10.4.Transport kompaniyalari Havo yo‘llari sanoati. Temiryo‘l sanoati. Avtobus sanoati. Avtomobil. Kruiz sanoati. «O‘zbekiston Havo yo‘llari». «O‘zbekiston temir yo‘llari». Transport xo‘jaligi - transfer, kup xollarda avtobus, turistlarni junatish joyidagi asosiy tashuvchiga etkazib berish, turistlarni aeroport terminalidan, vokzaldan mexmonxonaga eltish xamda xuddi shu operatsiyalarni turistlar vatanlariga qaytayotganlarida bajarish;
- borishlari kerak bulgan uzok masofalarga eltish;
- avtobus va temir yul turlarida marshrut buyicha olib yurish, bunda tashish boskichi aslida turning zaruriy va asosiy elementi buladi, tashish vositalari esa, kupincha tunash joylariga aylanadi, bunga dengiz sayoxatiga doir marshrutlarni xam kiritish mumkin;
Turistik mahsulotlar tarkibida turistlarni tashish xizmati yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu shu bilan ifodalanadiki, barcha turistik yo‘nalishlarda (piyodalardan tashqari) sayohatchilarni dam olish yoki ekskursiyaga eltish va uyga qaytishi uchun transport bo‘lishi tabbiy xol bo‘lib qolmoqda.
Turizm faoliyat turi sifatida turistlarni doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi bilan uzviy bog‘langan va uni transport ta’minotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Transport ta’minoti turistik infratuzilmaning muhim elementi hisoblanadi va turistik mahsulotlar tarkibiga kiritilgan asosiy majmuali xizmatlarni tashkil qiladi. Transport korxonalari turizm sohasini shakllantiruvchi turistik korxonalarning alohida ko‘rinishlari sifatida qarab chiqiladi.
Menejment kompaniyalari.Menejment kompaniyalari va otel egalari o’rtasidagi kelishuv bo’lgan boshqaruv shartnomasi Cornell Mehmonxonalar maktabi proffessori James Eyester tomonidan quyidagicha ta’riflanadi.22 Boshqaruv shartnomasi bu otel egasi va operator o’rtasidagi yozma kelishuv bo’lib, unda otel egasi operatorni muassasaning butun operativ mas’uliyatini zimmasiga yuklash uchun va mussasani prossional ruhda boshqarishi uchun agent (ishchi) sifatida yollaydi.
Agent sifatida operator binoning xizmat ko’rsatishi kabi operatsiyalar xarajatlari uchun otel egasi nomidan to’laydi, bularni o’sha operatsiyalarning naqd pul oqimidan to’plangan mablag’lardan to’laydi, o’zida esa boshqaruv haqini saqlab qolib qolgani foydani, agar u naqd pul ko’rinishida, otel egasiga topshiradi. Otel egasi binoni yer, bino, mebel va jihozlar, va ishchi kapitali bilan ta’minlaydi hamda loyiha uchun to’liq qonuniy va moliyaviy mas’uliyatni zimmasiga oladi.
Dastlabki menejment kompaniyasi Sezar Ritz Group bo’lgan bo’lishi mumkin. XIX asrning oxirida Sezar Ritz, o’zinig mashhur Escoffier ismli bosh oshpazi bilan bilan birgalikda alohida egalik qiluvchi otellar menejerlarini tayinlash va nazorat qilish ishlari uchun haq olar edilar. O’sha kelishuv otelga o’zini Ritz mehmonxonasi deb reklama qilishga imkon yaratdi.
Birinchi Qo’shma Shtatlardagi menejment kompaniyasi 1920-yilllarda kichik kollej mehmonxonalarini boshqarishni boshlagan Treadway Hotel Company edi. 1930-yillarda, Amerika mehmonxonalar Korporatsiyasi otellarni inqirozga uchratishga muvaffaq bo’ldi, ammo 1970-yillarning oxiriga kelib, AQShdagi bor yo’g’I 3 yoki 4 ta menejment kompaniyalari bor bo’lgan.
1970-1980 yillarda otellar tez sur’atlarda ko’payib ketishi bilan ko’pchilik yangi loyihalar otel operatsiyalarni bajargan odamlarga qaraganda ko’proq moliya va ko’chmas mulk sohasida tajribasiga ega bo’lgan insonlar tomonidan amalga oshirilgan. Bunday operator bo’lmagan egalar tomonidan otelni boshqarish orqali mehmonxona menejmenti kompaniyalari soni keskin ravishda oshib ketdi.
Menejment kompaniyasining 2 ta turi bor. Birinchisi, Hilton va Marriot kabi ko’plab zanjirlar o’zlarining franshizalari ustidan menejment kompaniyasi sifatida ish yuritadi. Zanjirlar 300 xonadan oshiq bo’lgan muassasalarning menejment shartnomalari bo’limida yetakchlik qiladi.
Zanjirlar faqatgina bosh ofisning asosiy xarajatlariga yetarli bo’lgan minimum to’lovlarni taklif etadi. 2-turi, kichikroq menejment kompaniyalaridan tarkib topgan bo’lib 300 xonadan kam bo’lgan muassasalar kategoriyasi bilan ishlaydi. Mustaqil menejment kompaniyalari turli xil franshizalari ostida kichikroq muassasalarni boshqarishlari mumkin. Ular otel egalariga kundalik operatsiyalarda ko’proq nazorat va shartnoma xususida ko’proq o’zgaruvchanlikini taklif qiladi.
2001 va 2008 yillarda boshlangan iqtisodiy qiyinchiliklardan so’ng ba’zi otel egalari menejment kelishuvlarining shartnomaviy davrlarini taklif qiladi. Shartnomalar uzun muddatli bo’lishi kerak edi, 20 yil masalan 2002-yildagi ko’rsatilgan va ommaga ma’lum bo’lgan tashabbus Charleston, West Virgina, Marriot va menejment kompaniyasi bo’lgan Marriot International o’rtalaridagi qonuniy kurash edi.
Otellar egalari Marriotni muassasa sotuvchilaridan (otel uchun) olingan ortiqcha to’lovlarni ulardan yashirish va otelga mablag’larni noto’gri taqsimlash orqali firibgarlik qilgan deya qonuniy ayb qo’ydilar. 1 yildan so’ng bu ish tufayli Marriott otel egalariga ularning oteldagi xonalarini sifatini oshirish uchun 1 mln $ qarz berishga va boshqa mehmonxona loyihalarini ishlab chiqarish uchun rasmiy ravishda 2 mln. $ berishga rozi bo’ldi. Shuningdek shartnoma qismlari otel egalari bilan ishlash davrini yana 10 yilga uzaytirish kabilar bilan o’zgartirildi.
Mustaqil menejment kompaniyalari otel biznesida faoliyat boshlayotganlarga 1 nechta afzalliklarni taklif etadi. Kompaniya o’zining muvaffaqiyatli tajribalari bilan yuqori malakali va bilimlar odamlarga ega bo’ladi. Bunday yuqori malakali va katta tajribaga ega menejerlar bilan ishlashning o’zi bir amaliyot hisoblanadi. Bundan tashqari, kattaroq kompaniyaning turli xil kattalikdagi binolari va franshiza birlashmalariga ega bo’lishi mumkin va shu orqali kichigidan tortib kattasigacha bo’lgan muassalarda malaka, lavozimini oshirish va keng turdagi tajribalarni taklif etadi.