O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/348
Sana16.01.2022
Hajmi5,79 Mb.
#379057
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   348
Bog'liq
O zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o rtа mахsus tа lim vаzirligi u

 
 
 
 
 


238 
 
16
-
MAVZU. Xorijda qishloq turizmini rivojlantirish tajribasi 
 
Reja: 
1.
 
Qishloq turizmi. Jahonda qishloq turizmining shakllanish jarayoni.  
2.
 
Qishloq  turizmini  rivojlantirishning  xalqaro  modellari  va  uni 
O‗zbekiston sharoitida  qo‗llash.  
3.
 
Qishloq turizmini rivojlantirishda Yevropa davlatlarining dasturlari.  
4.
 
Qishloq turizmini rivojlantirish bosqichlari.  
5.
 
Qishloq  turizmini  rivojlantirishda  strategik  rejani  ishlab  chiqish 
yo‗llari. 
 
16.1.Qishloq turizmi. Jahonda qishloq turizmining shakllanish jarayoni 
XX 
–  asrning  ikkinchi  yarmidan  insoniyatning  tarixiy  –  madaniy  boyligi  va 
tabiat  resurslarini  asrab  –  avaylashning  muhimligi  keng  jahonda  e‘tirof  etila 
boshlandi.  Natijada  qishloq  turizmi  jadal  sur‘atlar  bilan  rivojlana  boshlandi. 
Hozirda  esa  odamlarning  (turistlarning)  mahalliy  aholi  bilan  tanishuv    va 
muloqatga  kirishi,  do‗stlashuvi,  qishloq  hayoti  bilan  hamnafas  bo‗lish,  qishloq 
xo‗jalik ishlari bilan shug‗ullanish, qishloq tabiati bag‗rida dam olish, sport bilan 
shug‗ullanish turizmda qishloq turizmining imkoniyatlari katta ekanligini isbotladi.  
So‗ngi  yillarda  esa  qishloq  turizmining  ko‗p  faoliyatligi  natijasida  dunyoda 
uning  ommaviyligini  tobora  oshirib,  kuchaytirib  bormoqda.  Qishloq  turizmini 
ekologik  turizmning  bir  tarmog‗i  deb  talqin  qiluvchilar  ham  o‗zlarini  haq  deb 
bilishadi.  Masalan,  ekologik  turizm  ko‗p  hollarda    tabiat  bag‗rida  joylashgan 
qishloqlarda yuz beradi yoki turistlar turistik infratuzilmalar va turistik xizmatlarni 
ekotur vaqtida qishloq aholisidan sotib olishadi. Jahon ilmiy adabiyotida ekologik 
turizmning nomlanishiga e‘tibor bersak, bu holatni tezda ilg‗ab olamiz: 

 
  yumshoq turizm (Soft Tourismus); 

 
  tog‗ turizmi (Mountain Tourismus); 

 
  tabiat turizmi (Nature Tourismus); 

 
  yovvoyi turizm (Wilderness Tourismus); 


239 
 

 
  yashil turizm (Green Tourismus); 

 
  sarguzasht turizmi (Adventure Tourismus); 

 
  qishloq turizmi (Agro Tourismus); 

 
  ekoturizm (Ecotourismus). 
Qayd qilingan turizmning barcha turlari ham nomlanishi ham albatta tabiat va 
uning  resurslarini  eslatib  turadi.    Qayd  qilingan  talablardan  ma‘lum  bo‗ladiki, 
qishloq turizmi ko‗p faoliyatlari jihatidan ekoturizmdan ancha farq qiladi. Qishloq 
turizmida turistlar qishloq aholisi (fermer, dehqon, cho‗pon) bilan birga yashaydi, 
ko‗p  hollarda  birga  ishlaydi,    ularning  turmush  kechirishi,  hayot  tarzi  bilan 
qiziqadi.  Shu  jihatlardan  ham  qishloq  turizmini  ekoturizmga  qo‗shish  noto‗g‗ri 
xulosalarni keltirib chiqaradi. 
Qishloq  turizmini  rivojlantirishning  nazariy    va  amaliy    asoslarini 
o‗rganishdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: 
1.
 
Qishloq turizmi mehnat resurslarini qo‗shimcha, yangi ish o‗rinlari bilan 
ta‘minlashda katta imkoniyatlarni yaratadi; 
2.
 
Tabiat  va  tabiiy  resurslardan  foydalanishning  yangi  texnologiyalarini 
jalb qiladi; 
3.
 
Qishloq  turizmi  ekologik  toza  oziq  –  ovqat  mahsulotlarini  ishlab 
chiqishni ta‘minlaydi; 
4.
 
Qishloq turizmi tabiat muhofazasida investitsiyalar kirishini axborotlaydi 
va qishloqda xizmatlar servisini takomillashtiradi; 
5.
 
Qishloq  turizmi  qishloqlarda  mahalliy  aholining  ijtimoiy  –  iqtisodiy 
darajalarini o‗stiradi; 
6.
 
Qishloq  turizmi  mahalliy  mahsulotlar,  hunarmandchilikka  keng  yo‗l 
ochadi; 
7.
 
Qishloq  turizmi  tabiatni  muhofaza  qiluvchi  mahalliy  boshqaruvni 
rivojlantiradi va ma‘naviy, moddiy jihatlar bo‗yicha rag‗batlantiradi; 
8.
 
Qishloq  turizmi  xalqlar  o‗rtasida  hamdo‗stlik  aloqalarini  yuzaga 
keltiradi; 


240 
 
9.
 
Qishloq  turizmi  turistik  resurslarni  muhofaza  qiladi,  ta‘mirlaydi  va 
obodonlashtiradi; 
10.
 
 Qishloq turizmi insonlarni ruhiy, jismoniy jihatdan dam oldiradi; 
11.  Qishloq  turizmi  dehqonchilik,  bog‗dorchilik  va  chorvachilikni  o‗rgatadi, 
bu sohalarning mahsulotlaridan manfaatdor bo‗lishni ta‘minlaydi. 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish