Bojxonaga oid turizm rasmiyatchiliklar
Bojxonaga oid turizm rasmiyatchiligi. Xalqoro turizm rivojiga turli davlatlar
bojxona tizimlari sezilarli ta‘sir qiladi. Bojxona qonunchiligi xalqaro turizm
faoliyati rivojini qo‗llab-quvvatlashi ham, turli turizmga oid rasmiyatchiliklarni
murakkablashtirish yo‗li bilan tusqinlik qilishi ham mumkin.
Turizm bo‗yicha Gaaga deklaratsiyasi 1989-yil davlatlar va turistik
pasportlari, vizalar, tibbiy va valyuta nazorati, sayohat, safar va istiqomat qilish
bilan bog‗liq turizm rasmiyatchiliklari va bojxona tartiblarini osonlashtirish
bo‗yicha qat‘iy choralar ko‗rish lozimligini belgiladi . Turizm rasmiyatchiliklari
sayohat qilishdagi murakkabliklarni yo‗qotish, turistlar tomonidan boshqa
mamlakat va mintaqalarga tashrifni yengillashtirishga qaratilgan bo‗lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |