pаrvаrishgа muxtoj bеmorlаr bo'yichа: bеmorning umumiy holаtini kuzаtish,
bеmorning shаxsiy gigiеnаsini tа'minlаsh, zаrurаt bo'lgаndа tuvak tutish vа
pаrvаrishlаshgа qаrаtilgаn chorаlаr bo'lib, masalan xаzm а'zolаri kаsаlliklаridа:
qorin sohаsidа og'riq, ko'ngil аynishi, qаyt qilish, kеkirish vа boshqаlаrdа
xаzm yo'llаridаn hаrаkаtlаnishi, xаzmlаnishi, xаzmlаngаn luqmаning so'rilishi
95
Hazm qlish tizimi funktsiyalari
Harakat (motor) funktsiyasi: ovqatni qizilungach, me‘da, ingichka ichak
va yo‘g‘on ichak buylab harakatlanishini ta‘minlaydi va qoldiq moddalarni
organizmdan chiqarib yuborishdan iboratdir. Ovqat hazm bo‘lishi me‘dada 2-4
soat, ba‘zan ovqat harakteridan kelib chiqqan holda undan ham ko‘proq vaqt
talab etilishi mumkin. Me‘da mushaklari qisqarib ovqatni me‘da shirasi bilan
aralashtiradi. Duodenal sfinkter vaqti-vaqti bilan bo‘shashi boziq modda kam-
kam miqdorda o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tadi va hazm jarayoni bilan bir
vaqtda ichaklar bo‘ylab harakat davom etadi.Harakatlanish jarayoniing
ichkaichakda 3-4 soat, yo‘g‘onichakda 17-24 soatdan iboratdir.
Sekretor funktsiyasi: bez hujayralarining hazm shirasini ishlab
chiqarishdan iboratdir. Bularga so‘lak, me‘da shirasi, me‘da osti bezishirasi,
ichak shirasi, o‘t suyuqligi kiradi.
Me‘da shirasini asosiy tarkibiy qismi bo‘lib xlorid kislota va pepsin
hisoblanadi.
O‘n ikki barmoqli ichak kame‘da osti bezishirasi (1,5 l /sutkasiga)
quyiladi, tarkibida tripsin, lipaza va boshqa fermantlar bor.
Jigardan o‘n ikki barmoql iichakka o‘t suyuqligi ham (1 l/sutkasiga)
yog‘larni hazm qilish maqsadida quyiladi.
Ichak shirasi sutkasiga 2.5 l gacha ishlab chiqariladi.
So‘rilish funktsiyasi: ichak va me‘da shilliq qavati orqali amalga
oshiriladi.
Ekskretor funktsiyasi: modda almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan
mahsulotlar-o‘t pigmentlari, mochevina, ammiak, og‘ir metal tuzlari, dori
vositalarini ekskretsiyasi kurinishida namoyon bo‘ladi.
Yo‟g‟on ichak mikroflorasi.
Yo‘g‘on ichakda doimiy ravishda 300 dan 500 gacha turdagi bakteriyalar
mavjud bo‘ladi. Umumiy mikloflorani 90% asosan bifidobakteriyalar, qolgan
10% ni ichak tayoqchasi, laktobakteriyalar, enterobakteriyalar, streptokokklar
96
tashkil etadi. Bifidobakteriyalar tomonidan sut kislota, sirka kislotasi, chumoli
va yantar (qahrabo) kislotalari, aminokislotalar, vitamin B1, B2, B12, B6, K;
shuningdek nikotin kislotasi, pantoten va foli kislotasi ishlab chiqariladi va
ichaklarda so‘riladi. Bundan tashqari bakteriyalar gaz hosil qilishda ham
qatnashadi (100-dan 500 ml gacha 1 sutkada).
Do'stlaringiz bilan baham: