136
I. Rivojlangan mamlakatlar yo‘li.
II. Rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li.
III. Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li.
Bu yo‘llarning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor
iqtisodiyotiga o‘tishni maqsad qilib qo‘yadi va mazkur iqtisodiyot-
ning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy
bo‘ladi. Shu bilan birga har bir yo‘lning o‘ziga xos xususiyatlari
ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-
iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‘lishidan kelib chiqadi.
Masalan, bozor munosabatlariga o‘tishning g‘arbcha (rivoj-
langan mamlakatlar) yo‘lida oddiy tovar xo‘jaligidan erkin
raqobatga asoslangan klassik yoki sof bozor iqtisodiyotiga va undan
madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga o‘tiladi.
Bunda bozor iqtisodiyotiga evolutsion o‘zgarishlar orqali qaror
topadi. XX asrning 30-yillariga kelib, ayniqsa 50-yillardan bu
jarayon yanada tezlashdi. Bu yo‘lni iqtisodchilar klassik yo‘l deb
ataydilar. U bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar uchun
andoza bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Chunki, bu yo‘lda bozor
iqtisodiyotining qonun-qoidalari, hayotiyligi sinab ko‘rilgan.
Кlassik modelning o‘zi ham 3 ga bo‘linadi:
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti modeli ko‘proq
fuqarolar manfaatini himoya qilish, uzoq muddatli dasturlar ishlab
chiqish, aholining haddan ziyod tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik,
davlat mulki ulushining boshqa modellarga qaraganda ko‘pligi (25–
30%) bilan ajralib turadi. Bu model Germaniya, Avstriya,
Skandinaviya mamlakatlariga xos.
Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modelida esa davlat
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyotni
tartiblashda ustun darajada taktik usullardan foydalanish, iqtiso-
diyotda davlat mulkining hissasi (10% atrofida) kamligi, aholining
tabaqalanishi, ish haqidagi farqning kattaligi bilan ajralib turadi. Bu
modelni qo‘llagan mamlakat sifatida AQSH ni ko‘rsatish mumkin.
Кorporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznes manfaatini
himoya qilish, asosiy ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning
rivojlanishiga yordam berish, davlat mulki hissasi kamligi, lekin ish
haqidagi farq haddan tashqari katta emasligi bilan farqlanadi. Bu
137
model Yaponiyada va uning izdoshlari bo‘lgan mamlakatlarda qo‘l-
lanilgan.
Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan
mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati –
bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga
o‘tishdir. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos belgilar turli xo‘jaliklar:
azaliy
natural
xo‘jalik
uning
rivojlanish
darajasi,
bozor
munosabatlariga tortilishi jihatidan farq qilishiga qaramay,
transformatsiya orqali yuz beradi.
Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi markaz-
lashtirilgan, ma’muriy - buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtiso-
diyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan
iboratdir. Bu yo‘lning boshqa yo‘llardan farqi shundaki, totalitar
iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular
batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo‘lda bozor
munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarning o‘zi o‘tish sharoitlari,
iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish
shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning mazkur yo‘lining o‘ziga xos xususiyatlarini
belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: