O`zbeкistоn rеspubliкаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/210
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#212659
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   210
Bog'liq
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

Ishga  yaroqlilik-bu  berilgan  parametrlar  qiymatini  me`yoriy  hujjatlarda  belgilangan  darajada 
saqlagan  holda  belgilangan  vazifalarni  bajara  olishidagi  avtomobilning  holati,  ya`ni  avtomobil  ishga 
yaroqli, agar u harakat xavfsizligiga xavf solmagan holda passajirlar va yuk tashib olsa. Ishga yaroqli 
avtomobil  nosoz  bo`lishi  mumkin,  misol,  dvigatelni  moylash  tizimida  moy  bosimi  me`yoriydan  past 
bo`lsa, tomobilni tashqi koprinishi yomonlashgan va boshqalar.  
Ishga  yaroqsizlik-avtomobilning  belgilangan  vazifalarni  bajarish  xususiyatini  xarakterlovchi 
kamida  bitta  parametr  qiymati  me`yoriy-texnik  va  (yoki)  konstruktorlik  hujjatlarda  belgilangan  tal-
ablariga mos kelmaydigan vaqtdagi holati. 
Buzilish-avtomobilning  ishlay  olish xususiyatini  buzilish  jarayonidir.  Buzilishlar  tasnifi  ularni 
kelib chiqish sabablarini aniqlash, ogohlantirish va bartaraf qilish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chi-
qish uchun kerak. Buzulishlarni bir nechta tasnifiy belgilari mavjud bo`lib, ulardan asosiylarini koprib 
chiqamiz. 
Ob`ektni  ishlash  qobilyatiga  ta`sir  qilishi  bo`yicha  uning  elementlarini  buzilishi  va  butun 
ob`ektni nosozligi va buzilishini keltirib chiqaradigan buzilish. Misol, chiroq lampasini kuyishi, faqat 
lampani elementini buzilishiga olib keladi, tormoz tizimini yoki rul boshqarmasini buzilishi elementni 
ham,  avtomobilni  ham  buzilishiga  olib  keladi,  chunki  bunda  avtomobilni  harakatlantirish  mumkin 
emas.  
Kelib  chiqish  manbai  bo`yicha  konstruktsion,  ishlab  chiqarish  (texnologik)  va  Ekspluatatsion 
buzilishlarga bo`linadi. Konstruktsiyani mukammall emasligi konstruktsion buzilishni keltirib chiqara-
di.  Buyumni  tayyorlash  va  ta`mirlashda  texnologik  jarayonni  mukammal  emasligi  sababli  yoki 
buzilishi  natijasida  ishlab  chiqarish  buziqliklari  kelib  chiqadi.  Mavjud  qoidalarga  (avtomobillarni 
qo`shimcha yuklama bilan ishlatish, texnik tavsifnomasida koprsatilmagan yonilg`i-moylash material-
laridan  foydalanish,  TXK  ishlarini  o`z  vaqtida  o`tkazmaslik  va  hokazolar)  rioya  qilmaslik  natijasida 
Ekspluatatsion buzilishlar kelib chiqadi. 
Boshqa  elementlarni  buzilishiga  bog`liqligi  bo`yicha  bog`liq  bo`lgan  va  bog`liq  bo`lmagan 
buzilishlar mavjud. Boshqa elementlarni buziqligi va nosozligi tufayli bog`liq bo`lgan buzilishlar kelib 
chiqadi.  Bog`liq  bo`lmagan  buzilish  boshqa  elementlarni  buziqligiga  bog`liq  bo`lmaydi.  Misol, 
dvigatel tsilindrlar bloki gilzasi devorini yeyilishi porshen xalqasini sinishi natijasida sodir bo`ladi, bu 
bog`liq bo`lgan buzilish, yo`lda avtomobil shinasini teshilishi esa bog`liq bo`lmagan buzilishdir.  
Paydo bo`lish va oldindan ko‘ra bilish bo`yicha asta-sekin va birdaniga buzilishlarga turlanadi. 
Asta-sekin  buzilish  ob`ektini  texnik  holati  koprsatkichlarini  Ekspluatatsiya  jarayonida  bir  tekis 
o`zgarishida,  ko‘proq  yeyilishi  natijasida  paydo  bo`ladi.  Asta-sekin  buzilishlar  uchun  buyumni  bosh-
lang`ich soz holatidan buzilish holatigacha oraliq holatlari orqali asta-sekin o`tishi xarakterlidir. 
Asta-sekin buzilishlarni o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, birinchidan TXK ishlarini ba-
jarib  ularni  bartaraf  qilish  mumkin,  ikkinchidan  texnik  holat  bir  maromda  o`zgaradi,  bu  esa  uni 
oldindan ko‘ra bilishga zamin yaratiladi. Asta-sekin buzilishlarga 40 foizdan 70 foizgacha buzilishlar 
to`g`ri keladi. 
Bardaniga  buzilishlarga  texnik  holat  koprsatkichlarini  sakrashsimon  o`zgarishi  xarakterlidir. 
Misol, rusat etilgan  yuklamani birdaniga oshirish natijasida buyum har qanday lahzada shikastlanishi 
mumkin. Avtomobillar eskirishi bilan birdaniga buzilishlarni solishtirma ulushi ko‘payadi.  
Avtomobillarda o`z-o`zini bartaraf qiluvchi buzilishlar ham bo`lishi mumkin. Ular ko‘p marta 
paydo bo`ladi va o`z-o`zini bartaraf qiladi. Bunga misol, elektr kontakti qotirmasini bo`shab ketishi. 
paydo bo`lish chastotasi (ishlash davri) bo`yicha zamonaviy avtomobillar uchun kam (3-4 ming 
km), o`rtacha (12-16 ming km gacha) va ko‘p (12-16 ming km dan ko‘p) ishlash davrlariga bo`linadi. 
SHuni nazarda tutish lozimki, Ekspluatatsiya boshidan buyon bosib o`tgan yo`li ko‘payishi bilan ish-
lash davri qisqaradi.  


 

Buzilishlari  bartaraf  qilish  mehnat  sig`imi  bo`yicha  kam  (2  odam-soatgacha),  o`rtacha  (2-4 
odam-soat) va ko‘p  (4 odam-soatdan ko‘p) avtomobillarni tiklash mehnat sig`imiga bo`linadi.  Zamo-
naviy avtomobillarni yuk koptarish qobilyatiga va konstruktsiyasiga qarab bitta buzilishni bartaraf qi-
lish  mehnat  sig`imi  1,5-2  odam-soatni  tashkil  qiladi.  Misol,  MAZ  avtomobilidagi  87  foiz  buziqliklar 
kam  o`rtacha  mehnat  sig`imiga  ega.  qolgan  13  foiz  buzilishga  78  foiz  ta`mirlashni  umumiy  mehnat 
sig`imi va 82 foiz ta`mirlashga turib qolish davomiyligi to`g`ri keladi. 
Avtomobilni  ish  vaqtini  yo`qolishiga  ta`siri  bo`yicha  buzilishlar  ishchi  vaqtini  yo`qotmasdan, 
ya`ni  TXK  yoki  smena  oralig`ida  bartaraf  qilish  va  ishchi  vaqtini  yo`qotish  bilan  buzilishni  bartaraf 
qilish. 
Transport jarayonini buzilishiga olib keluvchi ishdagi buzilishlarga alohida ahamiyat berish lo-
zim.  Misol,  o`rta  klassdagi  avtobusni  Ekspluatatsiyani  birinchi  yilida  buzilishi  24  km  yo`l  bosib 
o`tgandan keyin sodir bo`lsa, 5-7 yillarida 5 km da sodir bo`ladi. 
TXK va ta`mirlash ishlarini tashkil qilishda va ishchi kuchiga va xizmat koprsatish vositalariga 
bo`lgan  talabni  aniqlashda  avtomobillarni  agregat,  mexanizm  va  tarmoqlari  bo`yicha  nosozliklarni 
bo`linishini  bilish  lozim.  Ta`minotni  tashkil  qilish  va  mos  me`yorlarni  aniqlash  uchun  detallarni 
buzilish  xarakterini,  kelib  chiqish  sabablarini,  shikastlanish  xarakteri  va  detal  yoki  buyumni  tiklash 
imkoniyatini  bilish  lozim.  SHundan  kelib  chiqib  tiklanadigan  va  tiklanmaydigan,  ta`mirlanadigan  va 
ta`mirlanmaydigan buyumlarga turlanadi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish