O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Investitsiya loyihalari bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilish



Download 5,72 Mb.
bet272/307
Sana28.01.2023
Hajmi5,72 Mb.
#904151
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism.

32.3. Investitsiya loyihalari bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilish


Investitsiya faoliyati korxona tomonidan investitsiya resurslarini (pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, aqliy salohiyat, kredit, yer va boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlari kabi) iqtisodiyot sohalariga daromad (foyda) olishni yoki ijtimoiy samaraga erishishni maqsad qilib joylashtirilish jarayonini o‘zida ifoda etadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar yo‘naltiriladigan sohaga ko‘ra ishlab chiqarish va moliyaviy investitsiyalarga bo‘linishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ishlab chiqarish (real) investitsiyasi korxona faoliyatining muayyan sohasi va turiga, real kapital o‘sishiga ya’ni ishlab chiqarish vositalari, aylanma mablag‘lar qiymatini o‘sishiga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmala­rini rivojlantirishga asosiy omil bo‘luvchi xarajatlardir.
Moliyaviy (portfelli) investitsiyalar esa qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy qo‘yilmalarga qilingan xarajatlarni ifodalaydi. Bu xarajatlar bevosita moddiy kapitalni ko‘paytira olmaydi, ammo korxonaga qo‘shimcha foyda keltiradi. Qo‘shimcha foyda tarkibiga qimmatli qog‘ozlar kursining vaqtga qarab ijobiy o‘zgarishi yoki ijobiy valyuta tafovuti kiritiladi.
Investitsiya pul mablag‘larini biror-bir faoliyat turiga ma’lum muddatga sarflanishiga qarab, uzoq (1 yildan ortiq) va qisqa muddatli (1 yilgacha) investitsiyalarga bo‘linadi.
Investitsiya xarajatlari faqat kelgusida daromad keltirganligi bois investitsiya faoliyati korxonalar uchun murakkab hisoblanadi. Shu sababli, korxonalar oqilona investitsiya qarorlari qabul qilish uchun dastlab taklif etilayotgan loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholashlari hamda ularning ko‘p mablag‘ talab qiladigan tomonlari haqida aniq ma’lumot olishga harakat qilishlari lozim.
Investitsiya loyihasi aniq, puxta o‘ylangan g‘oyaga, maqsadga ega bo‘lgan (shu jumladan kapital qurilish ham), uni amalga oshirish uchun investitsiya qo‘yilishini talab qiladigan xarajat dasturidir.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ikkita sharti mavjud: loyihaga ma’lum miqdorda mablag‘lar sarflash zaruriyati, mablag‘larni sarflash va qoplash (foyda olish) o‘rtasida muayyan vaqt mavjudligi.
Investitsiya loyihalarini yaratish va uni amalga oshirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  • investitsiya g‘oyalarining shakllanishi ya’ni g‘oyani tanlash va dastlabki asoslash, ekologik nuqtai-nazardan bir qarorga kelish, uni amalga oshirish davomida qo‘yiladigan talablarga javob berish;

  • investitsiya imkoniyatlarini izlash ya’ni ishlab chiqariladigan mahsulotga yoki xizmat turiga bo‘ladigan talabni o‘rganish loyiha ishtirokchilari tarkibi bo‘yicha takliflar, loyihaning qiymati va uning samarasini aniqlash;

  • loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi;

  • shartnomaga oid hujjatlarni tayyorlash;

  • tender savdolariga tayyorgarlik;

  • salohiyatli investorlar bilan muloqotlar;

  • loyiha hujjatlarini tayyorlash;

  • nostandart texnologik jihozlarni tayyorlovchi va yetkazib beruvchilarni aniqlash;

  • qurilish-montaj ishlari;

  • ob’ektni ishlab chiqarishda tajribadan o‘tkazish, iqtisodiy ko‘rsatkichlar monitoringi va ob’ektni loyiha quvvatiga yetkazish.

Investitsiya loyihalarni amaliyotga tadbiq qilish jarayoni ikkita bosqichga ajratiladi:

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish