asosi deb
optimal variantga eng yaqin bo‘lgan, eng
zo‘r variant qabul qilinadi. Bu variant mehnatni, moliyaviy-texnik resurslarni va
vaqtni eng kam sarf qilingan holda, korxonadagi mavjud xolat xaqidagi mantiqiy
axborotlarni yigib, taxlil qilish orqali kelib chiqadi.
Optimal qarorni yoki unga yaqin qarorni tanlashda Kerakli usul va uslubni
qo‘llash darkor. Boshqaruv amaliyotida qarorlarni qabul qilish va ular bilan
ishlashning quyidagi usullari mavjud:
tizimli-iqtisodiy va ijtimoiy taxlil, statistik javoblar va baxolar usuli;
variantli katorlarning, ya`ni reja - ishlab chiqarish kabi modellarni taxlili,
rivojlanish tendenstiyalarini va ishlab chiqarishning mavso’miy xarakterini aniqlash
usuli;
tajriba javoblarini statistik taxlilini o‘z ichiga olgan, tajribaviy
modellashtirish usuli. Echilayotgan muammolarni, jarayonlarni modellashtirish
usuli, EXM va iqtisodiy-matematik metodlar orqali bajarilsa, xo‘jalik yurituvchi
sub`ektning faoliyatidagi kamchilik va yutuqlari optimal ravishda kuzatish mumkin;
matematik dasturlash usuli;
maqsadlarni
baxolash
va
kutilayotgan
xavf
nazariyasi
usuli.
Buusulo‘qitishvamotivatsiyanazariyasinihisobgaolibtabiatnio‘lchashvabashoratqili
shuchunishlatiladi;
modellashtirish va tadbirkorlikka oid uyinlar usuli. Bu usul eHM
ishlatilishini taqozo etadi;
noaniqlik sharoitida individual qaror qabul qilishga xar-xil yondashishlarni
o‘z ichiga olgan qidirishlar nazariyasi;
163
xarajatlar usuli. Bu usul ya`ni, axborotlar yigish, taxlil qilish va ishlatish
juda ko‘p mablag talab etadi, bunda boshqaruvchi agar bu usul optimal javob
topishga yordam bersa xarajatlar oldida tuxtashi kerak emas;
noma`lum va noaniq vaziyatlarni baxolash va taxlil qilish, odatda, mavjud
ishonchli ma`lumotlar orqali amalga oshiriladi. Bu xolda qabul qilinadigan qaror
korxona uz oldiga kuygan maqsadga bog‘liq. Ba`zan qaror qabul qilish iqtisodiy-
ijtimoiy tizimining rivojlanish qonuniyatiga va tendenstiyasi, shuningdek taxliliy
xisob-kitoblar asosida amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Boshqa xollarda albatta
muammoning chuqur taxlili va xar tomonlama birlashuvi kerak bo‘ladi, ya`ni
muammoning turlicha qarab kerakli taxlil va xisob-kitoblar utkaziladi;
qaror qabul qilish jarayonini soddalashtirish boshqaruv jarayonidagi mehnat
doirasini pasaytiradi. Agar tizimli taxlil doimo o‘tkazilsa, qarorlarni ishlab chiqish
usuli borgan sari soddalashib aniq xolatga keladi. Soddalashgan xoldagi qarorlar
qabul qilish va ularning samarasini baxolash ko‘pincha korxona faoliyatining taxlili
takrorlanuvchi xolatida qo‘llaniladi;
mutaxassislar baxosi, mutaxassislar taxlili asosida olinadi. Bu narsa
xatolarni oldini olish uchun qilinadi. SHundan sung mutaxassislar mavjud mavjud
qarorlar ruyxati mavjud fikrlar, takliflar va xulosalar bilan tanishib chiqadilar va
uzlarining yakuniy xulosalarini etadilar;
bir guruh mutaxassilar tomonidan qandaydir qiyin muammoni ijodiy
muxokama qilish. Bu usul jamoa tajribalari va jamoaning bilimlari Boshqaruvning
echimlariga asoslanishi va shu bilan birga yaxshi goyalarning yuzaga kelishiga
muxit yaratish xamda muxokamadagi ishtirokchilarning yaxshi tanlanganligi
alternativ echimni topishga va muammoni to‘g‘ri xal qilishga katta ta`sir ko‘rsatadi.
Qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiq xolda bajarilishi uchun ishlab
chiqarish jarayonida mahsus maqsadga yo‘naltirilgan dasturlar, tarmoqli grafiklarni,
matristali boshqaruv tizimini ishlab chiqarish zarur. Bu marosimlarning 3 ta guruhga
ajratish mumkin:
qarorlarnio‘zvaqtidabajaruvchilargaetkazibberish;
164
kadrlar va resurslar optimal joylashtirish operativ zaxiralarni shakllantirish;
qarorlarni bajarilishini nazorat qilish.
Birinchi guruh marosim. Qarorlarni o‘z vaqtida bajaruvchilarga etkazib berish.
Bu erda uni o‘z xoliga tashlash mumkin emas. Qarorlarni bajaruvchilarga bir oy-
ikki oyda etib borishini kuzatish mumkin. Bu xolda u o‘z faolligini va mazmunini
yuqotadi. CHunki u kech etib boradi.
Bajaruvchilarning fikrlarini keng tarqalgan shakllaridan biri ularni qaror qabul
qilishga jalb qilish. SHu asosda ishlab chiqarishning ishtirokchilari qaror
konstepsiyasi va masalalar echimlari bilan tanishadilar. CHunki ular ishlab chiqarish
jarayonini chetdagilarga qaraganda yaxshiroq bilishadi.
Ikkinchi guruh marosimi - bu kadrlar va resurslar manyovri shuningdek
operativ rezervlar. Har bir echim moddiy ta`minotga muxtoj bo‘lib, odamlarning
qayta orientastiyasi va ularning qayta tayyorlashga va almashtirishga to‘g‘ri keladi.
SHuning uchun ishlab chiqarishdagi yirik dasturlarning realizastiyasi va ishlab
chiqarishni qayta qurish ishlarining uslub va formalarini keskin o‘zgarishiga olib
keladi. Bu kadrlar strukturasiga xam ta`sir ko‘rsatadi.
Uchinchi marosimlar guruhi - bu nazorat, ya`ni chuqur malakali taxlil. Tizimli
nazoratsiz yuqori natijalarga erishib bo‘lmaydi. Boshqaruvning yuqori darajasida,
bunday nazoratni tashkilot aniq maqsadga va kerakli mexanizmga erishish uchun
talab qiladi.
Xulosa
Yirik miqyosda amalga oshiriladigan, har qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat,
amaldagi ishlab chiqarish u yoki bu darajada boshqaruvga muhtojdir. Shu sababli
boshqaruv obyektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon sifatida namoyon
bo‘ladi.
Respublika sanoatiga rahbarlik qilish 0‘zbekiston davlatining iqtisodiy
strategiyasiga asoslanadi va unga muvofiq amalga oshiriladi.
Boshqaruvning asosiy tamoyillari va usullari mavjud bo'lib, ular jamiyat
taraqqiyotining turli obyektlarida turlicha bo‘lishi mumkin. Ulami oqilona va izchil
165
hamda bosqichma-bosqich amalga oshirish sanoat ishlab chiqarishi
taraqiyotini jadallashtirishga olib keladi. Umuman olganda, 0‘zbekistonda
iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, davlat bosh islohotchi ekani, kuchli ijtimoiy
siyosat olib borilayotgani, islohotlaming bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani
to‘g‘ri yo‘1 ekani iqtisodiy inqiroz sharoitida o‘zining hayotiyligini yana bir bor
isbotladi.
Sanoatning so‘nggi yillardagi jadal va barqaror rivojlanishi ham 0‘zbekiston
tanlagan taraqqiyot modelining hayotiy va samarali ekanligini ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |