O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana03.07.2021
Hajmi0,72 Mb.
#108092
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
odil yoqubovning ozbek adabiyotida tutgan orni va adib asarlarini umumtalim maktablarida orgatish usullari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

30 


II BOB. ADIB IJODIGA MANSUB ASARLARNI UMUMTA‟LIM 

MAKTABLARDA O„RGATISH USULLARI 

2.1. Umumta‟lim maktablarining 6-sinflarida “Muzqaymoq” hikoyasini 

o„rgatish usullari.   

Ijtimoiy  hayotdagi  yangilanish  va  o‗zgarishlar  adabiyotning  o‗zida  ham,  uni 

o‗qitish  sohasida  ham  yangicha  yondashishni  taqozo  etmoqda.  Keyingi  yillarda 

adabiyot fanini o‗qitish o‗zining yangi metodlarini topib bormoqda. Bugun axborotlar 

oqimi shiddat bilan kuchayib borayotgan bir paytda kitob o‗qishga, asar mohiyatini 

tushunishga,  qahramonlar  og‗rig‗i,  quvonchi  bilan  yashashga,  ma‘naviy  ozuqa 

olishga  e‘tibor  susayib  bormoqda.  Shunday  bo‗lsa-da,  kitobxonlarga  kitob  inson 

ma‘naviyatning  ajralmas  qismi  ekani,  inson  ma‘naviyatining  shakllanishida 

adabiyotning roli kattaligini singdirish lozim.  

Innovatsion  jarayon  turli  yangiliklar,  innovatsiyalarni  yaratilishi,  tarqalishi, 

tatbiq etilishi, tanlanishi, o‗zgartirilishi va ishlatilishidir. Darsda innovatsion faoliyat 

xususiyati jihatidan novatsiya ko‗lami va vaqti bo‗yicha chegaralangan, innovatsiya 

esa  yaxlit  va  davomli  bo‗ladi.  Novatsiya  natijasida  amaldagi  tizimda  alohida 

elementlar  o‗zgartiriladi,  innovatsiya  natijasida  esa  amaliyot  subyektlarining 

pozitsiyalari to‗la yangilanadi, tizimdagi aloqalar va tizim isloh qilinadi.  

Alohida  qayd  etish  lozimki,  ayni  vaqtda  ta‘lim  texnologiyasi  tushunchasini 

mantiqiy-g‗oyaviy  jihatdan  izohlash  borasida  yagona  fikr  mavjud  emas.    Bo  borada 

taniqli  olima  N.  Talizina    ―Amaliyotga  tatbiq  qilinadigan  muayyan  tizim  loyihasi‖

1

 

deya  ta‘riflaydi  hamda  asosiy  diqqatni  o‗quv-pedagogik  jarayonni  oldindan 



loyihalashga qaratadi.  

Zamonaviy innovatsion texnologiya, iloji boricha, o‗quvchilarning tafakkurini 

faollashtirishga yo‗naltirilgan. Shuning uchun o‗qituvchi  o‗quvchilarga mavzu ustida 

bevosita  o‗zlari  mustaqil  faoliyat  ko‗rsatishlari,  mantiqiy  fikrlashlari  va  ma‘lum 

xulosalar chiqarishi uchun imkoniyat yaratsa, maqsadga muvofiq bo‗ladi.  

Umumta‘lim maktablarining 6-sinf adabiyot fani dasturiga O. Yoqubovning 

―Muzqaymoq‖ hikoyasi kiritilgan va hikoyani o‗rganish uchun uch soat ajratilgan.  

                                                 

1

 Талызина Н. Управление процессом усвоения знаний. Москва, МГУ, 1984, с.13.  




 

31 


Umumta‘lim  maktablarida  badiiy  asar  o‗rganilar  ekan,  uni  ilmiy  va  didaktik 

tahlil  etib,  xulosalar  chiqarishga  uriniladi.  Badiiy  asar  tahlilidan  ilmiy  xulosalar 

chiqarish  uchun    ijodkorning  tarjimai  holi    bilan  tanish  bo‗lish  talab  etiladi. 

Shundagina  u  yoki  bu  hayotiy  hodisaga  adib  qanday  munosabatda  bo‗lganligidan 

xabardor bo‗lish mumkin.  

Maktab  adabiy  ta‘limida  ijodkorlar umrbayoni  ikki  sababga  ko‗ra  o‗rganiladi. 

Birinchidan adiblar millat ahlining diqqat e‘tiborida turgan kishilar ularning shaxsiy 

hayoti va tabiatida o‗quvchilar uchun namuna bo‗ladigan jihatlar ko‗p. Ana shundan 

kelib chiqib, bir soat adib O. Yoqubov hayoti va ijodini o‗rganishga bag‗ishlanadi. 

O‗zbek xalqiga xos odamiylik, mehmondo‗stlik, ochiqko‗ngillik, haqparvarlik, 

milliy  qadriyatlarni  ulug‗lash  O.  Yoqubov  asarlarining  asl  mohiyatini  tashkli  qiladi. 

Bunday  umuminsoniy  qadriyatlar  esa  bugungi  yosh  avlod  tarbiyasida  alohida 

ahamiyatga  ega.  Shu  sababli  umumta‘lim  maktablari  6-sinf  «Adabiyot»  darsligiga 

yozuvchining ―Muzqaymoq ―hikoyasi kiritilgan bo‗lib, dasturda uni o‗rganishga uch 

soat  ajratilgan.  O‗qituvchi  mazkur  hikoyaga  bag‗ishlangan  dastlabki  mashg‗ulotda 

o‗quvchilarni  asar  mazmuni,  g‗oyaviy-badiiy  jihatlari  bilan  tanishtirsa,  keyingi 

soatlarda hikoya matnini tahlil qilishi maqsadga muvofiq bo‗ladi. 

XX  asr  mamlakatimiz  hayotida  ham  fojialar,  ham  buyuk  o‗zgarishlar  asridir. 

Xalqimiz o‗z mustaqilligini qo‗lga kiritguniga qadar ne-ne xo‗rlik va qiynchiliklarni 

boshdan kechirdi. Millionlab asl insonlar arzimagan sabablar, tuhmat, adolatsizliklar 

tufayli  tazyiqlarga  uchragan,  qamalgan  va  hatto  otib,  yo‗q  qilib  yuborilgan  davrlar 

boldi.  Bir  millat  vakili  bo‗lib  bir  mahallada  yonma-yon  yashab,  bir-biriga  yov, 

dushmanga aylangan odamlar ham, afsuski, ko‗p uchradi. Ana shunday jamiyat barpo 

etib  kishilarni  qo‗rquvga,  dahshatga  solib  turgan  siyosat  sho‗rolar  zamonida  necha 

o‗n  yillar  hukm  surdi.  Bu  davr  insoniyat  tarixiga  qatag‗on  davri  boiib  kirdi.  Bu 

siyosat o‗z haq-huquqini tanigan, ozodlik, erkinlikni istagan, pok, halol yashagan har 

bir ziyoli, har bir fuqaroga qarshi qaratilgan edi. 

Adib  Odil  Yoqubov  ham  o‗z  otasi  taqdiri  misolida  qatag‗on  davrining 

dahshatlari aks etgan bolalik xotiralarini qalamga oladi. Mehnatkash, halol sadoqatli 



 

32 


otasining  o‗z  xizmatlari  uchun  tuhmatga  uchrab,  qatag‗on  qilingam  voqealarini 

tasvirlaydi. 

Bu hikoya Prezident I. A. Karimovning ―Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch‖ 

kitobida  ta‘kidlangan  quyidagi  da‘vatning  naqadar  muhim  ekanini  yana  bir  bor 

tasdiqlaydi:  ―Xalqimiz  va  millatimizning  yaqin  o‗tmishidagi  yopiq  sahifalarni  to‗la 

ochib  berish,  shu  tarixdan  saboq  chiqarib,  bugungi  va  kelajak  hayotimizga  ongli 

qarashni  shakllantirish,  begunoh  qurbon  bo‗lgan  insonlar  xotirasini  abadiylashtirish 

biz uchun ham qarz, ham farz‖

1



Bo‗lajak  yozuvchi  ham  o‗n  yashar  chog‗larida  otasining  qo‗rquv  va  xavotir 



ichida  yurgan  kunlari  guvohi  bo‗lgan.  Otasi  sho‗ro  idoralarida  katta-katta 

lavozimlarda ishlagan, buvalari Yoqubshayx so‗filik qilgani uchun o‗gli urilib, tuman 

moliya  bolimiga  kichik  bir  vazifaga  tushirib  qo‗yilgan.  Qatag‗on  siyosati  avjiga 

chiqayotgan  pallalar.  Barcha  tahlikada,  bir-biridan  gumonsiragan  davrlar.  Ana 

shunday  kunlarning  birida  ota  hibsga  olinadi.  Yozuvchi  mazkur  manzarani  tasvirlar 

ekan,  bir  tomonda  dahshatdan  haykalday  qotib  qolgan  otasi,  dod-faryod  solib 

yiglayotgan  opasi,  burchakka  tiqilishib,  qo‗rquvdan  bir-birining  pinjiga  kirib  olgan 

ukalari  holatini  ko‗rsatib,  qatag‗on  davrining  naqadar  qo‗rqinchli  bir  hodisa  ekanini 

o‗quvchi tasavvurida akslantiradi. 

Hikoyada  yozuvchi  go‗yo  yaqin  do‗st,  qo‗shni  bolgan  kishilarning  dushmanga 

aylanishi, yaxshilik kutmagan odamlardan insoniy, samimiy munosabat ko‗rganlarini 

tasvirlab,  qaltis,  sinovli  holatlarda  kishilarning  asl  mohiyati  namoyon  bolishini, 

kishining  sirtiga  qarab  emas,  qilgan  ishi,  og‗ir  vaziyatlarda  o‗zini  qanday  tuta 

olganligiga  qarab  baho  berish  lozimligini  uqtiradi.  Bu  fikrlar  xushsurat  yigitcha  - 

shahar  komsomol  qo‗mitasi  kotibining  yozuvchi  otasiga  qamalgunicha  xushomad 

qilib  yurib,  musibatdan  so‗ng  yovga  aylanib,  hatto  bolani  tahqirlashi,  «Qashqirdan 

tug‗ilgan  qashqircha»  deb  haqoratlashi  parchasida  yoki  yosh  tatar  o‗qituvchining 

bolaga  achinib,  chekka-chekkada  boshini  silab,  indamay  hamdardlik  bildirishi 

lavhalarida yaqqol aks etadi. Davr shunday yovuz ediki, hatto bolani otaga dushman 

qilib  qo‗yar  edi.  Sho‗ro  zamonida  o‗z  otasini  dushman  sanab,  qizil  askarlarga  tutib 

                                                 

1

 Karimov I.  Yuksak ma`naviyat –yengilmas kuch. –T. Ma`naviyat, 2008. –B.98. 




 

33 


bergan  Pavlik  Morozov  degan  bola  qahramonga  aylantirilib,  barcha  maktab 

o‗quvchilariga ibrat qilib ko‗rsatilardi. Ana shunday targ‗ibot-tashviqotlar ta'sirida asl 

voqelikni  tushunmay  yurgan  hikoya  qahramoni  tintuv  chog‗i  o‗z  uyida  kitob  javoni 

qulfini ochib berib, o‗zini Pavlik Morozov deb maqtaganlaridan  g‗ururlanadi. «Xalq 

dushmanlari»  sifatida  qancha-qancha  begunoh  yurtdoshlarini  abgor  qiladigan 

mitinglarga  chorlovchi  nog‗ora  gumburi-yu,  karnay-surnay  sadolariga  mahliyo 

bo‗lib,  uni  chalayotgan  pionerlar  ketidan  ergashib  boradi.  Bu  tasvirlar  orqali 

yozuvchi  inson  ichki  dunyosining  naqadar  murakkabligini,  yolg‗on  aqidalar, 

g‗oyalarga ishontirilgan odam o‗z yaqinlarining dushmaniga aylanishi mumkinligini 

ta‘kidlaydi. Uni ma‘naviy tanazzulga olib boradigan holatlarni ko‗rsatib beradi. Ayni 

chog‗da  o‗g‗liga  muzqaymoq  olib  berolmay,  armonda  qolgan  otaning  haqsizlik, 

tuhmatlar  tufayli  naqadar  ojiz,  g‗arib  bir  ahvolga  tushishi,  adolatsizlik  hukm  surgan 

jamiyatning  qanchalar  insonlar  qalbini  zada  qilganini  tasvirlash  orqali  yozuvchi 

mustaqillikning  qadriga  yetish,  o‗shanday  yovuzliklar  bo‗lmasligi  uchun  kurashish, 

mehr-oqibat,  adolat  g‗oyalari  barqaror  bo‗lishiga  erishish  fikrini  ilgari  suradi. 

O‗quvchilarni bu borada ibratli xulosalar chiqarishga undaydi. 

Odil Yoqubovning ―Muzqaymoq‖ hikoyasi  

Darsning maqsadi:  

a) 

talimiy 


maqsad: 

―Muzqaymoq‖ 

hikoyasini 

o‗quvchilarga 

o‗rgatilayotganda,  eng  avvalo,  o‗quvchilarga  qatag‗on  davrining 

dahshatli  jihatlarini  va  buning  oqibatlarini    tushuntirib  berib,  shu 

davrning  ayanchli  qismati  bilan  hozirgi  davrni  solishtirib,  ularda 

shukronalik ruhini uyg‗otish.  

b) 

tarbiyaviy:  o‗quvchilarni  adabiyot  darslariga  hurmat  ruhida 



tarbiyalash.  

c) 


rivojlantiruvchi: o‗quvchilarni erkin fikrlash qobiliyatini o‗stirish.  

d) 


dars tipi: o‗quvchilarga yangi bilim berish.  

Dars metodi: suhbat.  

Darsni jihozlash: darslik, tarqatmalar, har xil jadvallar, ko‗rgazmali qurollar. 

Darsda boshqa fanlardan foydalanish:  




 

34 


Ona tili va tarix fanlaridan foydalaniladi.  

Darsning borishi:  

Tashkiliy qism:  

a) salomlashish  

b) sinfni darsga hozirligini tekshirish.  

d) davomatni aniqlash.  

O‗tilgan mavzuni takrorlash:  

1.Abdulla Qahhor qachon va qayerda tug‗ilgan?  

2.Abdulla Qahhorning qanday hikoyalarini bilasiz?  

3.‖Bemor‖ hikoyasiga qanday so‗zlar epigraf qilib olingan?  

4. ―Bemor‖ hikoyasi orqali yozuvchi aks ettirgan hayot haqidagi nimalardan 

iborat?  

Uyga vazifa tekshirish.  

Yangi mavzu bayoni  

Odil  Yoqubov  1926-yil  20-oktyabrda  hozirgi  Janubiy  Qozog‗iston  viloyatiga 

qarashli  Qarnoq  qishlog‗ida  tug‗ilgan.  O‗sha  yerdagi  maktabni  tugallab,  armiya 

xizmatiga  ketgan.    Keyin  O‗rta  Osiyo  Davlat  universitetining  filologiya  fakultetida 

o‗qiydi.  

Yozuvchining  dastlabki  yirik  asari  1951-yilda  bosilib  chiqqan  ―tengdoshlar‖ 

povesti edi. So‗ngra uning ―Dastlabki qadam‖, ―Ikki muhabbat‖ hikoyalari to‗plami, 

―Tilla uzuk‖ qissa va hikoyalar to‗plamlari chop etiladi. ―Chin muhabbat‖, ―Aytsam 

tilim,  aytmasam  dilim  kuyadi‖,  ―Yurak  yonmog‗i  kerak‖,  ―Olma  gullaganda‖ 

pyesalari yaratiladi.  

Birin  –ketin  ―Bir  fel‘eton  qissasi‖,  ―Muqaddas‖,  ―Qanot  juft  bo‗ladi‖, 

―Izlayman‖, ―Billur qandillar‖ qissalari e‘lon qilinadi.  

Odil  Yoqubovning  turli  davrlarda  yaratilgan  ―Er  boshiga  ish  tushsa‖, 

―Ulug‗bek  xazinasi‖,  ―Ko‗hna  dunyo‖,  ―Diyonat‖,  ―Oqqushlar,  oppoq  qushlar‖ 

romanlari kitobxonning mehrini qozongan.  

―Muzqaymoq‖  hikoyasi  o‗n  yashar  murg‗ak  bolaning  boshiga  tushgan  og‗ir 

kunlar  haqida  yozilgan.  Hikoya  qahramonlari  Egamberdi  Yoqubov,  Gulshan,  o‗n 




 

35 


yashar  bola  va  uning  ikkita  opasi  va  pochchalari,  qo‗shnisi  shahar  komsomol 

qo‗mitasining kotibi kabi obrazlarini aytish mumkin. Hikoya juda ta‘sirli yozilgan va 

oxirida ayanchli yakun topgan.  

5.O‗quvchilarni bilimlarini baholash.  

6.Uyga vazifa berish.  

7. Darsni yakunlash.                       

Hozirgi 

kunda 


ta‘lim 

jarayonida 

interaktiv 

metodlar, 

innovatsion 

texnologiyalar,  axborot  texnologiyalarini  o‗quv  jarayonida  tatbiq  etishga  bo‗lgan 

qiziqish,  e‘tibor  kundan  kunga  kuchayib  bormoqda.  Bunga  sabab  shuki,  ko‗p  yillar 

an‘anaviy  ta‘limda  o‗quvchilar  faqat tayyor  bilimlarni  egallashga  o‗rgatilgan  bo‗lsa, 

zamonaviy texnologiyalar esa ularning egallayotgan bilimlarini o‗zlari qidirib topish, 

mustaqil o‗rganib tahlil qilish hamda mustaqil xulosa chiqarishga o‗rgatadi.  

Maktab  adabiy  ta‘limi  jamiyat  ma‘naviy  qadriyatlarini  shakllantirishda  eng 

ko‗p ishtirok etadigan faoliyat turidir. O‗quvchilarni adabiyotning sehrli olamiga olib 

kirish,  ajdodlardan  qolgan  ma‘naviy  merosni  kelajak  davomchilariga  yetkazish, 

ularni  asrab-avaylashni,  o‗qiladigan  asarlarning  o‗ziga  xos  tarovatini  tushunishni 

shakllantirib  borish  zarur.  Shu  o‗rinda,  taniqli  metodist  olim  Q.  Yo‗ldoshevning: 

―Adabiyot  o‗qitishning  vazifasi  qanchalik  aniq,  o‗quvchining  yosh  va  ruhiy 

xususiyatlariga  mos  bo‗lsa,  maqsadga  erishish  imkoniyati  ham  shunchalik  yuqori 

bo‗ladi‖


1

, degan fikrini ma‘qul bildik.  

Hozirda keng qo‗llanayotgan innovatsion texnologiya-bu ‖Aqliy hujum‖.  

―Aqliy  hujum‖–g‗oyalarni  generatsiya  qilish  usuli.  Qatnashchilar  birlashgan  

holda  qiyin  muammoni  yechishga  harakat  qiladilar,  uni  yechish  uchun  shaxsiy 

g‗oyalarini ilgari suradilar.  

Aqliy  hujum-sinfdagi  har  bir  o‗quvchi  oldiga  o‗qituvchi  qo‗ygan  savol  yoki 

muammo  yuzasidan  o‗z  fikrini  bayon  etishga  imkon  beradi,  ehtimol  tutiladigan 

hamma  fikrlar variantini  bir  yerga  jamlay  olishda  bo‗lib, to‗g‗ri  bo‗lmagan  javoblar 

ham  inobatga  olinadi.  Bu  narsa  bayon  etilgan  fikrlarning  keyingi  tahlilida 

                                                 

1

 Yo`ldoshev Q. Adabiyot o`qitishning ilmiy-nazariy asoslari. 1996, 127-bet.  




 

36 


o‗quvchilarning  qo‗yilgan  savol  yoki  muammoni  to‗g‗ri  tushunishlariga  imkon 

beradi.  

Qo‗llanishi:  

-savol, topshiriq yoki muammoni hal qilishda fikrlarni erkin aytishda;  

-muammoni hal qilish qobiliyatini oshirishda;  

-o‗quvchilarning faolligini oshirishda;  

-asardagi kirish va asosiy mohiyat va mazmunini bilib olishga yordam beradi.  

Bu usulning asosiy vazifasi-muammoni mustaqil tushunish va yechishga ta‘lim 

oluvchilarning motivatsiyasini uyg‗otish.  

―Muzqaymoq‖  hikoyasini  ―Aqliy  hujum‖  metodi  orqali  o‗qitishda 

o‗quvchilarga aqliy hujum qilinadi. Bu quyidagi ko‗rinishda bo‗lishi mumkin:  

1. ―Muzqaymoq‖ hikoyasi nega shunday nomlangan?  

2. Hikoyada Egamberdi obrazi nima uchun qamoqqa mahkum qilinadi?  

3. Hikoyada qaysi davrning ayanchli qismati aks ettirilgan?  

 4. Hikoyaga Pavlik Morozov obrazini kiritish nima uchun kerak?  

5.  Egamberdining  shogirdi  bo‗lgan  kotib  nima  uchun  u  qamalgandan  keyin 

o‗zgardi?  

6. Hikoyada qamoqxonaning tasviri qanday berilgan?  

7. Nima uchun bir xonadondan bir kishi qamalsa, uning qarindoshlari va qo‗ni 

qo‗shnilari aloqani uzgan?   

8. Asar qahramonlarini sanang.  

9. Hikoya kimni tilidan bayon qilinadi?  

10. Asardagi ijobiy qahramonlar kimlar?  

11. Hikoyada kim qamoqqa olinadi?  

12.  Asardagi  shahar  komsomollar  qo‗mitasining  kotibini  qilgan  ishlarini 

qanday oqlaysiz?  

13.Asardagi Pavlik Morozov qismati nima uchun yoritilgan?  

14.  Hikoyadagi  grafin  singanda  ota-onaning  bolaga  munosabatini  qanday 

izohlaysiz?  

15. Hikoya qanday yakunlangan?  




 

37 


16.Asardagi bunday achinarli holatlarga kim aybdor?  

Savol  berish  ham  -  san‘at.  Jo‗yali  savol  o‗quvchilarni    izlanishga,  asar 

mutoalasiga  chorlaydi.  Odil  Yoqubov  ―Muzqaymoq‖  asarini  o‗rganishga  ajratilgan 

soatning oxirgi soatida ―Rezyume‖ texnologiyasidan foydalanish mumkin.  

Bu  texnologiya  asarni  turli  xil  usullarda  o‗rganishning  afzallik  va  kamchilik 

tomonlarini aniqlashga yordam beradi.  

Badiiy asarni o‗rganish bo‗yicha ―Rezyume‖ texnologiyasi 

                 Mustaqil o‗rganish 

Jamoa bo‗lib o‗rganish 

Kinofilm 

orqali 

o‗rganish 

Afzalligi 

Kamchiligi 

Afzalligi 

Kamchiligi 

Afzalligi  Kamchiligi 

-hech 


kim 

xalaqit 


bermaydi;  

-

tushunmaga



joyini 


qayta o‗qish 

mumkin 


-yodda  ko‗p 

vaqt 


saqlanadi;  

-asardagi 

kishini 

larzaga 


soladigan 

yoki 


―yig‗latadig

an‖ 


o‗rinlarini 

hazm 


-o‗z 

dunyoqarashi 

nuqtayi 

nazaridan 

tushunchaga 

ega 


bo‗ladi 

-munozaraga kirisha 

olmaydi 

-ayrim  so‗zlarning 

(eskirgan) 

ma‘nosini 

tushunmay, 

mag‗zini 

chaqolmaydi.   

Munozaraga 

qatnashadi;  

-noto‗g‗ri 

xulosa 

chiqargan 

bo‗lsa,  jamoa 

fikrini  o‗ylab 

ko‗rishga 

fursat bo‗ladi;  

-jamoa  fikriga 

qo‗shilsa,  uni 

qo‗llaydi;  

-tushunarsiz 

yoki 

hozirda 


istemoldan 

chiqqan  so‗zlar 

ma‘nosini 

boshqalardan 

yoki 

o‗qituvchilarda



-shovqin  bo‗lib 

ketadi;  -har  kim 

o‗z  fikrini  olg‗a 

surishga  harakat 

qiladi;  

-yetarli  darajada 

zavq olmaydi.  

-vaqtdan 

yutiladi; 

-rangli 


tasvir 

ko‗proq 


yodda 

qoladi;  -

qahramo

nlar 


harakati 

kuzatilad

i; 

-

adabiy 



qahramo

n  aktyor 

qiyofasid

a  yodda 

muhrlani

b  qoladi; 

-qayta 

-asarning 

ayrim 

muhim 


joylarini 

qaytarish 

yoki  o‗qish 

mumkin 


bo‗lmaydi; -

obrazni 


―o‗ynagan 

aktyor 


yoqmasligi 

mumkin 


(chunki 

o‗qiganda 

xayolan 

obrazda 


gavdalanadi

–asar 



voqeligi 


 

38 


qilishga 

vaqt 


bo‗ladi;  

-

savodxonlig



i oshadi.  

n eshitadi;  

-munozaraga 

qatnashadi;  

-noto‗g‗ri 

xulosa 


chiqargan 

bo‗lsa,  jamoa 

fikrini  o‗ylab 

ko‗rishga 

fursat bo‗ladi;  

-jamoa  fikriga 

qo‗shilsa,  uni 

qo‗llaydi; 

-

tushunarsiz 



yoki 

hozirda 


istemoldan 

chiqqan  so‗zlar 

ma‘nosini 

boshqalardan 

yoki 

o‗qituvchilarda



n eshitadi.  

qayta 


ko‗rish 

mumkin.  

qisqartirib 

olinadi; 

-

asarning  



mohiyati 

yetarli 


tushunolma

ydi; 


-

savodxonlik

ka 

e‘tibor 


qilinmaydi..

.  


Har  qanday  asar  tahlili  undagi  qahramonlar  timsolini  o‗rganish  orqali  amalga 

oshiriladi.  Inson  va  uni  qurshab  turgan  olamdagi  chigal  munosabatlar,  hayotiy 

ziddiyatlarni  o‗quvchi  kuzatib,  bu  hodisalarning    jonli  guvohiga  aylanadi,  har  bir 

masalaga o‗z munosabatini bildirish imkoniga ega bo‗ladi.  

Ta‘lim  samaradorligini  oshirish,  DTSning  bajarilishini  ta‘minlash  ta‘limning 

sifat ko‗rsatkichini kafolatlashda zamonaviy innovatsion texnologiyalarning yordami 

juda katta.  



 

39 



Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish