5. Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va uning rivojlanish
yo‘nalishlari
XIX asrning 70-yillaridan boshlab «siyosiy iqtisod» atamasi
«iqtisod» tushunchasiga almashtirila boshlandi. Mazmunan iqti-
sodiyot nazariyasida yangi yo‘nalish «ekonomiks» (inglizcha
“economics” – iqtisod, xo‘jalik hayoti, iqtisodiy fan) shakllandi, u
fan sifatida xo‘jalikni rivojlantirish qonunlarini o‘rgatishni
anglatadi.
Shu sababli, bu davrdan qator g‘arb mamlakatlarida yangi
iqtisodiy konsepsiyalar paydo bo‘ldi va mustahkamlandi. Ularda
qiymatning mehnat nazariyasini inkor qilish asosida nazariy fanni
uning ijtimoiy muammolaridan ozod qilishga urinishlar kuzatildi.
28
Fan tadqiqot markaziga ijtimoiy va tarixiy mazmundan mahrum
qilingan bir qator umumiy prinsiplar qo‘yildi. Bular: iste’mol
jarayonida iqtisodiy ne’matlar subyekt nafligi pasayib borish
prinsipi; iqtisodiy muvozanatlik qoidalari va boshqalar.
Iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi ishlab chiqarishning
mavjud omillari (mehnat, kapital, yer)dan foydalanishning muqobil
imkoniyatlaridan tanlashda muammoning ijtimoiy mazmunidan
ozod qilingan «texnologiya» bo‘lib qoldi. Diqqat markazga
iqtisodiyotning bozor mezonlariga binoan samarali faoliyat qilish
masalasi chiqadi. Har bir iqtisodiyot subyekti imkoniyatlar
cheklanganlik muammosiga to‘qnash keladi. Shundan kelib chiqib,
fan jamiyat cheklangan resurslardan nima, qanday va kim uchun
ishlab chiqarish muammosini qanday hal qilish mumkinligini tadqiq
qiladi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab «marjinalizm» deb
atalgan oqim vujudga kelib, shakllana boshladi. U fransuzcha
“marginus” so‘zidan olingan bo‘lib, «keyingi qo‘shilgan», degan
ma’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining
namoyondalari Кarl Menger (1840-1921), Fridrix fon Vizer (1851-
1926), Bem Bavrek (1851-1914) hamda ingliz iqtisodchisi Uilyam
Stenli Jevons (1835-1882) bo‘lib, ular tomonidan keyingi qo‘shilgan
tovar nafliligining, mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib
borishi, keyingi xarajat kabi nazariyalar ishlab chiqildi. Bu oqim
iqtisod fanida yangi yo‘nalish neoklassik, ya’ni yangi klassik deb
nom oldi. Mazkur nazariyaning yirik namoyandalaridan biri
A.Marshall bo‘lib, u iqtisodiy jarayonlarning uzviy bog‘lanishi va
uning nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanati
va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaraydi.
Bu nazariy yo‘nalishning namoyondalaridan biri Shveysariya
iqtisodchisi Leon Valras (1834-1910) bo‘lib, u umumiy iqtisodiy
muvozanat modelini ishlab chiqishga harakat qildi.
Neoklassiklar o‘zlarini A.Smit va boshqa liberal iqtisodchi-
larning izdoshlari deb hisoblab iqtisodiy erkinlik va davlatning
bozor mexanizmiga aralashmaslik prinsiplarini qo‘llab chiqadi.
Ularning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti
muvozanatlikni o‘z-o‘zicha tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashga
layoqatli, davlat faqat bozorning faoliyat qilishi uchun shart-sharoit
29
yaratishi zarur. Neoklassik oqim tarafdorlari o‘zlarining tadqiqot
predmeti sifatida ijtimoiy tashkil qilinish shaklidan qat’i nazar “sof
iqtisodiyot” va shaxsiy manfaatga asoslangan bozor iqtisodiyoti
alohida subyektlari xatti-harakatini nazarda tutadi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi E.Shumpeter
«Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» (1912-yil) deb nomlangan kitobida
iqtisodiy tizimlar o‘zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki
mazmunini ko‘rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga
keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keladi.
Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Кeyns (1883-1946) o‘zining
«Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936-yil) degan
kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital
xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishning o‘zaro bog‘liqligini tahlil
qilib, investitsiya va iste’mol nisbatlarining eng maqsadga muvofiq
tarzda qaror topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb
ko‘rsatadi. Кeyns ta’limoti ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy
tahlil yo‘lga qo‘yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol
qatnashishi zarurligini asosladi.
Кeynsning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiy tizimi
takomillashmagan va o‘z-o‘zini tartibga solishga layoqatli emas,
mumkin bo‘lgan yuqori bandlik va iqtisodiy o‘sish faqat
iqtisodiyotga davlatning faol aralashuvi orqali ta’minlanishi
mumkin.
O‘tgan asrning 50-yillari boshlarida neokeynschilar (R. Xarrod,
E. Domar, E. Xansen va boshq.) bandlik va inflatsiya o‘rtasida
optimal nisbatni topishga harakat qilib, iqtisodiy o‘sish muam-
mosining
yechimini
ishlab
chiqadi.
“Neoklassik sintez”
konsepsiyasi ham shunga yo‘naltirilgan. Jumladan, P. Samuelson
neoklassik va Кeynscha nazariyalarni, ishlab chiqarishning optimal
darajasini ta’minlovchi hamda talabni faollashtiruvchi omillarni
bog‘lashga harakat qiladi. P. Samuelsonning asosiy g‘oyasi shundan
iboratki, qachonki to‘liq bandlikka erishilganda bozorning o‘zini-
o‘zi tartiblash tizimi ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
XX asrning 60 – 70-yillarida neokeynschilar (J. Robinson,
P. Sraffa, N. Кaldor va boshqalar) daromadlarni ancha teng
taqsimlash, bozor raqobatini cheklash, inflatsiyaga qarshi tadbirlar
30
o‘tkazishni yoqlab keynschilikni D. Rikardo g‘oyalari bilan
to‘ldirishga harakat qiladi.
Кeyns nazariyasi g‘arb mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishning,
ancha yuqori sur’atlarini ta’minlash, bandlikni oshirish va umumiy
farovonlikni o‘stirish imkonini berdi. Biroq kuchli jahon iqtisodiy
inqirozlari iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jamiyatni
ishsizlik, inflatsiya va iqtisodiy bo‘hronlarni bartaraf qilishga
layoqatsiz ekanligini ko‘rsatdi. Shu sababli, iqtisodiyot nazariya-
sidagi yangi yo‘nalish – monetarizm, yangi klassik maktab va
neoinstitutsionalizm keynschilikni siqib chiqara boshladi.
Monetarizm – iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul omillari hal
qiluvchi rol o‘ynashini asoslashga qaratilgan nazariya monetaristlar
iqtisodiyotni boshqarishda davlat pul masalasi, pul emissiyasi,
muomala va zaxiradagi pul miqdorini nazorat qilishi, davlat budjeti
muvozanatlashuviga erishishi va yuqori bank kredit foizini
o‘rnatishi zarur deb hisoblaydi.
Monetarizm erkin raqobat va narxning erkin shakllanishini
bozor iqtisodiyotining asosi va uning muvozanatlikka erishish
sharoiti deb hisoblaydi. Ular fikricha, bozor o‘z-o‘zini tartibga
soluvchi tizim bo‘lib qolaveradi, davlatning aralashuvini esa faqat
pul sohasi bilan cheklash lozim.
Uning asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi Nobel mukofoti
sovrindori Milton Fridman o‘zining tadqiqoti negizida iqtisodiyotni
barqaror qilishda pul omili asosiy rol o‘ynaydi, degan g‘oyani ilgari
suradi. M. Fridmanning fikricha, pul iqtisodiy jarayonlarni tartibga
solishning tartibsiz dastagi bo‘lishi mumkin.
Uning iqtisodiy qarashlaridan Pinochet davlat boshqaruviga
kelgan davrda Chilida, R.Reygan iqtisodiy siyosatini asoslash uchun
AQSHda foydalanilgan.
XX asrning 50–60-yillarida neoklassik yo‘nalishida bir qator
yangi oqimlar vujudga keldi. Ularning asosiylari quyidagilar:
Neoliberalizm (F.Xaek, Shumpeter, L.Erxard) – asosiy e’tiborni
davlatning iqtisodiyotga aralashuvini eng kam darajaga keltirishga,
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi.
Institutsionalizm tarafdorlari (T.Veblen, U.Mitchel, M.Veber,
J.Gelbreyt) fikriga ko‘ra xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasidagi muno-
sabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta’sirida vujudga
31
keladi. Shu sababli, iqtisodiyotga muassasaviy o‘zgarishlar orqali
ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa
qator yo‘nalishdagi iqtisodiy qarashlar «Ekonomiks» nomli kitobda
mujassamlashgan bo‘lib, bu AQSH, Angliya va boshqa qator mam-
lakatlarda darslik sifatida o‘tiladi.
Hozirgi paytda bu yo‘nalishdagi fan mamlakatimiz va boshqa
qator MDH davlatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» deb atala
boshlandi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib
o‘tgan yo‘l va unda vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda
murakkab, ko‘pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shunday
bo‘lsa-da, ular bir-birini to‘ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va
hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada
umumlashtirib ifodalaydi.
Iqtisodiy fanda turli xil maktablarning mavjud bo‘lishi va
iqtisodiy jarayonlarni bilishga turlicha yondashuvlar iqtisodiy
hayotning murakkabligi, o‘zgaruvchanligi va ziddiyatli bo‘lishini
tasdiqlaydi. Shu sababli, hech bir nazariya doimiy va mutlaq haqiqat
bo‘lib qolmaydi. Ayni vaqtda bu nazariyalar o‘z rivojlanishining u
yoki bu bosqichida turgan jamiyat iqtisodiy muammolarini
mushohada etish va hal qilishga ma’lum hissa qo‘shadi. Shundan
kelib chiqib va vujudga kelgan ziddiyatlarni bartaraf qilish
maqsadida turli xil, hatto iqtisodiyot nazariyasidagi qarama-qarshi
oqimlar yutuqlarini umumlashtirish zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |