori bosim relesi ishga tushadi, tizimi dastlabki holatga qaytadi va tsikl tugaydi. 
Ramaning  bo`ylama  balkalari  kopndalang  bruslar  bilan  zarur  aniqlikka  erishish  uchun 
tagliklarda  yig`iladi.  Bunda  maxsus  konduktorlardan  foydalaniladi.  Qiyshiqlikni  aniqlash  uchun 
maxsus nazorat chiziqlar ishlatiladi. Ular trubadan tayyorlanadi.  Bunda trubaga prizmalar  yoki ikkita 
qo`zg`almas  va  qo`zaluvchan  o`lchash  shtifti  o`tqaziladi.  qo`zg`aluvchan  shtift  o`lchashni  qayd 
qilishda  vint  bilan  qotirnb    qo`yiladi.  CHizg`ich  shvellerlarning  yuqorigi  tokchalaridagi  chetki 
teshiklar  orasida  diagonal  bo`ylab  qo`yiladi.  Bu  oraliqlar  baravar  bo`lishi  lozim.  Agar  rama 
qiyshaygan  bo`lsa,  unda  u  bartaraf  etiladi,  masalan,  bo`ylama  balkalarning  toretslariga  kuvalda  bilan 
uriladi  va  texnologik  boltlardagi  barcha  gaykalar  oxirigacha  burab  mahkamlanadi.  Bunda  bo`ylama 
balkalar va yonlama kronshteynlarning yuzalari kopndalang bruslar yuzasiga tegib turishi kerak. 
Agar  hamma  parchin  mixlar  to`g`ri  qo`yilgan,  parchin  mix  kallaklari  yaxshi  shakllantirilgan 
bo`lsa va agar biriktirish detallarida kertiklar va chaqalar bo`lmasa, unda parchin mixli birikma yaxshi 
bajarilgan deb  hisoblanadi.  Qo`yilgan  parchin  mixlarning  sifati  taqillatib  koprib, ko‘zdan  kechirib va 
kallaklar o`lchamlarini shablonlar yordamida tekshirib aniqlanadi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish