456
tayyorgarlikdan o‘tishga tayyor, davlat bandlik xizmati muassasalari
maqbul keladigan ishni taklif qilmagan, shaxslar ishsizlar deb
yuritiladi. Ishsizlik kelib chiqish sabablariga ko‘ra: friksion, tarkibiy
va siklik ishsizlikka bo‘linadi.
Friksion ishsizlikka yangi joyga ko‘chib o‘tishi natijasida asosiy
ish joyini vaqtincha yo‘qotgan, lekin faol ish qidirayotganlar kiradi.
Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:
‒ o‘z xohishi bilan ish joyini o‘zgartirganlar;
‒ ishdan bo‘shatilganligi tufayli yangi ish joyi qidirayotganlar;
‒ vaqtinchalik ish joyini yo‘qotganlar;
‒ birinchi marta ishga joylashish uchun ish qidirib yurgan
yoshlar.
Bu turdagi ishsizlar u yoki bu sababga ko‘ra ish joyini yo‘qot-
ganlar bo‘lib, har doim mavjud bo‘ladi va mehnat bozorini
to‘ldiradi.
Friksion ishsizlik muqarrar hisoblanadi, chunki ko‘pchilik
ishlovchilarda kam haq to‘lanadigan ish joyidan, ko‘proq haq
oladigan ishga o‘tishga xohish bo‘ladi. Bu ish kuchining malakasini
va mahoratini oshirishga undaydi shu bilan birga mehnat resurs-
larining samarali taqsimlanishi real milliy mahsulotlarning ko‘pa-
yishiga olib keladi.
Tarkibiy ishsizlik ‒ iste’molchi talabi va texnologiyadagi
o‘zgarishlar oqibati hisoblangan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida
kelib chiqadi. Tarkibiy ishsizlar maxsus tayyorgarlik qilmasdan,
yangi ish turiga ko‘nikma hosil qilmasdan ish topa olmaydilar.
Friksion ishsizlik qisqa muddatli tavsifga ega bo‘lsa, tarkibiy
ishsizlik esa uzoq muddatga cho‘zilib jiddiy ijtimoiy muammolarni
keltirib chiqarishi mumkin.
Siklik
ishsizlik
–
iqtisodiy
inqiroz
fazasi
bilan bog‘liq ravishda kelib
chiqadi
va
majburiy
ishsizlik
hisoblanadi.
Masalan, AQSHda 1982-
yildagi
krizis
davrida
ishsizlik darajasi 9,7%ga
ko‘tarilgan,
“Buyuk
457
turg‘unlik” davri – 1933-yilda esa siklli ishsizlik darajasi 25%ga
yetgan. 2008-yilgi jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi natijasida bu
turdagi ishsizlik darajasi 5 - 6%ni tashkil qilgan.
Ishsizlik namoyon bo‘lish xususiyatiga ko‘ra ixtiyoriy,
muassasaviy (Institutsional), texnologik, hududiy, yashirin va
turg‘un turlarga bo‘linadi.
Ixtiyoriy ishsizlikka – odatda o‘z xohishi bilan ishlamayotganlar
kiritiladi. Кishilar ish haqining pasayishi sababli yoki uy xo‘jaligi
bilan mashg‘ul bo‘lishi, bola boqish va boshqa sabablarga ko‘ra
ixtiyoriy ravishda ishlamasliklari mumkin.
Muassasaviy ishsizlik ‒ bu mehnat bozorlarining samarali
tashkil etilmasligi natijasida kelib chiqadi. Masalan, vakantli joylar
to‘g‘risida ma’lumot yetarli bo‘lmay kishilar bo‘sh ish o‘rinlaridan
xabarsiz qoladi.
Texnologik ishsizlik ‒ ishlab chiqarishning texnologik usuli
o‘zgarishi, xususan mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, robot-
lashtirish va informatsion texnologiyalarning qo‘llash natijasida
vujudga keladi.
Hududiy ishsizlik ‒ hududiy, tarixiy, demografik, madaniy,
milliy va ijtimoiy-ruhiy omillar bilan bog‘liq holda mavjud bo‘ladi.
Yashirin ishsizlik – faol aholining ish kuni yoki ish haftasi
davomida to‘liq band bo‘lmagan qismidir.
Turg‘un ishsizlik ‒ mehnatga layoqatli aholining ish joyini
yo‘qotgan, ishsizlik nafaqasini olishdan mahrum bo‘lgan va mehnat
faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo‘lmagan qismi.
Ishsizlik davom etish vaqtiga qarab qisqa va uzoq muddatli
ishsizlikka bo‘linadi. Кo‘pgina mamlakatlarda 6 oygacha ishsizlikni
qisqa muddatli, undan ortiq muddatga cho‘zilganda uzoq muddatli
ishsizlik hisoblanadi. Iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligini
tahlil qilish maqsadida ishsizlik darajasi aniqlanadi. Ishsizlik
darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi umumiy soniga nisbatining
foizdagi ifodasidir:
Do'stlaringiz bilan baham: