tutilishi mumkin
.
Nonushta masalasida eng Yaxshisi shundaki, turist mehmonxonadan
tashqariga chiqmasligi kerak, garchi ovqatlanish joylari nazarda tutilmagan,
turistlarga esa yaqinroqda joylashgan restoranda ovqatlanish mumkinligi tavsiya
qilingan joylashtirish vositalari ham mavjud bo‗lsada. Bunday hollarda
joylashtirish xizmatining narxi keskin pasayib ketadi.
Ovqatlantirishni tashkil etish turistning sog‗ligini ham hisobga olgan bo‗lishi
kerak. Noto‗g‗ri ovqatlanish, yomon tayyorlangan ovqat zaharlanishga olib kelishi
mumkin. Masalan, 40% gacha turistlar Misr va Hindistonga borganlarida
diareyadan aziyat chekadilar. Ayniqsa, ko‗chadagi mayda sotuvchilar qo‗lidagi suv
122
va ovqat shuningdek, restoranlardagi sifatsiz taomlar xavflidir. Ayrim toifadagi
turistlar ruhida diniy belgilar bo‗yicha umumiy qabul qilgan cheklanishlar
(cho‗chqa go‗shtini iste‘mol qilmaslik, ro‗za tutish), vegetarianlarni o‗ziga xos
talablari, bolalar ovqati talablarini ham hisobga olish kerak. Ovqatlanishga bo‗lgan
bunday talablarning o‗ziga xosligini turistlar tur sotib olayotganlarida ko‗rsatishlari
kerak.
Restoran xo‗jaliklarida chet ellik turistlarini qabul qilish muhim ahamiyatga
egadir. Chunki chet ellik turistlarga odatda ovqat yeyishni tashkil qilish alohida
zallarda yoki umumiy zalning chegaralangan qismida amalga oshirilib ularga
xizmat ko‗rsatish juda ham e‘tibor va did bilan tayyorlangan joylarda bo‗lishi
kerak. Turistlarni restoran hududida ovqatlanish jarayoni restoran binosidagi savdo
zallari va qo‗shimcha yordamchi xonalarni tartibga keltirish, stol va stullarni qabul
qilingan tartibda qo‗yish, idish-tovoq olish, stollarga dasturxonni yoyish, tushlik
stollarini va ofitsiantlarni ishga tayyorlash jarayonlari kiradi. Restoran ishni tashkil
qilish uning binosini ichki va tashqi ko‗rinishini go‗zal bo‗lishi va restoran
ochilishiga qadar tayyor bo‗lishi kerak.
Shuningdek, turistlarni turli xildagi servislardan foydalanishi uchun
imkoniyatni yaratib qo‗yish kerak. Turistlarni qabul qilish va ularga sifatli xizmat
ko‗rsatish maqsadida xodimlar restoran korxonasidagi mebellarni joylanishiga ham
e‘tibor qaratish kerak, stollarni to‗g‗ri chiziq yoki shaxmat tartibida o‗rnatish,
o‗rtalaridan bemalol yura oladigan bo‗lishi, shuningdek, boshqa jihozlarni ham
turistlarni hohish irodasi, qaysi yurtdan kelayotganini va hokazolarni hisobga olgan
holda ta‘min etish kerak.
Xalqaro turistlarni ovqatlantirish turizm faoliyatida turistlar uchun xizmat
ko‗rsatishning muhim qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham turistlar uchun
xizmat ko‗rsatish turi ikki qismdan iborat: birinchisi - oshxona va boshqa oziq-
ovqatlarni
sifati
va
assortimenti,
ikkinchisi-oziq-ovqat
va
xizmatlarni
iste‘molchilarga sotishda sifat jarayonini takomillashtirishdir. Sifat va assortiment
umumiy ovqatlantirish korxonalarining turiga va uni turli kategoriyalariga
qaramasdan barcha uchun bir xil ahamiyatga egadir.
123
Oziq-ovqat va xizmatlarni turistlarga sotish va iste‘molchilarni talablarini
qondirish shartlaridan biri bu o‗z vaqtida mahsulotlarni sotish va barcha talab
qilingan
xizmatlarni
qondirishdan
iboratdir.
Masalan:
korxonada
yoki
mehmonxonalarda tez xizmat ko‗rsatish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗lib,
bularga buyurtma qilingan taomning stolga berilishi tezligi va mijozning o‗zini-
o‗ziga xizmat qilishi kiradi.
Restoranlarda esa xizmat qilish sifati mehnat turlari ya‘ni xodimlarni qaysi
xizmat bilan shug‗ullanishga bog‗liq bo‗ladi. Bularga ma‘muriy xizmat,
ofitsiantlar, garderobdagilar va boshqalar shu xizmat ko‗rsatuvchilar qatoriga
kiradi. Ovqatlanish sohasida taom va ichimliklarni o‗rnatilgan sertifikatsiya va
standartlar asosida va belgilangan narxlarda iste‘molchilarga yetkazish asosiy
talablardan biridir.
Ovqatlantirish xizmatidagi asosiy sohalar
21
Ovqat va ichimlik sotuvi hajmi. 2009
Sotuvlar (mlrd dollarda)
Umumiy foizi
Ovqatlanish joylari
377,9
66,8
Barlar va tavernalar
17,1
3,0
Turar
joylardagi
ovqatlantirish xizmatlari
27,9
4,9
Bajariladigan xizmatlar
40,1
7,1
Boshqa tijoratlar
52,9
9,3
Ovqatlantirish xizmatiga
egalik
qiluvchi
tashkilotlar
47,8
8,4
Harbiy
2,1
0,4
Umumiy
565,9
100 %
Pul mablag`lari va foiz ko`rsatkichlari Milliy restoranlar uyushmasi
tomonidan 2009-yil anqilangan hisoblarga asoslangan.
21
Manba: Shiksha Kendra, Preet Vihar. Tourism concepts and practices. Students Handbook class-XI. First edition,
2013 CBSE, India.
124
Jadvalda segment orqali aniqlab o`tilgan bozorning nisbiy ulushlari yildan-
yilga anchagina barqarorlashishga moyil.Barqaror bo`lib ko`rinishiga qaramasdan
muhim rivojlanish jarayonlar joylari har bir guruh ichida yuzaga kelayapti.Aslida
esa ushbu sanoat chigal o`zgarishlar markazida hisoblanadi.Garchi 2008 va 2009
yillar orasida ovqatlanish xizmati sotuvlari hajmi umumiy hisobda 2,5 % ga
oshgan bo`lsada,ba‘zi bir sohalarda haqiqatan ham pasayish ro`y bergan.Ishchilar
ovqatlanish xizmati segmenti sohasida sezilarli darajada pasayish kuzatilgan va bu
xizmat ko`rsatuvchi kompaniyalarning ovqatlanish xizmatini kirish biznesining
natijasidir.Shuning bilan birgalikda ovqatlanish xizmatini o`zlari boshqarishga
soslangan o`rta ta‘lim maktablari,kollejlar va universitetlarda ham pasayish
kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |