O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi


Tugallanmagan ishlab chiqarish



Download 429,88 Kb.
bet33/119
Sana29.05.2022
Hajmi429,88 Kb.
#615311
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   119
Bog'liq
2 5280776725540640434

Tugallanmagan ishlab chiqarish - ishlab chiqarish jarayoniga kirgan turli bosqichlarni o‘tayotgan hali to‘liq mahsulot holiga kelmagan materiallar.
Yarim tayyor mahsulotlar - texnologiya jarayonlarining ayrim bosqichlarini o‘tgan, lekin tayyor mahsulotga aylanishi uchun keyingi bitta yoki bir nechta ishlov berish va yig’ish bosqichlarini talab qiluvchi mehnat bo’yumlari.
Kelgusi davr xarajatlari - ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin kelajakdagi mahsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash xarajatlari (asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish, mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlashga sarflanuvchi xarajatlaryangi turdagi mahsulotlarni loyihalash, tayyorlash va o‘zlashtirish, mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash xonalarini ijaraga olish).
Muomala fondlari korxonaning tayyor mahsulot zaxirasini yaratish uchun mo‘ljallangan pul mablag’lari, chek va veksellar, aksiyadorlarning qarzlari, turli xil debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi mablag’lardan iborat bo‘ladi. Muomala fondlari va aylanma fondlari birgalikda korxonaning aylanma mablag’larini tashkil qiladi.


5.2. Aylanma mablag’lardan oqilona foydalanish
Aylanma mablag’lardan quyidagi hollarda foydalaniladi:

  • xomashyo, material, ehtiyot qismlar hamda ishlab chiqarishni tashkil qilishda, zarur bo‘lgan mehnat predmetlari sotib oliishda;

  • ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinuvchi elektr energiyasi, yoqilg’i kabi resurslar uchun haq to‘lashda;

  • korxonani tashkil etish va faoliyat yuritish davrida oylik ish haqi to‘lanishi;

  • soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashda.

Aylanma ishlab chiqarish fondlari aylanma mablag’larning eng faol qismi bo‘lsa, muomala fondlari ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi hamda yangi iste’mol qiymatini yaratmaydi. Aylanma mablag’lar doimo aylanishda bo‘lishi zarur, ularning samaradorligi va korxona iqtisodiga ta’siri shunda ko‘zga tashlanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari tarkibiy qismlari yoki elementlari o‘rtasidagi foizlarda ifodalanuvchi o‘zaro munosabatlar aylanma ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini tashkil qiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlari o‘rtasidagi foizlardagi munosabatlar korxona aylanma mablag’larining tuzilmasi deb ataladi.
Aylanma mablag’larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi.

  • aylanma mablag’lar pul shaklidan tovar zaxiralariga aylanadi (P - T);

  • ishlab chiqarish, ya’ni mahsulotni tayyorlash jarayoni ( T );

  • tovar sotiladi va yana pul shaklini oladi ( T - P) .

Aylanma mablag’lar shakllanish manbaiga ko‘ra xususiy va qarz mablag’larga bo‘linadi.
Xususiy aylanma mablag’lar doimo korxona ixtiyorida bo‘lib, xususiy resurslar, foyda hisobiga shakllanadi (ish haqi bo‘yicha qarzlar, ta’minotchilar yoki hamkorlar qarzlari, bo’yurtmachilar to‘lagan pullar). Bu mablag’lar xususiy mablag’larga tenglashtirilgan mablag’lar yoki korxonaning barqaror passivlari deb ataladi.
Qarzga olingan aylanma mablag’lar doimo harakatda bo‘lmaydi hamda korxonaning mahsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar boyliklar bilan ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarishni oshirish, vaqtinchalik ehtiyojlarni qoplash uchun foydalaniladi (bank kreditlari, kreditorlik qarzlari).
Aylanma mablag’lar me’yorlashtiriluvchi va me’yorlashtirilmaydigan turlarga bo‘linadi.
Me’yorlashtiriluvchi aylanma mablag’lar- korxona omborlaridagi ishlab chiqarish zaxiralari (xomashyo, materiallar, yoqilg’i), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va tayyor mahsulotlar.
Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag’lar - xaridorga berib yuborilgan tayyor mahsulotlar, hisob raqamidagi pul mablag’lari.
Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin yetarli zaxiralarini shakillantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag’larini aniqlashda ifodalanadi. Aylanma mablag’larning me’yoriyiquyidаgi fоrmulа bilаn hisоblаnаdi:
Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin yetarli zaxiralarini shakillantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag’larini aniqlashda ifodalanadi. Aylanma mablag’larning me’yoriyiquyidаgi fоrmulа bilаn hisоblаnаdi:

bu yerda:
Nich.z - ishlaab chiqarish zaxiralari;
Nt.ich - tugallanmagan ishlab chiqarish;
Nt.m - tayyor mahsulot;
Nk.d.x. – kelgusi davr xarajatlari.
Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish va ayniqsa, moddiy resurslarni sarflash me’yorlarini belgilashda quyidagi tamoillarga amal qilish lozim:

  • me’yorlarning progressivligi va dinamikligi;

  • me’yorning iqtisodiy va ishlab chiqarish-texnikaviy jihatdan asoslanganligi;

  • xomashyo, material, yoqilg’i, elektr energiyasi va boshqa resurslar o‘lchamini to‘g’ri tanlash;

  • chiqit va yo‘qotishlarning oldini olish;

  • eskirgan me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish hamda ularni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga mos holga keltirish.

Resurslarni me’yorlashtirishda bir nechta usullar qo‘llaniladi:

  • o‘tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar to‘g’risidagi hisobot ma’lumotlarini o‘rganish hamda bir necha yillar davomida ro‘y bergan pasayishlarni hisoblashga asoslanuvchi statistika-tajriba usuli;

  • laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan hamda instrumentlar va yordamchi materiallar sarflanishi me’yorini aniqlashda qo‘llanuvchi labaratoriya-texnikaviy usul;

  • yuzaga kelgan ishlab chiqarishs haroitlaridan tashqari boshqa korxonalarning ilg’or tajribalari va yutuqlarini ham hisobga olish imkonini beruvchi, moddiy resurslardan foydalanishni me’yorlashtirishning mukammalroq usuli hisoblanuvchi hisob-tahliliy usul.

Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish tadbirlari ishlab chiqarish zaxiralarini me’yorlashtirish, tugallanmagan ishlab chiqarishning optimal kattaligi, tayyor mahsulot qoldiqlari va kelgusi davr xarajatlarini aniqlash bilan bog’liq vazifalarni yechishga yordam beradi.



Download 429,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish