O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti


Budjet-soliq siyosati barqarorligi



Download 105,82 Kb.
bet8/10
Sana13.07.2022
Hajmi105,82 Kb.
#784561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Investitsiya funksiyasi va omillari

2.2 Budjet-soliq siyosati barqarorligi
Oxirgi yillarda iqtisodchi-olimlar orasida soliq-budjet siyosatining barqarorligi masalasi katta qiziqish uyg‘otmoqda. Qanday holatlarda soliq-budjet siyosatini nobarqaror deb hisoblash mumkin? Siyosiy qaror qabul qiladigan shaxslar ma’lumoti uchun qanday operatsion indikatorlar ishlab chiqish lozim? Hozirgi paytgacha soliq-budjet siyosatining barqarorligiga yagona ta’rif ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan joriy va kelgusi budjetlar kamomadi YaIMga nisbatan tez sur’atlarda oshib borsa, olib borilayotgan soliq-budjet siyosati barqaror emas, deb qabul qilingan. Shunday qilib, barqarorlikning eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri qarzning YaIMga nisbati va uning o‘sish sur’atlaridir. Barqarorlik ko‘rsatkichlari. Quyida keltirilgan soliq-budjet siyosatining barqarorlik indikatorlari to‘lovga qobiliyatlikni ta’minlash uchun qarzning YaIMga nisbatini qanday darajada o‘zgarishi lozimligini belgilashga xizmat qiladi. Bunda emission daromadning doimiy darajasi o‘zgarmas deb qabul qilinadi:  kapitalning sof ijobiy qiymati;  asosiy uzilish;  o‘rta muddat bashoratlaridagi soliq bo‘yicha uzilish. Daromadlar tahlili. Daromadlar va tushumlarning dinamikasiga baho berishda asosiy e’tibor daromadlarning YaIMga nisbati va bu ko‘rsatkichni iqtisodiyoti o‘xshash bo‘lgan boshqa mamlakatlar bilan taqqoslashga qaratiladi. Soliq tizimini baholash. Mutaxassislar har bir mamlakatning soliq tizimiga baho berishda uning qo‘yilgan vazifalarga qanchalik javob berishi va tizimni islohot qilish imkoniyatlarini hisobga olishilari kerak. Soliqqa tortish tizimining asosiy vazifasi daromadlarni to‘plash bo‘lishiga qaramasdan, u ko‘pincha boshqa maqsadlarda, masalan, bozor xo‘jaligining kamchiliklarini tuzatish va daromadlarni qayta taqsimlashga ko‘maklashish maqsadlarida ham foydalaniladi. Yuqoridagi maqsadlarni hisobga olgan holda soliq tizimining samaradorligiga baho berish uchun bir nechta me’yorlar ishlab chiqilgan. Mamlakatning soliq tizimini tahlil qilishda Tanzi diagnostik testidan foydalanish mumkin. Daromadlar tushumining samaradorligiga baho berish uchun Vito Tanzi 8 ta miqdoriy diagnostik testdan foydalanishni taklif qilgan:
1. Konsentratsiya indeksi. Yalpi daromadlarning katta qismi nisbatan kam soliqlar soni va soliq stavkalari hisobiga tushadimi?
2. Dispersiya indeksi. Faqat noqulaylik tug‘diradigan kam miqdorda tushumli soliqlar soni ozmi (yoki umuman yo‘qmi)?
3. Eroziya indeksi. Haqiqiy soliqqa tortish bazasi potensial baza bilan maksimal tarzda mos keladimi?
4. Yig‘imlarni kechikish indeksi. Soliq to‘lovchilar soliqlarni aytarlik kechikmasdan va qanchalik o‘z vaqtida to‘laydilar?
5. Muayyanlik indeksi. Soliq tizimi muayyan stavkali kam sonli soliq turlariga asoslanganmi?
6. Obyektivlik indeksi. Ko‘pchilik soliqlar obyektiv o‘lchash mumkin bo‘lgan soliqqa tortish bazasidan olinadimi?
7. Soliqlar yig‘ishni ta’minlash indeksi. Soliqlar samarali yig‘imi to‘laligicha ta’minlanadimi?
8. Soliqlar yig‘ishdagi xarajatlar indeksi. Soliqlar yig‘ishda budjet xarajatlari minimumga keltirilganmi?
Yuqoridagi savollarning barchasiga ”ha” javobi berilsa, Tanzi testiga ko‘ra, soliq tizimi tushumlarning samaradorligi nuqtai nazaridan eng yuqori bahoga sazovor bo‘ladi.
Xarajatlar tahlili. Davlat xarajatlari davlat idoralarining faoliyatini moliyalashtirishga ketgan xarajatlari bo‘lib, unga davlat idoralari tomonidan tovar bilan ta’minlash va xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarish va transfertlar kiradi. Davlat tovar va xizmatlarni ikki ko‘rinishda taqdim qiladi: bevosita aholi individual yoki kollektiv tarzda iste’mol qiladigan (masalan, jamoat transporti va milliy parklar) tovar va xizmatlar; ishlab chiqarish omillaridan yanada samarali foydalanishga xizmat qiladigan tovar va xizmatlar (masalan, sanoat va port inshoatlari).
Ko‘pchilik xarajat turlari, masalan, infratuzlmaga xarajatlar va yo‘llar ikkala kategoriyani qamrab oladi. Pensiya va ishsizlik nafaqasi kabi ba’zi xarajatlar bevosita uy xo‘jaligi va tijorat korxonalariga transfertlar ko‘rinishida taqdim qilinadi.
Davlat xarajatlarining darajasi va tarkibiga baho berishda tahliliy yondashish talab qilinadi. Bunday tizimli yondashish beshta elementdan iboratdir:
makroiqtisodiy yondashishiga mos keladigan yalpi xarajatlar darajasi va budjet balansi; ba’zi tovar va xizmatlarni taqdim qilishda xususiy sektordan oqilona foydalanish (davlat tomonidan moliyalashtirish zarur bo‘lgan hollarda ham u birinchi navbatda ijtimoiy tovarlarni taqdim qilish, tashqi samarani ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimidan foydalanuvchilarga nafaqa berish, ya’ni xususiy bozor bajarmaydigan yoki yetarli darajada bajarmaydigan vazifalarni hal qilishga yo‘naltirishi kerak);
xarajatlarni taqsimlash ham bitta dastur doirasida, ham boshqa dasturlar bilan o‘zaro bog‘langan holda olinadigan qaytimga asoslanishi lozim;
ushbu dasturga yoki sektorga joriy xarajatlar va kapital qo‘yilmalarning puxta tahlili boshqa dasturlar va sektorlarga xarajatlarni oqilona taqsimlanishi bilan bog‘langan bo‘lishi;
xuddi shunday puxta tahlil budjet institutlariga nisbatan ham talab qilinish lozim. Bunda yalpi xarajatlarni cheklash, samaradorligini oshirish va adolatlikni ta’minlash uchun rag‘batlantirish va qo‘llanmalardan foydalanish talab qilinadi.
Davlat xarajatlarining turlari. Davlat xarajatlarining asosiy kategoriyalari bo‘lib ish haqi, tovar va xizmatlar, subsidiyalar, transfertlar, foiz to‘lovlari va kapital qo‘yilmalarga xarajatlar hisoblanadi.

Download 105,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish