Sut kislotali bijg’ish jarayoni. Insoniyat tajribasida sut kislotali bijg’ish jarayoni qadimdan qo’llanib kelingan bo’lsada, uning biologik jarayon ekanligini va unda tirik organizmlar qatnashishini faqat 1860-yildagina Lui Paster isbotlab berdi.
Sut kislotali bijg’ish jarayoni monosaxaridlarning parchalanib ikki molekulali sut kislotasi hosil qilishi bilan xarakterlanadi. Bu reaktsiya quyidagicha boradi:
С6Н12О6 2СН3 СНОН СООН + 20 kkal.
Bu bakteriyalar glikolitik reaktsiya davomida hosil bo’lgan pirouzum kislotadan СО2 gazini ajratadigan karbogidraza fermentidan holi bo’ladi. Shuning uchun oksidlanish vaqtida organik moddalardan ajralgan vodorod hisobiga pirouzum kislota sut kislotagacha qaytariladi. Bu jarayon sut kislotali bijg’ishni qo’zg’atuvchi bakteriyalarda mavjud laktikodegidrogenaza fermenti ishtirokida boradi. U quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
СН3СОСООН + Н2 laktikodegidrogenaza СН3СНОНСООН
pirouzum kislota sut kislota
Yuqorida ko’rsatilgan ekzotermik reaktsiya vaqtida hosil bo’lgan energiya bu jarayonni qo’zg’ovchi bakteriyalar tomonidan sarflanadi. Bijg’ish jarayonida vujudga kelgan sut kislotasi ko’p bakteriyalar uchun antiseptik zahar bo’lib hisoblanadi. Shundan foydalanib, sutni chirituvchi bakteriyalar ta‘siridan saqlab qolish maqsadida, qatiq va boshqa mahsulotlar tayyorlashda sut kislotali bijg’ish jarayonidan foydalaniladi.
Bijg’ishni qo’zg’atadigan baktеriyalar tavsifi. Sut achitqili bijg’ishning tipik qo’zg’atuvchilari harakatsiz, spora hosil qilmaydigan tayoqchalardirlar, ayrim hollarda esa sharsimon shakldagi baktеriyalardir. Ularning hammalari gramm ijobiylar. Uglеrod va enеrgiya manbai sifatida glyukoza, galaktoza, fruktoza, saxaroza, laktoza va maltozani o’zlashtiradilar. Laktozani bijg’ituvchilari maltozani bijg’ita olmaydi va aksincha. Tipik sut achitqi baktеriyalar azot manbaiga juda talabchan bo’ladilar: ular minеral azot saqlovchi sintеtik muhitlarda rivojlanmaydilar va azotning organik birikmalariga hamda rivojlanishning ayrim faktorlari rolini bajaruvchi faol birikmalarga (masalan, B2 vitamini) muhtojdirlar.
Sut kislotali bijg’ishni qo’zg’atishda fakultativ anaerob bakteriyalardan streptokokkus laktis, laktobakterium bulgarikum, laktobakterium delbryuki, bakterium brassika va bakterium kukkumeris fermenti va boshqalar ishtirok etadi. Bu bakteriyalarning hayot faoliyatida faqat sut kislota hosil bo’lishini hisobga olib, ular ishtirokida boradigan bijg’ish gomofermentativ bijg’ish deb ataladi.
Sut kislotali bijg’ish jarayonida quyidagi bakteriyalar qatnashadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |