O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

BIRINCHI BO‘LIM. 

IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING SHAКLLANISHI 

 

I bob. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING 

RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA YO‘NALISHLARI 

 

1.  Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.  



2.  Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish 

qonuni. 

3.    Iqtisodiy  resurslar,  ularning  turlari,  tarkibi  va  cheklan-

ganligi. Ishlab chiqarish imkoniyati va uning chegarasi. 

4. Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va iqtisodiy fanlar-

ning shakllanishi. 

5.  Zamonaviy  iqtisodiy  qarashlar  va  uning  rivojlanish 

yo‘nalishlari.  

 

1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi 

 

Insonlarning  talab  va  ehtiyojlari  ko‘p  va  turlichadir.  Biologik 



nuqtayi  nazardan  olib  qaralganda,  insonlarga  faqatgina  havo,  suv, 

oziq-ovqat,  kiyim-kechak  va  oddiy  boshpana  bo‘lsa  kifoya  qiladi. 

Ammo  biz  yashayotgan  zamonaviy  jamiyatda  insonlar  o‘z  turmush 

tarzini  va  yashash  sharoitlarini  yaxshilash  uchun  ko‘proq  yangi 

tovar  va  xizmatlarga  talab  bildiradi.  Endi  insonlar  daryodan  oqib 

turgan  oddiy  suvga  emas,  balki  bejirim  idishlarda  chiroyli 

qadoqlangan  suv,  salqin  ichimliklar  va  sharbatlarga  ehtiyoj 

sezadilar.  Кiyinish  borasida  ham  avvalgi  eng  sodda  kiyim-

kechaklarni  emas,  balki  yuqori  sifatli,  bejirim  kiyim-boshlarga  ega 

bo‘lishni xohlaydilar, albatta.  

Avvalgidek  insonlar  oddiy  uyda  emas,  balki  ko‘p  qavatli 

binolarda,  hashamdor  imoratlarda  kun  kechirishni  istaydilar. 

Insonlar  ehtiyojining  chek-chegarasi  yo‘q.  Shuningdek,  biz  o‘zi-

mizda kundalik hayotimizni yaxshilashga va yengillashtirishga yor-

dam  beradigan  uy  jihozlariga,  sifatli  ta’lim  olishga,  ishonchli 



xavfsizlikka,  sog‘likni  saqlash  xizmatiga  va  hokazolarga  ehtiyoj 

sezamiz. 

Ayni  vaqtda  insonlar  ehtiyojini  qondirish  uchun  Yer,  foydali 

qazilma boyliklari, ish qurollari, texnika, mehnat qilish layoqati kabi 

ishlab  chiqarish  resurslari  mavjuddir.  Xuddi  mana  shu  resurslar 

iqtisodiyotda  qo‘llanilib,  biz  uchun  turli-tuman  mahsulotlar  ishlab 

chiqariladi va ko‘pgina ehtiyojlarimiz qondiriladi. 

Lekin  oddiy  haqiqat  shundan  iboratki,  bizning  ehtiyojlarimizni 

qondirish  uchun  zarur  mavjud  resurslar  cheklangan.  Biz  ulardan 

foydalanishning muqobil variantlaridan birini tanlashga majburmiz. 

Ana  shu  haqiqat  bizga  iqtisodiyotning  bosh  masalasini  tushunishi-

mizga yordam beradi

1



Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining 

cheksizligi  hamda  uni  qondirish  uchun  zarur  bo‘lgan  iqtisodiy 

resurslarning  cheklanganligidir.  Iqtisodiyotning  bosh  masalasi 

o‘zining ikki tomoniga ega: ehtiyojlar cheksiz va iqtisodiy resurslar 

cheklangan. 

Iqtisodiyotning  asosiy  muammosi  –  iqtisodiy  resurslar  chek-

langan  sharoitda  jamiyatning  cheksiz  ehtiyojlarini  qanday  qilib 

to‘laroq qondirib borish mumkinligi to‘g‘risidagi masaladir. 

Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilish yo‘llari: 

– iqtisodiy resurslar miqdorini ko‘paytirish; 

– resurslar unumdorligini oshirish

– resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng 

samaralisini tanlash; 

– jamiyat ehtiyojlarini cheklash. 

 Bugun  hammaga  ma’lumki,  kishilar  yashashlari,  siyosat, 

san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, bilan shug‘ullanishlari uchun hayotiy 

ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari  va  turli xil  xizmatlardan 

bahramand bo‘lishlari kerak.  

Кishilar  bunday  hayotiy  vositalarga  ega  bo‘lishi  uchun  turli 

sohalarda  faoliyat  ko‘rsatadi.  Insonning  turli  faoliyatlari  ichida  eng 

asosiysi,  ularning  yashashi  va  kamol  topishini  ta’minlaydigan 

iqtisodiy  ne’matlarni  ishlab  chiqarish  (hamda  xizmatlar  ko‘rsatish) 

dan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir. 

                                                           

1

 Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. 



America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 8-9. 


Кishilarning  yashashi,  kamol  topishi  uchun  zarur  bo‘lgan 

hayotiy  ne’matlar  va  vositalarni  ishlab  chiqarish  hamda 

iste’molchilarga  yetkazib  berishga  qaratilgan,  bir-biri  bilan 

bog‘liqlikda  amal  qiladigan  turli-tuman  faoliyatlar  yaxlit  qilib, 

iqtisodiy faoliyat deb ataladi. 

Iqtisodiyot 

murakkab 

va 

ko‘pqirrali 



tushuncha  bo‘lib,  turlicha  mazmun  va  talqinga 

ega.  Iqtisodiyot  bu,  birinchidan  xo‘jalik  tizimi, 

ikkinchidan  iqtisodiy  munosabatlar  birligi  va 

uchinchidan,  fan  darajasida  mujassamlashgan 

bilimlardir. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy 

shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. Shuning 

uchun  iqtisodiyot  deganda,  uy  xo‘jaligi  va  uni  yuritish  qonun-

qoidalari  tushunilgan.  Lekin  hozirgi  davrda  iqtisodiyot  faqat  uy 

xo‘jaligi  doirasi  bilan  cheklanib  qolmaydi,  balki  yirik  ishlab 

chiqarish  korxonalari,  korporatsiyalar,  kompaniyalari,  moliya  va 

bank tizimlari, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalarni o‘z ichiga 

olgan juda murakkab tuzilma hisoblanadi.  

Iqtisodiyot – bu iqtisodiy ne’matlar va vositalarni  takror ishlab 

chiqarish  jarayonida  vujudga  keladigan  iqtisodiy  munosabatlar, 

xo‘jalik  yuritish  shakllari,  ularni  tartibga  soluvchi  mexanizmlar  va 

infratuzilmaviy  muassasalarning  ma’lum  darajada  tartibga  solingan 

tizimidir.  Boshqacha  aytganda,  iqtisodiyot  –  bu  zaruriy  hayotiy 

iqtisodiy  ne’matlarni  yaratish  yo‘li  bilan  jamiyat  ehtiyojlarini 

qondirishga  xizmat  qiluvchi  xo‘jalik  tizimlari  majmuasidir.  Har 

qanday  iqtisodiyot  bir  qator  zaruriy  bo‘g‘inlar  va  umumiy  tarkibiy 

tuzilmalardan iborat bo‘ladi. 

Bular  ichidan  ishlab  chiqarishning  texnologik  usuli,  ijtimoiy-

iqtisodiy  va  tashkiliy-iqtisodiy  munosabatlar,  ijtimoiy  mehnat 

taqsimoti  va  ixtisoslashish,  jamiyatning  iqtisodiy  resurs  salohiyati 

va ustqurmaviy tuzilmalarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. 

Iqtisodiyot  doirasida  iqtisodiy  boyliklarni,  ya’ni  jamiyat  uchun 

zarur  bo‘lgan  ne’mat  va  vositalarni  takror  ishlab  chiqarish  jarayoni 

ro‘y beradi. 

Iqtisodiy fanda takror ishlab chiqarish qisqarib boruvchi, oddiy 

va kengaytirilgan turlarga ajratiladi. 




Qisqarib  boruvchi  takror  ishlab  chiqarishda  ishlab  chiqarish 

hajmi  kamayib  borish  tartibida  takrorlansa,  uning  oddiy  turida  bir 

me’yorda,  o‘zgarmasdan  va  kengaytirilgan  turida  esa  bu  jarayon 

ko‘payib borish tartibida takrorlanadi.    

Tovarlar,  xizmatlar  va  resurslarning  harakati  bo‘yicha  takror 

ishlab  chiqarish  -  ishlab  chiqarish,  ayriboshlash,  taqsimlash  va 

iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida 

eng  asosiysi  va  boshlang‘ich  bo‘g‘ini  ishlab  chiqarish  jarayonidir. 

Chunki  hamma  tovar  va  xizmatlar  xuddi  shu  bosqichda  yaratiladi. 

Agar  ishlab  chiqarilmasa,  taqsimlanadigan,  ayriboshlanadigan  va 

nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi.  

Taqsimot  jarayonida  ishlab  chiqarish  vositalari,  ishchi  kuchi, 

tovar  va  xizmatlar  hamda  pul  daromadlari  tarmoqlar,  sohalar, 

hududlar,  korxonalar  va  jamiyatning  alohida  a’zolari  o‘rtasida 

taqsimlanadi hamda qayta taqsimlanadi.  

Ayriboshlash  yaratilgan  ne’matlar  va  boyliklarning  ishlab 

chiqaruvchilari  va  iste’molchilarini  bog‘lovchi  bo‘g‘in  hisoblanadi. 

Bunda  ishlab  chiqaruvchilar  va  iste’molchilar  o‘rtasida  iqtisodiy 

aloqa  –  ayriboshlash  jarayoni,  ya’ni  pul  va  unga  tenglashtirilgan 

vositalar yordamida amalga oshiriladi. 

Takror ishlab chiqarishning oxirgi bosqichi iste’mol jarayonidir. 

Bu  jarayonda  tovarlar  va  xizmatlar  o‘zlarining  pirovard  iste’mol-

chilarini  topadi  hamda  turli  xil  ehtiyojlarni  qondirishga  xizmat 

qiladi.  Iste’mol  ikki  turga  bo‘linadi:  unumli  va  shaxsiy  iste’mol. 

Ishlab  chiqarish  vositalari  va  ishchi  kuchi  ishlab  chiqarish 

jarayonida  foydalanilib,  unumli  iste’mol  qilinadi.  Iste’mol 

buyumlari  shaxsiy  iste’mol  jarayonida  foydalaniladi  va  shu  orqali 

ularning o‘rniga yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi. 

Infratuzilma  –  bu  ishlab  chiqarish  va  ayriboshlashning  bir 

me’yorda  ro‘y  berishi  hamda  kishilar  turmush  kechirishining  umu-

miy shart-sharoitini tashkil qiluvchi sohalardir. 

Infratuzilma quyidagi turlardan iborat bo‘ladi:  

Ishlab  chiqarish  infratuzilmasi-bevosita  ishlab  chiqarish  jara-

yoniga xizmat ko‘rsatadi. Bular saqlash va uzatish vositalari, ombor 

xo‘jaligi,  moddiy  texnika  ta’minoti,  transport,  aloqa,  yo‘llar  va 

boshqa shu kabilardir. 



10 

Ijtimoiy  infratuzilma-kishilar  yashash  va  hayot  kechirishining 

ijtimoiy-madaniy  va  maishiy  sharoitlarini  tashkil  qiladi  (ta’lim, 

sog‘liqni saqlash, maishiy, uy-joy va kommunal xo‘jalik). 

Bozor infratuzilmasi-tovarlar va iqtisodiy resurslar ayriboshlash 

jarayoniga  xizmat  qiladi  (birjalar,  savdo  uylari,  auksionlar  va 

boshqalar). 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish