O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti



Download 14,52 Mb.
bet227/279
Sana23.07.2022
Hajmi14,52 Mb.
#843032
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   279
Bog'liq
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi Majmua2021 oot (1)

3-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Bakteriyalar morfologiyasini o’rganish, fiksatsiya qilingan preparatlarni tayyorlash, va ularni oddiy usullar bilan bo’yash
Kerakli jihozlar: mikroskop, buyum oynasi, bakterial ilmoq, spirt lampa, to’xtab qolgan suv, filtr qog’oz, Lyoffler sinkasi yoki fuksin bo’yog’i.
Nazariy tushuncha: Bakteriyalarning shakli va o’lchami xilma-xil bo’ladi. SHarsimon bakteriyalarning diametri 1-2 mkm dan katta bo’lmaydi. SHarsimon bakteriyalar eng oddiy tuzilgan mikroorganizmlardir.
Yakka-yakka joylashgan bakteriyalar kokk, ikkitadan joylashganlari diplokokk, to’rttadan joylashganlari tetrakokk, sakkiztadan joylashganlari sarsina va bo’linish natijasida zanjir hosil qilganlari streptokokk, uzum shingili shaklidagilari stafilokokk deb ataladi.





Tayoqchasimon bakteriyalarning uzunligi 1-4 mkm, ko’ndalang kesimi 0,5-1 mkm dan oshmaydi. Lekin gugurt bakteriyasi beggiato mirabilisning ko’ndalang kesimi 50 mkm ga etadi. Yirik bakteriyalar unchalik ko’p uchramaydi. Tayoqchasimon bakteriyalar asosan spora hoskl qiladigan hamda spora hosil qilmaydigan ikki katta gruruhga bo’linadi. Spora hosil qiluvchi bakteriyalar basillalar deyiladi. Hujayrasi bir oz bukilib turgan bakteriyalar vibrion, bir necha marta oddiy bukilib spiralb shaklida bo’lganlari spirilla va oddiy spiralb shaklidagilari spiroxeta deyiladi

6 - rasm. Mikroorganizmlarning shakllari:
a - kokklar; b - diplokokklar; v - stafilokokklar; g - sarsinalar; d - streptokokklar; e - tetrakokklar; j - tayoqchasimon bakteriyalar va basillalar; z - vibrionlar; i - spirillalar; k -spiroxetalar.
Bulardan tashqari, oddiy mikroskopda ko’rinmaydigan 0,02-0,03 mkm yoki 20-30 nm kattalikdagi tirik organizmlar ham bor. Ular maxsus filbtr orqali o’tib ketganligi sababli filtrlanuvchi viruslar deb ataladi. Filtrlanuvchi viruslar yoki ulbtramikroblar qatoriga bakteriofaglar ham kiradi. Bakteriofaglar lizin moddasi ajratadi. Lizin ta’sirida zararli mikroblar nobud bo’ladi, ya’ni erib ketadi.
Mikrobiologiyaga oid mashg’ulotlar vaqtida yuqumli kasalliklar bilan zararlanmaslik uchun, ehtiyotlik bilan ishlash, jumladan, mashg’ulot boshlashdan oldin va uni tugatgandan so’ng qo’lni sovunlab yuvish hamda boshqa sanitariya-gigiena qoidalarini bajarish zarur, aks holda ko’ngilsiz oqibatlar yuz berishi mumkin.
Mikroorganizmlarning shakli quyidagi mashg’ulotlar vaqtida o’rganiladi.
Ishning borishi: Quyuq ozuqa muhitida o’stirilgan kulturadan surtma prеparat tayyorlash. Yog’sizlantirilgan prеparat oynasi gaz gorеlkasining alangasi ustida qizdiriladi. Buyum oynasi sovugach, unga ilmoq bilan bir tomchi izotonik eritma tomiziladi. O’rganilayotgan kultura solingan probirka chap qo’lning ko’rsatkich va bosh barmog’i o’rtasida ushlanadi. Baktеriologik ilmoq o’ng qo’l bilan ushlanib, gaz alangasida qizdiriladi. Ilmoqni qo’lda ushlab turgan holatda o’ng qo’l bilan probirkaning og’zi ochiladi. Ilmoq bilan ishlaganda xarakatlar kеskin bo’lmasligi lozim. Bu protsеss davomida probka barmoq orasida saqlanadi. Ilmoq probirka ichiga solinadi va probirka dеvorlari orasida sovutiladi, chunki issiq ilmoq unib chiqqan kulturani xalok qilishi mumkin. Ilmoq yordamida bir oz kulturadan olinib, probirka dеvoriga tеkkizmay olib chiqiladi. Probirkaning og’zi (probkasi) alanga ustida ushlangan holda bеrkitiladi va shtativga qo’yiladi. Kulturali ilmoq oyna ustiga, izotonik eritmaning yoyiga surtiladi, va sеkin shu eritma bilan aralashtiriladi. (emulgatsiya kilinadi). Ilmoq alanga ustida qizdiriladi. Surtma quritish uchun qoldiriladi. Diqqat. Surtma prеparat yupka, tеkis surtilgan bo’lishi kеrak.

Download 14,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish