O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi


iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/154
Sana14.04.2023
Hajmi1,83 Mb.
#928555
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   154
Bog'liq
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, 
texnik va texnologik
qarorlarga bo‘lish mumkin. 
Qarorlar ta`sir qilish yo‘nalishi bo‘yicha 
tashqi va ichki
bo‘ladi.
Tashqi qarorlar boshqa darajaga qaratiladi, ichki qarorlar esa aloxida bo‘limlar 
yoki korxonani qamrab oladi. 


160 
Boshqaruv qarorlari funkstional mazmuni bo‘yicha 
iqtisodiy, tashkiliy, 
koordinatsion, ragbatlantiruvchi, boshqaruvchi va nazorat 
qarorlarga bo‘linadi. 
Qayta ishlashni tashkillashtirish bo‘yicha 
shaxsiy, xamkasbiy va 
malakaviylarga
bo‘linadi. 
SHaxsiy
qarorlar rahbarning jamoadagi kelishuvisiz va 
muxokamasiz yoki aloxida shaxslar tomonidan ishlab chiqariladi. Korxona 
taraqqiyoti yo‘lidagi prinstipial muammolarga daxli bo‘lmagan qarorlar
operativ 
qarorlardir. 
Hamkasb
qarolar asosan moddiy tayyorgarlik talab qiladigan, bir guruh 
mutaxassislar va rahbarlar tomonidan ishlab chiqariladigan va qabul qilinadigan 
qarorlardir. Ular xar tomonlama mazmunga egadirlar. 
Jamoa
qarorlari mansab yoki 
xodimlardan qat`iy nazar butun ishtirokchilar tomonidan umumiy majlisda ishlab 
chiqariladi.
Mehnat turi bo‘yicha qarorlar 
standart va nostandart
qarorlarga bo‘linadi. 
Standart, ba`zan dasturiy qarorlar - bu qarorlarning o‘zini ishlab chiqish va uni qabul 
qilish jarayonidagi qarorlardir.
Nostandart qarorlar - bu eng murakkab, asosiy qarorlar. Hal qilinadigan 
muammoga ijodiy yondashish uchun kengligi bilan ajralib turadi. Ijodiy qarorlar xar 
doim jadallik va yangilikda namoyon bo‘ladi.
Bozor munosabatlari mezonida boshqaruv qarori menejmentning bosh omili 
hisoblanadi, tarmoq taraqqiyotining butun iqtisodiy va ijtimiy muammolari 
kesishadigan va bir joyda to‘planadi. Boshqaruv qarorlarining samarasiga bir qator 
omillar ta`sir ko‘rsatadi: 

rahbariyatning yoki guruhning shaxsiy sifatlari; 

qarorni ishlab chiqishdagi sharoitning axborot ta`minoti; 

tashkiliy xarakter omillari (qarorni ishlab chiqishda mutaxassislarni taklif 
qilish, usullar tizimi va qabul qilingan qarorni bajaruvchilarga etkazish shakli, 
nazorat tizimi va x.k.); 

texnik omillar (EXM texnik vositalaridan foydalanish va x.k.); 

qarorni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishdagi vaqtinchalik 
omillar. 


161 
Bundan kelib chiqqan xolda boshqaruv qarorlariga asosiy talablar
quyidagilardir: 

qabul qilinadigan qarorning demokratligi; 

ilmiy asoslash; 

aniq yo‘nalganlik; 

aniq yo‘naltirilganlik; 

vaqt bo‘yicha qisqalik va konkretlik; 

qarorni bajarish operativligi. 
Menejment amaliyotida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amaliyotga 
qo‘llashning ko‘plab shakl va metodlari yigilgan. Savollarning murakkabligi va 
mazmuniga qarab, boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishdadan oldin 
rahbar quyidagilarni aniqlab olish shart: 

xarakat maqsadi va unga erishish yo‘llari; 

muammoning muxim taraflarini; 

kerakli moddiy, pulli va mehnat resurslarini; 

bajaruvchilarning vazifalarini; 

vazifa bajarilishini tashkil etish tartibini. 
Menejmentga qarorlarni qabul qilish xos, chunki xar bir rahbar faoliyati, u 
qabul qilgan qarorlarda aks etadi. Boshqaruv qarorlari jamoa demokratiyasi va uzini 
boshqarish prinstipi asosida kollektivni qaror qabul qilishda qatnashuvida amalga 
oshadi.
Har bir murakab qarorlarni qabul qilish jarayoni o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 

maqsadni aniqlanishi, muammoni tushunish va kerakli axborotni yigish; 

yig‘ilgan axborotni klassifikatsiyasi qilish, taxlil qilish va baxolash, ya`ni 
axborotni qayta ishlash; 

qarorlarni turli variantlarini ishlab chiqish; 

variantlarni taxlil qilish, muxokama qilish va baxolash; 

oxirgi va optimal variantni qabul qilish; 

har bir qarorni kerakli shaklda xujjatlashtirish; 


162 

qarorlarni muxrlab qo‘yish; 

qarorni bajaruvchiga kuyilishi; 

qabul qilingan qarorlar bajarilishini tashkil qilish; 

qarorni bajarilishini nazorati va hisobi. 
Boshqaruv qarorlarining 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish