boshlang’ich qiymatga - asosiy vositalarni sotib olish uchun sarflangan xarajatlar, yetkazib berish, o‘rnatish kabi pul xarajatlarining jami kiradi. Dastlabki baho asosiy fondlarning foydalanishga topshirgan paytda hisobga olingan dastlabki muvozanat narxini ko‘rsatadi. Misol. Generator 150000 so‘mga sotib olindi. Uni korxonaga yetkazib berish uchun 10000 so‘m, o‘rnatish uchun 20000 so‘m sarflandi. Generatorlarnung dastlabki to‘la narxi - 180000 so‘mga teng.
150000 + 10000 + 20000 =180000 so‘m
tiklangan qiymati - asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini (binolar, qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari) hozirgi paytdagi inflyatsiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning bu usuli obyektning bugungi kunda qancha turishini ko‘rsatadi. Misol:Transformator 2005 - yilda 300000 so‘mga sotib olingan, xuddi shunday transformator 2007 - yil yanvar oyida 270000 so‘mga sotib olindi. Ikkitatransformator muvozanat qiymati 570000 so‘mni tashkil qiladi. 2007 - yil yanvar oyida ikkalatransformator tiklangan narxi 540000 so‘m, chunki shu transformator hning bahosi 270000 so‘mni tashkil qilgan edi. Bu baho asosiy fondlarning ma’naviy eskirganligini va yeyilganligini hisobga olmaydi.
qoldiq qiymat - asosiy fondlarning eskirishini inobatga olgan holda, birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o‘rtasidagi farqdir.
Misol: Transformatoning narxi 50000 so‘m, ishlash davri 8 yil u 5 yil ishlab chiqarishda bo‘lgan. Transformatorning qoldiq qiymati - 18750 so‘mni tashkil qiladi.Transformator ning amortizatsiya ajratmasi 50000/8 = 6250so‘m. 5 yil davomida 31250 so‘mlik qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazgan 6250*5 = 31250 so‘m. Qoldiq qiymat 50000 - 31250 =18750 so‘m.
Asosiy vositalarning korxona balansi va hisobotlarida aks ettiriluvchi, hisobga olish qiymati balansqiymati deb ataladi. Asosiy vositalarning qoldiq qiymatini asosiy vositalar balans qiymatidan eskirish so’mmasini ayirib topish mumkin. Asosiy fondlarning tugatilish qiymati bu - ishlab chiqarishdan chiqarilgan (tugatilgan, yo‘q qilingan, lom) qiymatidir.Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati hisoblanadi.
,
bu yerda
Fo‘r -asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati;
Fy.b- asosiy fondlarning yil boshiga qiymati (balans);
Fk -kiritilgan asosiy fondlar qiymati;
Fch –fondlarning tugatilish, ishlab chiqarishdan chiqarilishqiymati;
n1 -asosiyfondlarnikiritilgandanboshlaboylarsoni;
n2 -asosiyfondlarnichiqarilgandanboshlaboylarsoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 2016 yil 22 dekabr, PQ-2692-son
Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadalyangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Korxonalarda zamonaviy va jahon darajasida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan texnologiyalarni ildam sur’atlar bilan o‘zlashtirish, mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini yanada oshirish, shu asosda sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishini va eksport salohiyatining o‘sishini ta’minlash, shuningdek, energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi standartlarining iqtisodiyotga faol tatbiq etilishini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |