1500000 x 0,83 = 1245000 so’m
2. Mahsulotni zararsiz narxini belgilaymiz.
100 x 0,83 = 83 so’m
3. Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan o‘zgaruvchan xarajatlarni aniqlaymiz.
60 x 0,83 = 49,8 so’m
4. Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan marjinal daromad summasini aniqlaymiz.
40 x 0,83 = 33,2 so’m
SVR - tahlil tizimi hisob-kitoblarni soddalashtiradi va ularning mehnat talabliligini kamaytiradi, shuningdek, qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirishga imkon beradi.
SVR - tahlili amaliyotda goho zararsizlik nuqtasi tahlili deb ham yuritiladi.
Zararsizlik nuqtasi (rentabellik chegarasi) deganda, korxona ishlab chiqarishining shunday hajmi va tushumi tushuniladiki, bunda barcha xarajatlar qoplanishi va dastlabki foyda olinishi ta’minlanadi ya’ni mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olinadigan tushum uning barcha xarajatlari yig‘indisiga teng bo‘ladi. Bu sotishlarning shunday hajmiki, unda korxona foyda ham, zarar ham ko‘rmaydi.
Mazkur nuqta “Xatarli”, “O‘lik” yoki “Muvozanat” nuqtasi deyiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu nuqtani VYeR (“Break-even point” - qisqartmasi) sifatida belgilanadi va u rentabellik nuqtasi yoki ostonasi deb ataladi.
Boshqaruv hisobida zararsizlik nuqtasini hisoblash usullari
Zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi)ni hisoblash grafik, tenglamalar va marjinal daromad kabi usullar yordamida amalga oshiriladi.
Grafik usulda zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi)ni topish “Xarajatlar - mahsulot hajmi - foyda” yaxlit grafigini tuzish imkonini beradi (32.3-rasm).
32.3-rasm. Zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi)ni aniqlash tartibi
Keltirilgan rasmdagi zararsizlik nuqtasiga mos keluvchi tushum ostonaviy tushum deb ataladi. Zararsizlik nuqtasidagi ishlab chiqarish (sotish) hajmi ishlab chiqarish (sotishlar)ning ostonaviy hajmi deb ataladi. Agar korxona sotishlarning ostonaviy hajmidan kam mahsulot sotsa, u zarar ko‘radi, ko‘p sotsa foyda oladi.
Shuni ta’kidlash zarurki, ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasi va yalpi foyda rasmsini tasvirlashda turli darajadagi ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash muammosi paydo bo‘ladi. Zararsizlik nuqtasi rasmsi bo‘yicha foyda va zararlar o‘rtasidagi oqilona nisbatni aniqlash uchun jami xarajatlar va daromadlar chiziqlari orasidagi masofa aniqlanadi. Bunda foydaning oshishiga mahsulot hajmini o‘zgarishi ta’sirini aniqlashda qulay usullardan biri foyda va mahsulot hajmi rasmsi hisoblanadi (32.4-rasm).
32.4-rasm. Foyda va mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlik
Keltirilgan rasmdan ko‘rinib turibdiki, gorizontal o‘q ishlab chiqarish va sotish hajmini, vertikal o‘q esa hisobot davridagi foyda va zararlarni aks ettirgan. Agar sotish hajmi nolga teng bo‘lsa, unda maksimal zararlar doimiy xarajatlar summasiga teng bo‘lishi shart, chunki korxonaning zararlari uning doimiy xarajatlari summasidan oshib ketmasligi lozim.
Har bir birlik mahsulot sotilganda, doimiy xarajatlardan yuqori 10000 so‘mlik yalpi foydaga erishiladi, chunki foyda va zararlarning intervali 10000 so‘mdan qilib belgilangan, natijada sotish hajmi 6000 donaga yetganda yalpi foyda doimiy xarajatlar yig‘indisiga tenglashadi.
Bunda har bir 6000 donadan yuqori sotilgan mahsulot uchun 10000 so‘mdan qo‘shimcha foyda olinadi. Demak, sotish hajmi 10000 dona bo‘lganda foyda summasi 400000000 so‘mni (40000 so‘m x 10000 dona) tashkil etadi. Sotish hajmi va foyda o‘rtasidagi bu nisbat rasmda punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan.
Boshqaruv hisobida ishlab chiqarish hajmi (quvvati) mashina va uskunalarning bo‘sh turib qolishi, ularni ta’mirlash vaqti, ishdagi tanaffuslar va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘lib, u optimal yoki real imkoniyat darajasiga ega bo‘ladi. Optimal imkoniyat - mashina va jihozlarning bo‘sh turmasdan yuqori unum bilan ishlash darajasi hisoblanadi. Real imkoniyat esa - mashina va jihozlarning o‘rtacha (normal) quvvat bilan ishlashi mumkin bo‘lgan imkoniyatidir. Demak, optimal imkoniyatdan real imkoniyatni chegirib tashlasak, ishlab chiqarish quvvati kelib chiqadi, bu amaliyotda nazariy quvvat (imkoniyat) deb ham ataladi.
Shu o‘rinda, ishlab chiqarish hajmi bilan o‘zgaruvchan xarajatlar o‘rtasida o‘zaro chiziqli bog‘lanish mavjudligini ham ta’kidlab o‘tish lozim ya’ni koordinata tekisligida xarajatlar va mahsulot birligi ma’lum nuqtalarda kesishadi. Biroq, hamma o‘zgaruvchan xarajatlar ham ishlab chiqarish quvvati bilan to‘g‘ri chiziqli bog‘lanishda bo‘lmaydi. Shu sababli, ularni rejalashtirish, tahlil qilish va ulardan boshqaruv qarorlari qabul qilishda foydalanish imkoniyati mavjud emas. Chiziqsiz bog‘langan xarajatlarni shartli ravishda chiziqli bog‘lanishga moslashtirish maqsadida «chiziqli aproksimatsiya» usulidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |