363
makroiqtisodiy
monetaristik
modelida
stagflatsiyaga
qarshi
kurashda asosiy tadbir sifatida pul massasi o‘sishini cheklash
g‘oyasi ilgari suriladi.
Кeynschilikda asosiy dalil “ekspansiya siyosati” hisoblansa,
Fridmen birinchi o‘ringa “ushlab turish siyosati”ni qo‘yadi, ya’ni
daromadlar o‘sishini maqsadga muvofiq cheklash, o‘z-o‘zidan yalpi
talab miqdori kamayshini va inflatsiya pasayshini keltirib chiqaradi.
Yalpi talabning kamayishi ‒ bu ishchi kuchiga talabning ham
qisqarishini anglatadi.
Fridmen inflatsiyaning pasayishini “ushlab turish” siyosatining
asosiy natijasi deb hisoblaydi, uni “erkinlashtirish siyosati” bilan
almashtirish zarurligini qayd qiladi.
Monetaristik model asoslangan asosiy dalillar quyidagilar:
Bozor iqtisodiyoti barqarorlikka, ya’ni o‘zini-o‘zi tartibga
solishga intiladi. Nomutanosiblikning vujudga kelishi odatda davlat
tomonidan tartibga solishning natijasi hisoblanadi.
Muvozanatlik buzilganda narxlar uni to‘g‘rilashni ta’minlovchi
asosiy dastak hisoblanadi. Pul taklifning ortishi mahsulotlar narxi
o‘sishiga olib keladi, lekin u bir tekis ro‘y bermaydi. Talab dastlab
arzon tovarlarga, keyin yangi tovarlarga, oxirida xizmatlarga
qaratiladi. Narxdagi o‘zgarishlar tarkibiy o‘zgarishlarni taqozo
qiladi, natijada uzoq muddatli davrda barqaror rivojlanish uchun
shart-sharoit vujudga keladi.
Pul dastaklari orqali tartibga solishning bosh maqsadi iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashga erishishdir. Biroq bunda muomaladagi
pul miqdorida narxlarning o‘sishiga mos ravishda unchalik katta
bo‘lmagan ko‘payishi ro‘y bersa, tovar miqdori va pul massasi
o‘rtasida muvozanatlik vujudga keladi. Agar narxlar tez o‘ssa,
nazorat qilib bo‘lmaydigan inflatsiya boshlanadi.
Pulning harakati va YaMM o‘sishi sur’ati o‘rtasida muqarrar
uzviy bog‘liqlik mavjud bo‘ladi: pul massasi ko‘payishi bilan
narxlar o‘sishi ro‘y beradi, bu esa ishlab chiqarishni kengaytirishni
rag‘batlantiradi.
Tartibga solish uzoq muddatli vazifalarga yo‘naltirilishi zarur.
Chunki pul massasidagi tebranishlar oqibati asosiy iqtisodiy
ko‘rsatkichlarda birdaniga emas, balki birmuncha vaqt o‘tgandan
364
keyin aks etadi. U turli mamlakatlar uchun bir xil bo‘lmasdan
konyunktura holati va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Кeynscha va monetaristik
yondashuv bir-biridan farq qilib ba’zan ziddiyatlarga ham ega
bo‘ladi. Biroq har ikki model daromadlarni aniqlashning umumiy
nazariyasini tashkil qilib, ma’lum darajada bir-birini to‘ldiradi.
Кeyns daromadlarning sarflarga, Fridmen esa uning pul taklifiga
miqdoriy bog‘liqligini asoslaydi.
Fridmen shunday xulosaga keladi: davlatning iqtisodiyot va
ijtimoiy sohaga aralashuvi darajasi pul taklifining nazoratiga
tayanish zarur. Monetar nazariya Markaziy bankning pul massasi
o‘sish sur’atini doimiy ushlab turish qoidasiga so‘zsiz amal qilishi
zarurligini qayd qiladi. Bu o‘sish me’yoridagi inflatsiyani (2.5dan
8%gacha) ushlab turish uchun yetarlicha past bo‘lishi zarur. Biroq u
mazkur chegaradan pasayib ketmasligi lozim, chunki aks holda
ishlab chiqarishning qisqarishi ro‘y beradi.
Mazkur konsepsiya XX asrning 80-yillarida ko‘plab rivojlangan
mamlakatlar, xususan AQSH va Angliyada qo‘llanila boshlandi.
Natijada inflatsiya sur’ati sezilarli darajada qisqardi. Ayni vaqtda
ijtimoiy dasturlarga sarflarning sezilarli qisqarishi aholi bir
qismining iqtisodiy farovonligi pasayishida o‘zining salbiy natijasini
topadi. Biroq budjet taqchiligi muammosi hal qilinmadi. G‘arb
mamlakatlari uchun keyingi davrlarda nafaqat inflatsiya, balki
bandlik, iqtisodiy rivojlanish sur’ati va daromadlar tengsizligi ham
asosiy muammo bo‘lib qoldi.
Qarab chiqilgan makroiqtisodiy modellarning har biri ma’lum
darajada haqiqiy real voqelikdagi bog‘liqliklarni aks ettiradi, lekin
ularning birortasi ham mutlaq to‘g‘ri nazariya bo‘la olmaydi. Har
qanday model muayyan davrda ko‘p omilli va ko‘p qirrali iqtisodiy
reallik bilan ziddiyatga kirishadi.
Hozirgi davrda turli davlatlarda klassiklar, keynschilar va
monetaristlar yonodashuvlarini uyg‘unlashtirib, tartibga solishning
yetarlicha har xil dastaklaridan foydalanildi. Shu sababli, iqtisodiy
modellar hozirgi zamon bozor iqtisodiyotini tartibga solish
mexanizmining ilmiy asoslarini tashqil qilishi tushunarli holdir.