YaMM (YaIM)ni hisoblashga sarflar va daromadlar bo‘yicha
yondashuv
17.4-jadval
Milliy mahsulot hajmini sarflar
summasi bo‘yicha hisoblash
Milliy mahsulot
hajmini daromadlar summasi
bo‘yicha
hisoblash
335
1. Uy xo‘jaliklarining iste’mol-
chilik sarflari
+
1. Daromad olish bilan bog‘liq
bo‘lmagan sarf va to‘lovlar
a) amortizasiya, b) egri soliqlar
+
2. Tadbirkorlarning investitsion
sarflari
+
2. Ish haqi
+
3.Tovar va xizmatlarning davlat
xarid
+
3. Renta to‘lovlari
+
4.Chet elliklar sarflari
+
4. Foiz
+
5. Notijorat muassasalari sarflari
+
5. Foyda
6. Moddiy aylanma vositalar
zaxirasidagi o‘zgarishlar
YaMM (YaIM)
YaMM (YaIM)
Uy xo‘jaliklarining iste’molchilik sarflari. Bu kundalik
tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol
buyumlariga va boshqa shu kabilarga qilinadigan sarflardir.
Investitsion sarflar tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni
yalpi jamg‘arishga qiladigan sarflardir. Investitsion sarflar asosan
uchta qismdan iborat: a)tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va
jihozlarning barcha xaridi; b)barcha qurilishlar; d) zaxiralarning
o‘zgarishi.
Birinchi guruh element-
larning “investitsion sarflar”
tarkibiga kiritilish sababi aniq,
qurilishning uning tarkibiga
kiritilishi, shu bilan izohlana-
diki, yangi fabrika, ombor yoki
elevator qurilishi investitsion
tovarlar shakli hisoblanadi.
YaIM tarkibiga, ishlab
chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar
zaxiralarining ko‘payishi kiritiladi. Boshqacha aytganda, YaIM o‘z
336
ichiga yil davomidagi zaxiralar va ehtiyojlar barcha o‘sishining
bozor qiymatini oladi. Zaxiralarning bu o‘sishi YaIMga joriy ishlab
chiqarish hajmi ko‘rsatkichi sifatida qo‘shiladi.
Zaxiralar kamayganda, u YaIM hajmidan chiqarilishi zarur.
Zaxiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab
chiqarilgandan ko‘proq mahsulot sotilganlarini bildiradi. Boshqacha
aytganda, jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha
mahsulotni va bunga qo‘shimcha oldingi yillardan qolgan
zaxiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo‘ladi.
Milliy hisoblar tizimida YaIMni hisoblashda yalpi, xususiy va
ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki
investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga
oshiradigan investitsion sarflarni bildiradi. Yalpi investitsiyalar o‘z
ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ma-
shina, uskuna va qurilmalarning o‘rnini qoplash uchun mo‘l-
jallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni hamda
iqtisodiyotda kapital qo‘yilmalar hajmiga har qanday sof
qo‘shimchalarni oladi. Yalpi investitsiyalar mohiyatiga ko‘ra,
iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash summasidan va
investitsiyalarning o‘sgan qismidan iborat bo‘ladi. Boshqa
tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil
davomida qo‘shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash
uchun ishlatiladi. Buni oddiy misolda ancha aniq tushuntirish
mumkin. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda joriy yilda 20000 mlrd.
so‘mlik, investitsion tovarlar (ishlab chiqarish vositalari) ishlab
chiqarilgan bo‘lsin. Ammo YaIMni ishlab chiqarish jarayonida shu
yili 15000 mlrd. so‘mlik mashina, uskuna va boshqa investitsion
tovarlar iste’mol qilingan. Natijada bizning iqtisodiyotga 5000 mlrd.
so‘mlik jamg‘arilgan kapital qiymati qo‘shiladi. Shu yili yalpi
investitsiyalar 20000 mlrd. so‘mni sof investitsiyalar faqat 5000
mlrd, so‘mni tashkil qiladi. Ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi farq, joriy
yilda ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilgan va iste’mol qilingan
kapital qiymatini ifodalaydi.
Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya (shu yili ishlab chiqarish
jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital hajmi) o‘rtasidagi nisbat,
iqtisodiyot yuksalish, turg‘unlik yoki tanazzul holatida joylash-
ganligini tavsiflab beruvchi ko‘rsatkich (indikator) hisoblanadi.
337
Yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq bo‘lsa, iqtisodiyot
yuksalish bosqichida joylashadi, uning ishlab chiqarish quvvatlari
o‘sadi. Masalan, bizning yuqoridagi misolda investitsion tovarlar
taklifining 5000 mlrd. so‘mga ko‘payishi, iqtisodiyot ishlab
chiqarish quvvatlarining ham shuncha miqdorga ko‘paytirishga olib
keladi.
Turg‘un iqtisodiyot yalpi investitsiyalar va amortizatsiya teng
bo‘lgan vaziyatni aks ettiradi. Bu iqtisodiyotda mazkur yilda
YaIMni ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan vositalarni
qoplash uchun zarur bo‘lgan miqdorda asosiy kapital ishlab
chiqarilishni bildiradi. Boshqacha aytganda, sof investitsiyalar
taxminan nolga teng bo‘ladi, ishlab chiqarish quvvatlari
kengaymaydi.
Yalpi investitsiyalar amortizatsiyaga nisbatan kam bo‘lsa, ya’ni
iqtisodiyotda ishlab chiqarilganga qaraganda kapital ko‘proq
iste’mol qilinsa, iqtisodiyotda investitsiyalarning qisqarishi ro‘y
beradi. Bu yil oxirida asosiy kapital hajmi yil boshida mavjud
bo‘lgandan kam bo‘lib qolishga olib keladi. Masalan, "Buyuk
turg‘unlik"
davrida,
aniqrog‘i
1933-iyil
AQSHda
yalpi
investitsiyalar hammasi bo‘lib 1,6 mlrd. dol. ni, yil davomida
iste’mol qilingan kapital - 7,6 mlrd. dol. ni tashkil qilgan. Shunday
qilib, investitsiyalarning sof qisqarishi 6 mlrd. dol. ga teng bo‘lgan.
Davlat sarflari – bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni, sotib
olishga davlatning qilgan barcha sarflarini o‘z ichiga oladi.
Chet elliklarning milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan
tovarlarini sotib olishga qilgan sarflari xuddi mamlakat ichidagi
iste’molchilik sarflari kabi milliy xo‘jalikning rivojlanish darajasiga
bog‘liq. Shu sababli, YaIMni sarflar bo‘yicha hisoblashda tovar va
xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya’ni eksport qiymati ham
qo‘shiladi. Boshqa tomondan, iste’molchilik va investitsion sarflar
hamda davlat mablag‘larining bir qismi importga, ya’ni chet elda
ishlab chiqarilgan tovarlarni xarid qilishga sarflanadi. Milliy ishlab
chiqarish umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import
hajmi YaIMdan chiqariladi. Buning uchun eksport va import
miqdorlari o‘rtasidagi farq aniqlanadi. Bu farq tovar va
xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib “sof eksport” deyiladi.
Sof eksport ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Agar eksport
338
importdan ortiq bo‘lsa, bu ijobiy, eksportdan import ortiq bo‘lsa
salbiy bo‘ladi.
Qarab chiqilgan sarflarning to‘rt toifasiga notijorat muassasalar
(kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy
tashkilotlar) sarflari va moddiy aylanma vositalari zaxirasidagi
o‘zgarishlarni qo‘shib chiqish yo‘li bilan YaIM (YaIM) hajmi
aniqlanadi.
Ikkinchi usul – bu YaMM (YaIM) ni daromadlar bo‘yicha
hisoblash.
Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan
olingan barcha daromadlar resurs egalari ixtiyoriga ish haqi, renta
to‘lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu sababli, bu
usulda YaMM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana shu barcha
daromadlarni qo‘shib chiqish orqali aniqlanadi.
YaIMni daromadlar bo‘yicha hisoblashda uy xo‘jaliklari, kor-
xona va davlat muassasalarining dastlabki daromadlarini mehnat
haqi va yalpi foyda (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va
h.k.)ga ajratish mumkin. YaMM (YaIM)ni mazkur usul bo‘yicha
hisoblashda daromadlarning barcha summasiga joriy yilda iste’mol
qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) va biznesga
egri soliqlar miqdori ham qo‘shiladi.
Agar YaMMni hisoblashning oxirgi ikki usulini oddiy tenglik
shaklida tasvirlasak:
YaIMni sotib olishga qilingan sarflar = Mazkur yilda ishlab
chiqarilgan YaIM hisobidan olingan pul daromadlari.
Mahsulotni ishlab chiqarishga nima sarflangan bo‘lsa, bu
mazkur mahsulotni ishlab chiqarishga o‘zining ishchi kuchi va
moddiy resurslarini bozorda sotishga qo‘yganlari uchun daromad
hisoblanadi.
YaMM (YaIM)ni hisoblashda uning tarkibiga kirgan daro-
madlar va daromad bilan bog‘liq bo‘lmagan sarflar (amortizatsiya
va egri soliqlar) ning alohida turlarini to‘laroq qarab chiqamiz.
Asosiy kapital ko‘pchilik turlarining foydali xizmat muddati
uzoq davrni tashkil qiladi. Investitsion tovarlarni sotib olishga
qilinadigan sarflar va ularning unumli xizmat muddati amalda bir
davrga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli, korxonalar investitsion
tovarlarning foydali xizmat muddatini hisoblaydi va ularning
339
umumiy qiymatini butun xizmat muddatiga teng taqsimlaydi.
Asosiy kapitalning yil davomida ishlab chiqarish jarayonida
iste’mol qilingan va yaratilayotgan mahsulotga ko‘chgan qiymati
amortizatsiya ajratmasi deyiladi. Amortizatsiya ajratmasi asosiy
kapital turlari bo‘yicha har yili ajratib boriladi. Masalan, to‘quv
dastgohining qiymati 5 mln. so‘m, xizmat muddati 10 yilga teng.
Yillik amortizatsiya ajratmasi 0,5 mln. so‘mni (5:10) tashkil qiladi.
Amortizatsiya ajratmasi ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati
tarkibiga ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kirib, mahsulot sotilishi
natijasida pul shaklida qaytib keladi va amortizatsiya fondi hisobida
to‘planib boradi. Bu fond mablag‘laridan iste’mol qilingan asosiy
kapitalni qayta tiklash, ya’ni yangi investitsion tovarlar sotib olish
va amal qilib turganlarini kapital ta’mirlash uchun foydalaniladi. U
ishlab chiqarishni kengaytirish va kredit resurslarining manbai ham
hisoblanadi.
Egri soliqlar, ya’ni aksiz to‘lovlari, sotishdan olinadigan
soliqlar, mulk solig‘i, litsenziya va bojxona to‘lovlari ishlab
chiqarish xarajatlari sifatida chiqmasada, mahsulot narxiga ustama
bo‘lib, uni oshiradi.
Daromadlarning eng muhim turi ish haqi tadbirkorlar va davlat
tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlarga to‘lanadi. Daromadlar
ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari va nafaqa ta’minotining har xil xususiy
fondlari, ishcizlik nafaqalari va boshqa ko‘plab har xil
qo‘shimchalar, mukofot hamda imtiyozlarni ham o‘z ichiga oladi.
Bu qo‘shimcha daromadlar ish kuchini yollash bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatning bir qismi sifatida chiqadi va shu sababli ish haqiga
umumiy sarflarning tarkibiy qismi sifatida qaraladi.
Uchinchi usul – bu YaIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar
bo‘yicha yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq-
larida yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar hisoblab chiqiladi (YaIM
tarmoq va ishlab chiqarishlar bo‘yicha).
Do'stlaringiz bilan baham: |