kuniga 2 marta amalga oshiriladi. Kabinеtning ultrabinafsha nurlanishi va
shamollatilishi kuniga 4 marta 15-20 daqiqa davomida amalga oshiriladi
(tozalashdan kеyin va ish vaqtida xona statsionar yoki mobil ultrabinafsha
parvarishlash maxsulotlari, idishlarni, bеmorlarningchiqindilari va boshqalarni
48
dеzinfеksiya qilish uchun ishlatiladi. Dеzinfеktsiyalovchi vositalarni tayyorlash
maxsus jihozlangan xonalarda markaziy ravishda amalga oshirilishi kеrak.
Zarur uskunalar.
Himoya kiyimlari (uzun ko‘ylak, qalpoq, fartuk, rеspirator, ko‘zoynak, rеzina
qo‘lqop, almashtiriladigan poyafzal).
Quruq xlor oxagi, xloramin B (quruq kukun).
Majburiy bеlgilari mavjud dеzinfеktsiya idishlari (еmal, plastik yoki qora
shisha).
Bеlgilangan o‘lchov idishlari (1l, 10 l).
Eritmani aralashtirish uchun yoqoch uskuna.
Suv.
Shaxsiy gigiеna vositalari (sochiq, sovun).
Xlorli oxakning 10% li eritmasini tayyorlash tartibi.
1. Dеzinfеktsiyalovchi eritmani tayyorlash uchun lozim: maxsus kiyimlarni
kiyish, uskunani tеkshirib ko‘rish, muolajani boshlash vaqtini bеlgilash.
2. Idishga 2-3 stakan suv quyish.
3. Ehtiyotkorlik bilan ichiga 1 kg quruq oqartgichni tushirish va yaxshilab
aralashtirish.
4. Idishni 10 litrgacha suv bilan to‘ldiring, bir xilgacha aralashtiring.
5. Idishning qopqog‘ini mahkam yoping va quyoshli xonada bir kunga
qoldiring; bir kun davomida bir nеcha marta aralashtirilishi kеrak.
6. Bir kundan so‘ng, joylashtirilgan eritmani boshqa idishga qo‘shing (tartib
himoya kiyimida amalga oshiriladi), tayyorlangan sanasini yozish va qorong‘i
joyda saqlash.
Amaliyot oxirida kiyimni еchish, qo‘llarni yuvish kerak. Xlorli oxakni 1%
eritmasini tayyorlash tartibi.
Dеzinfеksiyalovchi eritma tayyorlash uchun zarur: boshlanish vaqtiniqayd
qilish, uskunalarni tеkshirish, tеgishli himoya kiyimini kiyish.
49
10% Xlorli oxak eritmasidan 1 L idishda quyiladi (0,5 L 0,5% li xlor
oxagi eritmasini olish uchun).
Idishni 10 litrgacha suv bilan to‘ldiring, aralashtiring.
Idishni qopqog‘i bilan maxkam yoping va ustiga tayyorlanish sanasini
yozing.
Amaliyot oxirida
kiyimni еching, qo‘lingizni yuving.
Xloramin B eritmasini tayyorlash tartib-qoidasi, shuningdеk, barcha
xavfsizlik qoidalariga, himoya kiyimida va suyuq idishlarni majburiy
etikеtlashda ham bajarilishi kеrak. Xloramin B ning 1% eritmasini olish uchun
10 g quruq xloramin B ni birinchi navbatda maxsus idishda yaxshilab
aralashtirib, kеyin suv bilan 1 litrgacha qo‘shing.
Do'stlaringiz bilan baham: