Turizm resurslarining guruhlanishi
Mavjud turistik resurslar majmuasini tabiiy – iqlimiy, madaniy – tarixiy, ijtimoiy – iqtisodiy, axborot beruvchi resurslarga bo‘lish mumkin.
Turistik resurslar dinamik, ya’ni o‘zgarib turuvchi sotsial iqtisodiy jarayon bo’lib hisoblanadi, shu sababli turizm tashkilotchilari tomonidan o‘tkaziladigan islohotlar unga yangi sifat o‘zgarishlarini taqdim etadi, natijada yangi turdagi turistik faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatlari tugiladi. Dam olishning yangi turlarining paydo boiishi barcha yangi turistik resurslami jalb qilishga olib keladi.
Turistik faoliyatning yuqori darajadagi dinamikligi ko‘pgina sabablar bilan izohlanadi: u yoki bu turdagi dam olish turining ommaviylashgani yoki zamonaviy tusga aylanganligi, tabiiy landshafflar, tarixiy-madaniy yodgorliklar hamda kishilaming iqtisodiy, sotsial va madaniy hayotidagi o‘zgarish!ar shular jumlasidandir. Masalan, hududda ekologik turizmning taraqqiy etishi bilan, o'zlashtirilmagan hududlar o‘zlashtirilib, turistlar tashrifi uchun jozibador joylarga aylantiriladi. Boshqa tomondan, ko‘pgina tashrif buyuruvchilar o‘zlarming bo‘sh vaqtlarini ekologik vaziyat yomonlashgan hududlarda tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga sarf etadilar. Ular o‘z tashriflari maqsadi sifatida yirik sanoat hududlarini tanlaydilar, boshqalari esa tabiat uchun xavfli boigan obyektlarni tanlab, u yerda turli tadbirlami tashkil etadilar: ommaviy norozilik namoyishlari yoki o‘rmonlarda ommaviy turistlar tomonidan tashlanadigan chiqitlami kamaytirish va h.k. Shu tarzda bu holat qanchalik jaranglamasin, ekologik xavfli obyektlar ham ba’zi holatlarda turistik resurslar sifatida talqin etiladi.
Tabiiy turistik resurslar
Tabiiy turistik resurslarning asosiy ahamiyati shundan iboratki, insonlarning jismoniy va ruhiy qobiliyatlarini tiklashda foydalanish vositalari bo‘lib xizmat qiladi. Turistlar asosiy ehtiyojlarini tabiatdan qondiradilar. Turistik faoliyatni tashkillashtirishda landshaftlar, iqlim, suv ob’ektlari, dengizlar, mineral suv va davolovchi botqoqlar asosiy resurs vazifasini bajaradi. Bu resurslar o‘zi yoki inson tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
Bu resurslarni geografik, biologik, geologik va boshqa jihatlarga ko‘ra baholash mumkin. Dam olishni tashkil etish uchun tabiiy turistik resurslarni tahlil etish talab qilinadi. Tabiiy resurslar sifatida alohida tabiat komponentlari yoki bir butun tabiat majmualarini olish mumkin.
Barcha tabiiy resurslarga rekreatsiya yoki turistik salohiyat nuqtai nazardan qarash lozim. Tabiiy turistik resurslarning tasnifi mavjud bo‘lib, u ikki yoqlama xususiyatga ega, birinchi xususiyatiga ko‘ra tabiiy kelib chiqishi bilan, ikkinchi xususiyati esa turizm uchun iqtisodiy ahamiyati bilan bog‘liq. Tabiiy resurslar quyidagicha guruhlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |