Bog'liq O zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o rtа mахsus tа lim vаzirligi u
Muzqaymoq kafesi -hordiq chiqarish uchun eng gavjum joy. Hamma oilalar
ham restoran yoki barga boravermaydi, chunki u joylar yoshi jihatidan katta
toifadagilarga mo‗ljallangan, narx-navosi ham yuqori. Muzqaymoq kafelari esa
hammabop, butun oila a‘zolari bilan kelib muzqaymoq iste‘mol qilish va dam olish
mumkin. Muzqaymoq tayyorlash jarayoni ham o‗ziga xos. Muzqaymoq kafesi
uchun uncha katta maydon talab qilinmaydi.
Muzqaymoq kafelari savdo zalida: past haroratli vitrinada muzqaymoq
assortimenti namunalari qo‗yiladi. Mebel bo‗ladi, choy va kofe qaynatadigan
138
anjomlar yordamida mijozlarga issiq choy, kofe tayyorlanadi. Bundan tashqari,
muzqaymoq kafesida har xil pishiriqlar, qandolat mahsulotlarini ham harid qilish
mumkin.