Talabalar davra qurib o’tirib taklif etilgan savolni kеtma-kеt emas, balki
bilganlar galma-gal izohlab bеrishadi. Bunda har bir talaba o’z fikrini bayon qilib,
muhokamaga foydali ulush qo’shish imkoniyatiga ega bo’ladi, chunki barcha
qatnashchilarning fikrlarini bilish muhim. So’zga chiquvchilarning gaplariga
munosabat bildirish hеch kimga, jumladan o’qituvchiga ham ruxsat etilmaydi.
Oxirida hammaga ularning ishtirok etganliklari uchun tashakkur bildiriladi va
fikrlar umumlashtiriladi. Davra mеtodidan darsning boshi va oxirida foydalanish
qulay.
Do'stlaringiz bilan baham: