Psixologik ma`rifat va tashviqot ishlari
Psixologik ma`rifat va tashviqot — maktabning pedogogik jamoasini, o’quvchilarni va ota-onalarni psixologik bilimlarini egallashga jalb etish, ularning psixologik madaniyatini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlarga doir ish rejasi.
№
|
Bajariladigan ishlar mazmuni
|
Muddati
|
Mas`ul shaxs
|
1.
|
Ota-onalar bilan turli a mavzularda majlislar o’tkazish
|
Yil davomida
talabga ko’ra
|
Psixolog,
Ota-onalar
|
2.
|
Ota-onalar uchun so’rovnomalar testlar ishlab chiqish.
|
Yil davomida
|
Psixolog
|
3.
|
Maktab pedagogik kengashlarida ma`ruza bilan ishtirok etish
|
Yil davomida
|
Psixolog
|
4.
|
Psixologik xizmat xujjatlarini
rasmiylashtirish.
|
YAnvar.
|
Psixolog
|
5.
|
O’zlashtirmovchi o’quvchilar bilan ishlash ga doir aniq psixologik-pedagogik tav- siyalar, ko’rsatmalar ishlab chiqish.
|
Aprel. may.
|
Psixolog, sinf
raxbarlari.
|
Psixokorrektsion ishlar (Namuna)
Psixologik korrektsiya va rivojlantirish - shaxs shakllanishi va psixik rivojlanishida sodir bo’ladigan kechikish. salbiy buzilish va nuqsonlarni bartaraf etish, shaxs va jamoaga faol ijobiy ruxiy ta`sir o’tkazish, shaxslararo munosabatlardagi muvofiqlikni taminlashga yo’naltirilgan tadbirlarga doir ish rejasi.
№
|
Bajariladigan ishlar mazmuni
|
Muddati Mas`ul shaxs
|
1.
|
Muayyan diagnostik ish asosida tavsiya lar ishlab chiqish. A) xotirani rivoj lantiruvchi darslarni tashkil qilish;
B) maktabga qabul qilingan 6 yoshli bola lar bilan «Psixologik sog’lomlashtirish
dasturi» asosida korrektsion darslar tashkil qilish.
|
Sentyabr, may.
Talabga ko’ra
1-2-chorak davomida
|
Psixolog va 1-
sinf
rahbarlari.
|
2.
|
Zamonaviy psixodiagnostika va psixokor rektsion metodikalar bilan ishlash
|
Yil davomida
|
Psixolog
|
3.
|
O’zlashtirmovchi o’quvchilar ruhiy dunyosi dagi nuqsonlarni aniqlash va ularga yordam berish yo’l-yo’riq larini ishlab chiqish, amaliyotga tad-biq etish
|
May,iyul,
Avgust
|
Psixolog
|
4.
|
Xarakterida turlicha aktsentuatsiyasi mavjud o’quvchilar bilan psixokorrektsion ishlarni o’tkazish
|
Yil davomida
|
Psixolog
|
Psixokonsultativ ishlar
Konsultatsiya (maslahat) - ziddiyat va nizolarni yumshatish, har bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini imkon qadar kuchliroq namoyon eta olishiga zarur shart-sharoitlar yaratish. o’qituvchilar va ota-onalarning psixologik muammolarini xal etishga yordam berish, ularni o’z psixologik salomatliklarini muhofaza qilishga o’rgatishga doir maslahatlar berish ishlariga doir ishlari rejasi.
№
|
Bajariladigan ishlar mazmuni
|
Muddati
|
Mas`ul shaxs
|
|
__
|
|
|
O’quvchilarni o’qishga qiziqtirish uchun fan to’garagi, mushoira, olimpiada, uchrashuv lar, musobaqalar, mustaqil o’qish va inter netdan foydalanish haqida maslahat berish
|
Iil davomida
|
Psixolog
|
|
|
Maktab o’qituvchilarini qiziqtiradigan masalalar bo’yicha maslahat berish.
|
Iil davomida
talabga ko’ra.
|
Psixolog
|
|
|
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining maktabga
moslashuviga yordam berish.
|
Sentyabr, oktyabr
|
Psixolog. Sinf
rahbarlari.
|
|
|
SHaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan o’qituvchilarga keng ko’lamda maslahatlar berish.
|
Doimiy
|
Psixolog
|
|
|
|
Kasb-xunarga yo’naltirish ishlari
Kasb- xunarga yo’naltirish - o’quvchilarni layoqati, qiziqishi va qobilyatlariga mos kasb-xunarlarni ongli tanlashni tayyorlashga doir tadbirlar ish rejasi.
