O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti


Aviatransport. Dengiz transporti. Temir yo„l transporti



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/348
Sana16.01.2022
Hajmi5,79 Mb.
#379057
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   348
Bog'liq
O zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o rtа mахsus tа lim vаzirligi u

Aviatransport. Dengiz transporti. Temir yo„l transporti 
Turistik  mahsulotlar tarkibida turistlarni tashish xizmati yetakchi o‗rinlardan 
birini  egallaydi.  Bu  shuning  bilan  bog‗liqki,  barcha  turistik  yo‗nalishlarda 
(piyodalardan tashqari) sayohatchilarni dam olish yoki ekskursiyaga eltish va uyga 
qaytishi uchun transport bo‗lishini taqazo qiladi. 
Turizm  faoliyat  turi  sifatida  turistlarni  doimiy  yashash  joyidan  tashqariga 
chiqishi bilan uzviy bog‗langan va turgan gap, uni transport ta‘minotisiz tasavvur 
qilib  bo‗lmaydi.  Transport  ta‘minoti  turistik  infratuzilmaning  muhim  elementi 
hisoblanadi va turistik mahsulotlar tarkibiga kiritilgan asosiy kompleks xizmatlarni 
tashkil  qiladi.  Transport  korxonalari  -  turizm  tizimini  shakllantiruvchi  turistik 
korxonalarning alohida ko‗rinishlari sifatida qarab chiqiladi. 
BTT  (VTO)  –  Butunjahon  turistik  tashkiloti  turizm  maqsadlarida  
qo‗llaniladigan 
transportni 
uch 
turga 
klassifikatsiyalaydi: 
quruqlikda 
harakatlanuvchi, suv va havo transportlari (1- rasm). 
Quriqlikda  harakatlanish  vositalaridan  turizm  maqsadlarida  ko‗proq 
avtomobil va temiryo‗l transportlaridan foydalanish maqbul hisoblanadi. 
Avtomobil  transporti  turizmda  keng  foydalaniladi.  Chunki  u    turistlarni 
«Eshikdan eshikkacha» eltib qo‗yishni ta‘minlaydi. Ushbu maqsadlarda muntazam 
yo‗lovchi  tashish  uchun  reys  avtobuslari  va  nomuntazam  –  turistik  korxonaning 
xususiy transporti va turistning shaxsiy  transporti qo‗llaniladi.  
Temir  yo‗l  transporti  o‗rta  masofalarga  turistlarni  maqbul  narxlarda  tez  va 
qulay  sharoitda  yetib  borishlarini  ta‘minlaydi.  Alohida  hollarda  temiryo‗l 
transporti turistik sayohat maqsadlarida ham foydalanishi mumkin.   
Suv transporti vositalari orasida suv osti (ekskursiya suv osti qayiqlari) va suv 
usti  (teploxodlar,  sayohat  kemalari,  dengiz  paromlari,  sayr  kemalari,  yaxtalar, 
katerlar) transportlari farqlanadi. Turizmda suv transporti vositalari ta‘minoti bilan 


58 
 
bog‗liq  masalalari  asosan  dengiz  va  daryoda  turistik  maqsadlarda  muntazam  va 
nomuntazam yo‗lovchi tashish misolida qarab chiqiladi. 
Paromda kechib o‗tish va asosiy turistik sayohat turi – sayohat kemasi, dengiz 
va  daryo  kemalari  turistlarni  belgilangan  joyga  yetkazib  borishni  maqsad  qilib 
qo‗yadi. Boshqa suv transporti vositalaridan odatda alohida dasturli «programmali) 
tadbirlarni  amalga  oshirishda  foydalaniladi  (masalan,  suv  osti  ekskursiyasi)  yoki 
qo‗shimcha xizmatlar (katerlarda sayohat).    
Havo transporti vositalari tarkibi xilma-xil transport vositalarini qamrab oladi: 
fuqaro 
aviatsiyasidan 
tortib, 
to 
ekzotik 
hisoblangan 
havo 
sharlari, 
deltaplanlargacha.  Turizmda    havo  transportining  qo‗llanilishi  avvalo  aviatsiyada 
yo‗lovchi  tashishdan  foydalanish  sifatida  ko‗rib  chiqiladi.  U  reysli  va  chtarterga 
klassifikatsiyalanadi,  ya‘ni  buyurtmalar  asosida  bajariladi.  Havo  transporti 
nisbatan  juda  qimmatligiga  qaramay,  bu  yuqori  tezligi,  shinam  va  qulayligi  bilan 
turistlarni olis masofalarga tashishda so‗zsiz yetakchi o‗rinni egallaydi. 
Turizmda transport ta‘minoti tizimi quyidagicha farqalanadi: 
turga qo‗shilgan va asosiy  turistik  xizmatlarga  kiruvchi  turistik  tashish: 
turistlarni  doimiy  yashash  joyidan  belgilangan  manzilga  eltib  qo‗yish  (yoki 
yo‗nalish boshlanadigan joyga) va qayta olib kelish
transfer  –  turistlarni  kutib  olish  va  kuzatib  qo‗yish  uchun  transport  vositasi 
taqdim etish; 
tur-safar bo‗yicha dasturlashtirilgan tadbirlarga xizmat  ko‗rsatish:  ekskursion 
xizmat,  dasturdagi  tadbirlarga  borish,  atrofga  tashrif  byurish,  yo‗nalish  bo‗yicha 
ko‗chish. 
Turistlar  sayohatini  ta‘minlash  uchun  korxonaning  trnasport  vositalarini 
tanlashiga  bir  qator  omillar  bog‗liqdir:  safarning  maqsadli  yo‗nalishida  tashish 
uzoqligi,  sayohatchilar  soni,  transport  vositasining  sig‗imi,  safar  dasturi,  harakat 
xavfsizligi, transport vositasining safarbarligi va qulaylik darajasi.  
Transport vositalarini tanlash chog‗ida safarning maqsadli yo‗anlishi katta rol 
o‗ynaydi.  Turistik  sayohat  maqsadiga  bog‗liq  holda  uning  tarkibiga  u  yoki  bu 
transport  xizmatlari  kiritiladi.  Misol  uchun,  Moskvadan  Parijgacha  5  kunlik 


59 
 
ekskursion  guruh  safari  tarkibi  standart  transport  xizmati  ko‗rsatishda 
quyidagilarni o‗z ichiga oladi: turistlarni Moskvadan Parijga eltish va qaytib olib 
kelishi; aeroportdan  mehmonxonagacha guruhni olib borish va jo‗natib yuborish; 
dasturdagi  tadbirlarni  ta‘minlash,  masalan,  shahar  bo‗ylab  ekskursiya  (teploxoda 
sayyor) tashkil etish. 
Transport  vositasini  tanlashga  ta‘sir  etadigan  yana  bir  muhim  omil-bu 
sayohatchilar  soni  hisoblanadi.  Bu  omildan  tez-tez  tashish  tipini  aniqlashda 
foydalaniladi: muntazam yoki namuntazam (ijaraga olingan yoki charter). Turistik 
guruhdagi  sayyohlar  soniga  bog‗liq  holda  safarni  ta‘minlashda  qaysi  transport 
vositasi  zarurligi  ham  aniqlanadi:  samolyotmi,  temiryo‗lmi,  avtobus  yoki  yengil 
avtomobillarmi va boshqalar. 
Safarni  ta‘minlash  uchun  transport  vositasini  tanlashda  yana  bir  hisobga 
olinadigan omil  -  bu transportda tashishning uzoqligidir. Bu  omilni  qarab chiqish 
chog‗ida  odatda  turistlarni  ko‗chirish  shinamligini  ta‘minlash  talablari  ko‗zda 
tutiladi.  Shuning  uchun  qoidaga  ko‗ra  u  butun  safarni  kompleks  transporti 
ta‘minoti bo‗yicha qarab chiqiladi. 
Transport  vositasini  tanlashni  aniqlashda,  shuningdek  safar  dasturlari  ham 
muhim omil hisoblanadi. Qaysikim unga bog‗liq ravishda eng xilma-xil trnasport 
xizmatlari  ko‗zda  tutiladi.  Bular  yuqorida  eslatib  o‗tilganidek  ekskursiyalar, 
turistlarni dasturlarida ko‗zda tutilgan tadbirlarga olib kelish va boshqalar bo‗lishi 
mumkin. Odatda tartibga ko‗ra, guruh turizmida safar dasturini ta‘minlash uchun 
turistik  avtobuslardan  foydalaniladi.  Chunki,  odatda  tadbirlar  dasturlar  butun 
guruhga mo‗ljallangan bo‗lib, safarning belgilangan maqsad joyidan boshqa yerga 
borishi ko‗zda tutilmaydi. 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish