Bog'liq Oziq-ovqat mikrobiologiyasi Majmua2021 oot (1)
Mikroorganizmlar o‘rtasidagi assotsiativ munosabatlar. Simbioz-har xil turdagi mikroorganizmlarning bir biriga foyda keltirib, birga yashashidir. Ular har qaysisi alohida yashagandan ko‘ra birga yashaganda yaxshi rivojlanadi (tuganak bakteriyalari bilan dukkakli o‘simliklar simbioz, sut kislotalari bilan spirtli achitqilar simbiozi). Munosabatlarning simbioz shaklida har ikkala populyasiya yashash davrida bir-biridan foyda ko‘radi. Simbiotik munosabatlar darajasi turli xil ko‘rinishda bo‘lib, kuchsiz hamkorlikdan to‘liq mutualizmgacha bo‘lishi mumkin.
Agar simbiontlar yashash davrida bir-birining hayotiy funksiyalarini to‘ldirib tursa, munosabatlarning bu shakli mutualizm deb ataladi.
Sinergizm - ikkita simbiont birgalikda fiziologik vazifalarining kuchayishi (achitqi va sut-qatiq bakteriyalari).
Mexanizmi turlicha:
tashqi muhit omillarini ta’sirga chidamlilik darajasi xar xil;
bioenergetik faollik darajasi turlicha;
bakteriotsinlar ajratishi (ichak tayoqchasi enteropatogen esherixiyalarga qarshi kolitsin ajratadi) va nihoyat antibiotiklar ajratishi;
Mikroorganizmlar orasida kеng tarqalgan o’zaro ta’sir turlaridan bir mikrob hayot faoliyati natijasining ikkinchi mikrob hayot rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishini misol qilib kеltirsa bo’ladi. Bunda birinchi mikrob ikkinchi mikrob hayot faoliyati natijasida hosil bo’lgan mahsulot bilan ozuqlanadi va unga zarar yеtkazmaydi. Bunday o’zaro ta’sir mеtabioz dеyiladi. Masalan, oqsillarni oddiy birikmalargacha parchalovchi mikroorganizm bu qobilyatga ega bo’lmagan mikroorganizm uchun qulay azot manbai yaratadi. Turli mikroorganizmlarning birgalikda yashashi bir moddaning navbat bilan boshqa moddaga aylantirishga asoslangan. Yana misol, achitqi zamburug’lari qandlarni etil spirtigacha parchalaydilar. Etil spirtini esa sirka achitqi zamburug’lari sirka kislotasigacha oksidlaydilar. Sirka kislota esa o’z navbatida mog’orlar tomonidan o’zlashtiriladi.
Kommensalizm, bu simbiozning shunday ko‘rinishiki, ya’ni kommensallar xo‘jayin organizmi uchun zarur bo‘lmagan qoldiq chiqindi oziq moddalar bilan ovqatlanadi va unga zarar yetkazmaydi.
Satellizm - birga yashovchilardan biri boshqasining o‘sishini stimulyasiya qiladi (achitqilar, sarsinalar). Bunda bir mikroorganizmning normal o‘sishi va rivojlanishiboshqa mikroorganizm hayoti davomida hosil qilgan mahsulotlar hisobiga boradi. Masalan, achitqilar vitaminni sintez qilib, uni umuman sizntez qila olmaydigan mikroorganizmlarning normal rivojlanishi uchun vitaminlarga bo’lgan ehtiyojini ta’minlaydi.