№
|
Bajariladigan ishlar
Mazmuni
|
Muddati
|
Mas`ul shaxs
|
1.
|
O’kuvchilar bilan kasb
tanlashga doir suxbatlar
o’tkazish, ularni faoliyat ko’rsatayotgan o’rta maxsus o’quv yurtlari yo’nalishi bilan sinf rahbari va proforientator orqali tanishtirish
|
Yil davomida
|
Psixolog, sinf
raxbari.
proforien-
tator.
|
2.
|
O’quvchilarni kasb tanlashga
yo’naltirish.o’zlashtirmovchi- likning sababini aniqlash.
|
Yil davomida.
talabga ko’ra.
|
Psixolog,proforientator.
|
Tavsifnoma tuzish bo’yicha esdaliklar.
O’qituvchilar va o’quvchilar uchun tavsifnoma ob`ektiv, to’g’ri va kollegial tartibda beistisno barcha maktab rahbarlarining fikri hisobga olingan holda tuzilishi kerak. SHu bilan birga u imkoni boricha qisqa, lozim bo’lgan ma`lumotlarning eng oz miqdoridan kam bo’lmagan axborotlarga ega va hammaga tushunarli bo’lishi maqsadga muvofiq. Tavsifnoma tuzishda qatnashgan barcha ishtirokchilar unga imzo qo’yishlari va yozuvlarining to’g’riligi hamda ishonchliligiga javobgar bo’lishlari lozim.
1. Tavsifnoma shoshilmay, diqqat-e`tibor bilan, har bir mas`ul shaxs tomonidan mustaqil, katta mas`uliyat hissi bilan yozilishi kerak. Xulosalar faqat aniq ma`lum bo’lgan, ishonchli ma`lumotlarga va vaziyatlarga asoslangan holda berilishi kerak. SHaxsiy munosabatlar xulosaning mazmuniga ta`sir qilmasligi lozim.
2. Tavsifnoma yozish uchun yuqoridagi test va so’rovnomalarning xammasini bajarish shart emas. Eng muxim xisoblangan 5-7 ta testlar bilan cheklanish xam mumkin. Ammo, qanchalik ko’p testlar bajarilsa, shaxs haqidagi ma`lumot shunchalik to’liq va ishonchli bo’lishini unutmaslik kerak. Bajariladigan psixologik testlarning tarkibi va miqdori maktabning sharoiti va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda maktab rahbarlari bilan kelishilgan holda tanlanadi. Boshqa muqobil testlardan foydalanish ham mumkin.
3. Ayrim rahbarlar bergan xulosalarning mazmuni bir-biriga mos tushmasa, ular o’zaro kelishgan xolda xulosalarini mazmunan yaqinlashtirishlari maqsadga muvofiq. Agar buning imkoni bo’lmasa, tavsifnomada xar ikki xulosa qanday bo’lsa shundayligicha aks etishi lozim. Ayni vaqtda ma`lumotlarni soxtalashtirish, yashirish va yo’q bo’lgan xislatlarni qo’shib yozish bo’lmasligi kerak. Har bir tavsifnoma yozuvchi o’z xulosasining to’g’riligiga ma`muriy va ma`naviy javobgardir.
4. Tavsifnoma tuzib bo’lingach, uni tuzgan maktab rahbarlari va psixolog tomonidan imzolandi xamda kimga tuzilgan bo’lsa tanishtishtirish uchun o’sha shaxsga ko’rsatiladi. Pedagoglarning tavsifnomalarini asossiz ravishda ko’pchilikka oshkor kilish va tarqatish maqsadga muvofiq emas..
5. SHaxs, unga berilgan tavsifnomaning mazmuni bilan qisman yoki to’laligicha rozi bo’lmasa, u tavsifnomaga tegishli o’zgartirish kiritish uchun kerakli faktlarni, ashyoviy va mantiqiy isbotlarni o’zi takdim etishi kerak. Ungacha tavsifnoma o’zgartirilmaydi.
6. Tuzilgan tavsifnoma ko’p yillargacha o’z kuchini saqlaydi. Lozim bo’lganda unga bir yilda bir marta ayrim qo’shimchalar va o’zgartirishlar kiritiladi
O’QUVCHI SHAXSIGA PSIXOLOGIK XARAKTERISTIKA TUZISH SXEMASI (Namuna)
SHahar, tuman nomli maktab sinf o’quvchisi
(ismi, familiyasi)
Oilasi haqida ma`lumot.
Oila a`zolari
|
Kasbi
|
Ma`lumoti
|
Qaerda, kim bo’lib ishlaydi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |