iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy,
texnik va texnologik
qarorlarga bo‘lish mumkin.
Qarorlar ta`sir qilish yo‘nalishi bo‘yicha
tashqi va ichki
bo‘ladi.
Tashqi qarorlar boshqa darajaga qaratiladi, ichki qarorlar esa aloxida bo‘limlar
yoki korxonani qamrab oladi.
160
Boshqaruv qarorlari funkstional mazmuni bo‘yicha
iqtisodiy, tashkiliy,
koordinatsion, ragbatlantiruvchi, boshqaruvchi va nazorat
qarorlarga bo‘linadi.
Qayta ishlashni tashkillashtirish bo‘yicha
shaxsiy, xamkasbiy va
malakaviylarga
bo‘linadi.
SHaxsiy
qarorlar rahbarning jamoadagi kelishuvisiz va
muxokamasiz yoki aloxida shaxslar tomonidan ishlab chiqariladi. Korxona
taraqqiyoti yo‘lidagi prinstipial muammolarga daxli bo‘lmagan qarorlar
operativ
qarorlardir.
Hamkasb
qarolar asosan moddiy tayyorgarlik talab qiladigan, bir guruh
mutaxassislar va rahbarlar tomonidan ishlab chiqariladigan va qabul qilinadigan
qarorlardir. Ular xar tomonlama mazmunga egadirlar.
Jamoa
qarorlari mansab yoki
xodimlardan qat`iy nazar butun ishtirokchilar tomonidan umumiy majlisda ishlab
chiqariladi.
Mehnat turi bo‘yicha qarorlar
standart va nostandart
qarorlarga bo‘linadi.
Standart, ba`zan dasturiy qarorlar - bu qarorlarning o‘zini ishlab chiqish va uni qabul
qilish jarayonidagi qarorlardir.
Nostandart qarorlar - bu eng murakkab, asosiy qarorlar. Hal qilinadigan
muammoga ijodiy yondashish uchun kengligi bilan ajralib turadi. Ijodiy qarorlar xar
doim jadallik va yangilikda namoyon bo‘ladi.
Bozor munosabatlari mezonida boshqaruv qarori menejmentning bosh omili
hisoblanadi, tarmoq taraqqiyotining butun iqtisodiy va ijtimiy muammolari
kesishadigan va bir joyda to‘planadi. Boshqaruv qarorlarining samarasiga bir qator
omillar ta`sir ko‘rsatadi:
rahbariyatning yoki guruhning shaxsiy sifatlari;
qarorni ishlab chiqishdagi sharoitning axborot ta`minoti;
tashkiliy xarakter omillari (qarorni ishlab chiqishda mutaxassislarni taklif
qilish, usullar tizimi va qabul qilingan qarorni bajaruvchilarga etkazish shakli,
nazorat tizimi va x.k.);
texnik omillar (EXM texnik vositalaridan foydalanish va x.k.);
qarorni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishdagi vaqtinchalik
omillar.
161
Bundan kelib chiqqan xolda boshqaruv qarorlariga asosiy talablar
quyidagilardir:
qabul qilinadigan qarorning demokratligi;
ilmiy asoslash;
aniq yo‘nalganlik;
aniq yo‘naltirilganlik;
vaqt bo‘yicha qisqalik va konkretlik;
qarorni bajarish operativligi.
Menejment amaliyotida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amaliyotga
qo‘llashning ko‘plab shakl va metodlari yigilgan. Savollarning murakkabligi va
mazmuniga qarab, boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishdadan oldin
rahbar quyidagilarni aniqlab olish shart:
xarakat maqsadi va unga erishish yo‘llari;
muammoning muxim taraflarini;
kerakli moddiy, pulli va mehnat resurslarini;
bajaruvchilarning vazifalarini;
vazifa bajarilishini tashkil etish tartibini.
Menejmentga qarorlarni qabul qilish xos, chunki xar bir rahbar faoliyati, u
qabul qilgan qarorlarda aks etadi. Boshqaruv qarorlari jamoa demokratiyasi va uzini
boshqarish prinstipi asosida kollektivni qaror qabul qilishda qatnashuvida amalga
oshadi.
Har bir murakab qarorlarni qabul qilish jarayoni o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
maqsadni aniqlanishi, muammoni tushunish va kerakli axborotni yigish;
yig‘ilgan axborotni klassifikatsiyasi qilish, taxlil qilish va baxolash, ya`ni
axborotni qayta ishlash;
qarorlarni turli variantlarini ishlab chiqish;
variantlarni taxlil qilish, muxokama qilish va baxolash;
oxirgi va optimal variantni qabul qilish;
har bir qarorni kerakli shaklda xujjatlashtirish;
162
qarorlarni muxrlab qo‘yish;
qarorni bajaruvchiga kuyilishi;
qabul qilingan qarorlar bajarilishini tashkil qilish;
qarorni bajarilishini nazorati va hisobi.
Boshqaruv qarorlarining
Do'stlaringiz bilan baham: |