O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi


Aylanma mablag’lardan foydalanish ko‘rsatkichlari



Download 5,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/154
Sana26.04.2023
Hajmi5,09 Kb.
#932129
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   154
Bog'liq
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI oquv qollanma

5.3. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko‘rsatkichlari 
Aylanma mablag’lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichi: 

aylanish koeffitsienti; 

yuklanish koeffitsienti; 

bir marta aylanish davomiyligi. 
Aylanish koeffitsienti 
aylanma mablag’larning ma’lum bir vaqt davomida 
amalga oshiruvchi aylanishini ifodalaydi yoki aylanma mablag’larning har bir 
so‘miga to‘g’ri keluvchi sotilgan mahsulotlarni ko‘rsatadi. 
a
m
a
Q
S
K


bu yerda 
K
a
– aylanish koeffisienti 
S
m
– sotilganmahsulothajmi, so‘m; 
Q
a
- aylanma mablag’larning o‘rtacha qoldiq hajmi, so‘m. 
Korxonaning bir yil mobaynida sotilgan mahsulotlari hajmi 1 000 000 so‘mni 
tashkil qiladi. Aylanma mablag’lar me’yori 250 000 so‘m, aylanish koeffitsienti 
K
a
= 4. 
Aylanma mablag’larning yuklanish koeffitsienti
sotilgan har 1 so‘m 
mahsulotga sarflangan aylanma mabalg’ni ifodalaydi. 
m
q
yu
S
Q
K


Bir marta 
aylanish davomiyligi
kunlarda o‘lchanadi hamda shu davrdagi kunlar 
sonini aylanish koeffitsientiga nisbati orqali hisoblanadi. 
a
K
K
T


bu yerda 
K - kunlar soni (360, 90). 


73 
5.4. Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish 
Aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirish, ulardan samarali 
foydalanish quyidagilarni talab qiladi:

fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini keng qo‘llash; 

ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida ilmiy jihatdan asoslangan me’yor 
va me’yoriylar tizimini yaratish; 

korxonalarni uzoq muddatli xo‘jalik aloqalari yuritishga o‘tkazish; 

mahsulotlar, moliyaviy, moddiy va kuch-quvvat resurslarining sifat balansini 
tuzish; 

boshqarish tizimini tashkil etishning va rag’batlantirishning optimal 
shakllarini qo‘llash.

Texnologik jarayonlami yaxshilash; 

Xomashyoni kompleks qayta ishlash usullarini rivojlantirish; 

Ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilash. 
Aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirish uchun ularni ishlab chiqarish 
va muomalada bo‘lish muddatini qisqartirish kerak. Aylanma mablag’lardan 
foydalanishni yaxshilash, ularning aylanishini tezlashtirish ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishning muhim omilidir. 
Misol: korxona 10 mln. so‘mlik aylanuvchi mablag’ga ega. Bitta aylanish 
davomiyligi 90 kun. Demak, aylanma mablag’larning aylanish darajasi K
a
= 4 ga 
teng. 
90
360

a
K

Aylanma mablag’larning 1 so‘miga 4 so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi, 
korxona yil davomida 40 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradi. Agar korxona bir 
aylanish davomiyligini 10 kunga qisqartirsa, ya’ni T - bir aylanishning davom etishi 
90 kun emas 80 kun bo‘lsa, unda aylanish darajasi K
a
= 4,5 ga teng
.
80
360

a
K


74 
Korxona yil davomida 45 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradi. Agar 
aylanish darajasi yiliga 4,5 ga teng bo‘lganda 40 mln. so‘mlik mahsulot ishlab 
chiqarish rejalashtirilgan bo‘lsa, unda kam miqdorda aylanuvchi mablag’ talab 
qilinadi. 40 mln.: 4,5 = 8,888 mln.so‘m, ya’ni 1,112 mln.so‘m aylanuvchi mablag’ 
bo‘shatib olinadi ( 10 mln.- 8,888 mln.).
Aylanma mablag’lar mutlaq va nisbiy ozod qilinadi.
Mutlaq ozod qilish korxonaning aylanma mablag’larga bo‘lgan ehtiyojini 
kamaytirishni ifodalaydi hamda mavjud resurslardan oqilona foydalanishga oid 
chora-tadbirlar hisobiga amalga oshiriladi. 
Misol: Korxona aylanma mablag’larining o‘rtacha miqdori 2016-yilda 10 mln. 
so‘mni tashkil qilgan. 2017-yilda ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmagan holda 9 
mln.so‘m miqdorida ehtiyoj rejalashtirilmoqda. Asosiy vositalarning mutlaq ozod 
qilinishi 1 mln.so‘mni tashkil etadi. 
Nisbiy ozod qilish aylanma mablag’lar hajmining o‘zgarishini hamda sotilgan 
mahsulot hajmining o‘zgarishini aks ettiradi. Uni aniqlash uchun hisobot yilida 
aylanma mablag’larga ehtiyojni, mahsulotni mazkur davr mobaynida sotish 
bo‘yicha haqiqiy aylanish hamda o‘tgan davrdagi aylanishini inobatga olgan holda 
hisoblash zarur. 
Xulosa 
Ishlab chiqarishida asosiy fondlar bilan bir vaqtning o‘zida aylanma mablag‘lar 
ham harakatda bo‘ladi. Aylanma fondlaming ashyoviy mazmunini asosiy va 
yordamchi materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarimfabrikatlar, ehtiyot 
qismlar, kam baholi hamda tez to‘ziydigan buyum va inventarlar, turli idishlar 
(taralar) tashkil etadi. Aylanma mablagiarga esa tayyor mahsulot, yo‘ldagi mahsulot 
va hisobdagi pullar ham kiradi. 
Aylanma mablag‘lardan foydalanishni yaxshilash mavjud xom ashyo va 
materiallar bilan ishlab chiqarish ko‘lamini yuqori darajaga ko‘tarish, tarmoqlar 
o‘rtasida yuqori tejamli nisbatlarni (proporsiyalami) belgilash, mehnat 


75 
unumdorligini oshirish va mahsulot tannarhini pasaytirishga imkon yaratadi. Ishlab 
chiqarishni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish xom ashyo va 
materiallardan, yoqilg‘i va elektr energiyasidan oqilona foydalanishni talab etadi. 
Moddiy resurslarni tejash maqsadida ko‘p omillardan foydalanish mumkin. 
Resurslarni tejashning asosiy omillariga ishlab chiqarishni modemizatsiya qilish, 
texnik yangilash va diverfikatiya qilish, innovatsion texnologiyalami keng jalb etish, 
ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni yaxshilash, tejamkorlikni 
rag‘batlantiruvchi dastak va stimullardan keng foydalanish kiradi. 

Download 5,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish