O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


  Nafas olish tizimi kasalliklarining belgilari



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/253
Sana23.06.2021
Hajmi2,51 Mb.
#99769
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   253
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish

1.19.  Nafas olish tizimi kasalliklarining belgilari 

Dyspnoe  -  Harsillash  (Nafas  olishni  qiyinlashishi)  Nafas  olish  –  bu  tashqi 

muhitdan kislorodning avval o'pkaga, keyin qonga, so'ngra butun organizmning 

a'zo  va  to'qimalariga  kelishi,  hamda  organizmdan  karbonat  angidrid  gazini 

chiqarilishi  bilan  bog'liq  jarayondir.  Harsillash  (grek.dys  -  qiyinlashish,  pnoe  - 

nafas)  nafas  tezligini  susayishi,  nafas  olish  qiyinlashuvi,  havo  etishmasligi, 

chuqur  nafas  olib  chiqarishni  buzilishi,  nafas  muskullari  faoliyatini  ortishida 

namoyon bo'ladi, bemor bug'ilib havo etishmayotganini his qiladi. Shuningdek, 

harsillash - yurak, o'pka, asab, plevra kasalliklarida, kamqonlikda ham uchrashi 

mumkin. 


Nafas  harakatlari  tezligiga  ko'ra  harsillash  ikki  turga  ajratiladi:  Tachypnoe  - 

Tez–tez  yuza  nafas  olish  (1minutda  20dan  ziyod)  Nafas  siqilishining  bir  turi, 

nevroz,  ba'zi  yurak  va  endokrin  kasalliklarida  uchraydi.  Ko'pincha  o'pka 

yallig'lanishi  (masalan,  pnevmoniyada)  lixoradka,  qon  kasalliklari  (masalan, 

kamqonlikda) kuzatiladi. Nafas tezligi jazavani eslato'vchi holatida minutda 60-

80  dan  oshishi  mumkin,  bunday  tez  tez  nafas  olishni  ―Holdan  toygan,  sillasi 

qurigan hayvon nafas olishi‖ deyiladi.  

     Bradynoe  –  haddan  tashqari  sekin  nafas  olish,  nafasi  ichiga  tushib  ketish 

holati  (1minutda  16dan  kam)  Qandli  diabet  kasalligida  modda  almashinuvi 

nordon  mahsulotlar  qonda  to'planishi  (atsidoz)  va  diabetik  komada  nafas 

markazi  ezilishi,  to'qimalarda  kislorodni  kamayishini  davomli,  og'ir  holati 

(masalan  yurak  etishmovchiligi  sababli)da,  miya  po'stlog'i,  bosh  miya  kasal-

liklari(miyaga  qon  quyilishi,miyadagi  xavfli  o'sma)da  kuzatiladi.Nafas  faza 

(davrlari)si buzilishiga ko'ra harsillash quyidagi turlarga ajratiladi. 



 


81 

 

      Inspirator  harsillash  nafas  olishning  qiyinlashishi,  hiqildoq  va  kekirdak 



teshiklarini  difteriya  pardalari  bug'ib  qo'yganda  yoki  o'sma,  poliplar  siqib 

qo'yganda ro'y beradi. 

     Ekspirator  harsillash  nafas  qisishi  sababli  olingan  havoni  tashqariga 

chiqarib yuborishni qiyinlashuvi, bu holat nafas yo'llari ichida shilliq bo'lganda 

kuzatiladi.  

     Issiqdan  harsillash  tashqi  muhit  harorati  ko'tarilganda  nafas  olishni 

tezlashishi  bo'lib,  issiq  havo  tana  haroratini  turg'un  holda  saqlashga  xizmat 

qiladi.  

          Aralash  harsillash  nafas  qisishi  sababli  nafas  olish  va  chiqarishning 

qiyinlashishi, bu o'pka nafas olish yuzasining kichrayib qolishiga bog'liq. 

      Nafas  ritmi  o'lchoviga  ko'ra  harsillash  quyidagi  asosiy  shakl  (―davriy 

nafas‖deyiladi)  larda  farqlanadi:  Nafas  qisilishi  astma  yoki  bug'ilish 

(grek.asthma – og'ir qisqa nafas) - harsillashning turlicha o'tkir xurujini umumiy 

nomi.  Nafas  yo'llari  og'rig'i  sababli  o'pkadagi  bug'ilish  xuruji  ro'y 

berishi(bronxial  astma)  nafas  yo'llari  bug'ilishi  deyiladi.  Qon  aylanishida  qon 

harakatining  susayib  yoki  qotib  qolishi  yurak  qisilishi  (astma)ni  avj  oldiradi. 

Bemorda  nafas  qisishi  yoki  entikib  qolish  ro'y  berganda  hamshira  zudlik  bilan 

davolovchi shifokorga bemorning harsillash turini, nafas tezligini o'zi kuzatgan 

holatni  etkazib,  bemor  engil  tortishi  choralarini  ko'radi.  Bemor  atrofida  sokin, 

osoyishtalik muhitini yaratib, bemor va uning atrofdagilarini tinchlantiradi. 



     Bemorga yarim o'tirgan holatida boshini ko'tarib, krovatga suyantirib boshi 

va bo`yni ko'taradigan yostiq qo'yishga yordam beradi, siqib turgan kiyimlarini 

echib,  ustidagi  og'ir  ko'rpani  olib  qo'yiladi.  Xonada  oynasini  qiya  qilib  ochib 

qo'yilsa toza havo kirib turishi ta'minlanadi. 

 Nafasi  qisilgan  bemorga  shifokor  tavsiyasiga  ko'ra  cho'ntak  ingolyatori 

be-riladi,  nafas  yo'lini  sun'iy  ochish  uchun  undan  qanday  foydalanishni 

ko'rsatiladi.  Nafas  yo'llari  bug'ilishida  cho'ntak  ingolyatoridan  foydalanish 

uchun:  suyuqlik  (aerozol)  ballonchasi  og'zidan  himoya  qadpoqchasi 




82 

 

olinib  ,balloncha  tepadan  pastga  qarab  aylantirilib  silkitiladi  va  bemordan 



chuqur  nafas  chiqarishini  so'raladi.  Bemorga  chuqur  nafas  olishidan  oldin 

balloncha og'zini labida qisib, balloncha klapanini bosish, chuqur nafas olish va 

bir  necha  soniya  nafasni  ushlab  turishni  tushuntirish  lozim.  Shundan  so'ng 

bemor og'zidan ballonchani uzoqlashtiradi, sekin asta nafas chiqaradi. 



      Ballonchadagi dori suyuqligi miqdorini, har qancha vaqtda foydalanishni 

davolovchi  shifokor  aniqlaydi.  Glyukokartikoid  garmoni  bilan  nafas  olgan 

bemor  og'iz  bo'shlig'i  infektsiyasi  oldini  olish  uchun  og'zini  chayib  tashlashi 

kerak.  Glyukokartikoidlar  -  buyrak  usti  bezi  po'stlog'i  gormoni  bo'lib, 

prednizolon,  prednizon  va  boshqalar  glyukokartikoidlarning  sintetik  analogi 

hisoblanadi.  

Yo'tal  –  murakkab  reflektor  jarayon,  ko'krak  bo'shlig'i  pardasi  va  nafas 

yo'llari  retseptorlari  qo'zg'alishida  vujudga  keladi.  Yo'tal  refleksi  nafas 

yo'llarining  turli  omillari  –  shilimshiqlar,  bronxlar  qisqarishi,  siqilishi,  og'iz 

bo'shlig'i qatlami shilliq qurishi, tana yot jismlari yoki nafas yo'llari tuzilishidagi 

o'zgarishlar ta'sirida paydo bo'ladi. Yo'talning fiziologik faoliyati nafas yo'llariga 

tashqidan  tushgan  moddalar,  turli  bezlar  ishlab  chiqaradigan  suyuqliklardan 

tozalashdan  iborat.  Yo'tal  turtkisi  birdaniga  qattiq  nafas  chiqarish  natijasida 

ko'krak  qafasi  devorini  turtilishi  yoki  tovush  boylamlari  chuqurchasida  tiqilib 

qolgan  nafas  to'satdan  ho'l  balg'am  (qoqiriq)  va  tana  yot  jismlari  havosi  bilan 

birga og'izdan chiqib ketishini tashkil qiladi. 

Yutal paydo bulish sabablari kuyidagilar:  

Nafas  yullari  yalliglanish  kasalliklari:  laringit,  traxeit,  bronxit,  bronxiolit, 

bronxial astma, zotiljam, upka abstsessi va boshkalar.  

Organizmga  allergenlar  (usimliklar  changi,  chang  xasharotlari,  kir  yuvish 

kukuni) kirishiga immun javob.  

Yurak  kon  tomir  tizimi  kasalliklaridagi  kichik  kon  aylanish  doirasida 

dimlanish  sabablari  –  yurak  nuksonlari,  yurak  ishemik  kasalligi,  dilyatatsion 

kardiomiopatiya va boshkalar.  




83 

 

Mexanik 



ta'sirlanish 

sabablari 

– 

pnevmokoniozlar, 



bronxlar 

o`tkazuvchanligini o`sma bilan bosilishi, yot jism tiqilib qolishi xisobiga yuzaga 

keladi.  

Pnevmokoniozlar – uzoq vakt davomida ishlab chikarish changlarini xisobiga 

yuzaga keluvchi kasb kasalliklari guruxidir. 


Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish