Tayanch tushunchalar
Raqobat – bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qna-
shishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda, omilli
daromad va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.
Tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat – tovarlarni
qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda
sotish, umuman yuqori foyda olish, iqtisodiyotda o‘z mavqeini
mustahkamlash uchun kurashdan iborat.
Raqobat shakllari – raqobatchilik muhitning etuklik darajasi
bilan farqlanib, sof (erkin) raqobat, monopolistik raqobat, mono-
poliya va oligopoliyani o‘z ichiga oladi.
Raqobat usullari – raqobat kurashida qo‘llaniladigan vosita va
dastaklardan iborat bo‘lib, bunda raqobat narx vositasida va narxsiz
raqobatlashish usullari orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |