Tаqrizchi: Z. Qurbоnоvа.
KURS XAQIDA MA'LUMOT
Psixologik maslahat — bu psixolog kasbiy mutaxassislik faoliyatida nisbatan yangi soha hisoblanib, mamlakatimiz fan taraqqiyotida psixologiyaga oid ilmiy tadqiqot ishlari psixologiya fanini o'qitish, psixologik korreksiya va psixodiagnostika kabi an'anaviy amaliy ish shakllari bilan bir qatorda mustaqil faoliyat sohasi sifatida yaqinda ajralib chiqdi. So'zsiz bu faoliyat mutaxassisdan maxsus, juda chuqur bilim hamda kasbiy tayyorgarlikni talab etadi. Bu tayyorgarlikni oddiygina tashkil etish, yuqorida sanab o'tilgan bilim sohalari va malakalar bilan almashtirish mumkin emas, biroq psixolog-maslahatchi uchun mazkur bilimlarning barchasi ham juda zarur.
Psixologik maslahatlar sohasidagi bilimlar faqat amaliy psixolog bo'lishni xohlovchilar uchun emas, balki ijtimoiy xizmat xodimlari va defektologlar (maxsus psixologiya sohasidagi mutaxassislar) uchun ham majburiy hisoblanadi.
Hozirgi kunda mutaxassislarni tayyorlashda barcha oliy o'quv yurti dasturlariga psixologik maslahat fani kiritilgan va yaqin kelajakda amaliyot bilan shug'ullanuvchi psixologlar soni bo'yicha respublikamiz dunyoning rivojlangan mamlakatlariga tenglashib oladilar, deb hisoblashga barcha asoslar mavjud. Bunday mutaxassislarni oliy o'quv yurtlarida aynan psixolog-maslahatchi sifatida tayyorlash boshlandi.
Oxirgi yillarda mamlakat oliy o'quv yurtlarida tayyorlangan oliy psixologik ma'lumotga ega bo'lgan psixologlarning ko'pchilik qismi psixologik maslahat sohasida bilimlarini oshirish ehtiyojini his etmoqdalar, lekin bu ehtiyoj hozirgi kungacha to'la qondirilmagan. Vaziyatning bunday ahvoliga asosiy sabablardan biri bizning fikrimizcha, mamlakatda birorta ham psixologik maslahat bo'yicha o'quv qo'llanma yaratilmaganligi hisoblanadi.
Ushbu o’quv kursi, faqat endi amaliy psixolog bo'lishni istaganlaragina emas,balki ijtimoiy xizmat xodimlari yoki maxsus psixologlar (defektologlar) va majburiy fanlardan biri sifatida psixologik maslahatni o'rganishi kerak bo'lgan bakalavrlar foydalanishlari mumkin. Ikkinchidan, bu kurs insonga kundalik hayotida foydali bilim va malakalar tizimi sifatida shunchaki amaliy psixologiya bilan qiziquvchilar uchun mustaqil bilim olishda foydali bo'lishi ham mumkin.
Bizning milliy muhitimizda xozircha turli sabablar bilan professional psixolog-maslahatchiga yordam so'rab murojaat etish uchun imkoniyati kamroq, kelajakda mana shunday psixologik yordamga ehtiyojlar ko’payishi mumkin va o'zimiz psixologik xizmat ko'rsatishimizga to'g'ri keladi.
Ushbu o’quv kursi psixologik rnaslahat nima ekanligi, u qanday tashkil etilishi va olib borilishi to'g'risida asosiy, keng qamrovli va tushunarli bayon etilgan ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Bu yerda odamlar o'zlarining kundalik hayotlarida duch keladigan ko'plab odatiy muammolarni hal etishga qaratilgan psixologik maslahatni qanday olib borish bo'yicha ko'plab foydali maslahatlar va misollar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |