Bog'liq 9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism.
Natural birlik (raketa)
Asosiy materiallar
Qo’shilgan xarajat
1-yil oktyabrda tugallanmagan ishlab chiqarisha
20
460000 sh.b.
120 000 sh.b.
1-yil oktyabrda ishlab chiqarishga kiritilgan
80
1-yil oktyabrda ishlab chiqarish tugallangan
90
31 oktyabrga tugallanmagan ishlab chiqarishb
10
1-yil oktyabridagi xarajatlar
2 000 000 sh.b.
935 000 sh.b
Tugallanish darajasi:
a Asosiy materiallar bo’yicha? %; qo’shilgan xarajatlar bo’yicha 60 %
Tugallanish darajasi:
b Asosiy materiallar bo’yicha? %; qo’shilgan xarajatlar bo’yicha 70 %
Talab qilinadi:
1. Yig’uv tsexida xarajatlarning har bir elementi bo’yicha ekvivalent birliklarini hisoblang. Natural birliklarni jadvalning 1-ustunida ko’rsating.
2. Xarajatlarning har bir elementi bo’yicha ekvivalent birlikka xarajatni hisoblang
3. Yig’uv tsexning oktyabridagi umumiy xarajatlarini jamlang va bu xarajatlarni tugallangan (ishlab chiqarish jarayonida o’tgan) birliklariga va davr oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish birliklariga taqsimlang.
8-7. (topshiriqning davomi 8-6). Talab qilinadi: 1-yil oktyabridagi barcha operatsiyalar bo’yicha yig’uv tsexidagi tugallanmagan ishlab chiqarishga ta’sir qiladigan umumlashtirilgan jurnal provodkalarini tayyorlang. Yig’uv tsexidagi tugallanmagan ishlab chiqarish T-schetini tuzing va tarqatib chiqing.
8-8. Margaret Meydjer «Lezer Syuts» kompaniyasining korporativ moliya direktorii. «Lezer Syuts»ning dunyoda kostyum tikadigan 20 ta fabrikasi bor. Barcha fabrikalarda xarajatlarni jarayon bo’yicha kalkulyatsiyalash tizimidan foydalaniladi. Har oyning oxirida barcha fabrikalarning menejerlari ishlab chiqarish hisobotini va ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risida hisobotni topshiradilar. Ishlab chiqarish hisobida menejerlarning asosiy materiallar bo’yicha tugallanish foiziga bahosi va davr oxirida tugallanmagan ishlab chiqarishda qo’shilgan xarajatlar foiziga bahosi ko’rsatiladi. Meydjer bu baholangan ma’lumotlardan har bir fabrikada qilingan ishlar bo’yicha ekvivalent birliklarni hisoblash hamda mahsulot birligiga har oyda asosiy materiallar bo’yicha, ham qo’shilgan xarajatlar bo’yicha xarajatlarni hisoblash uchun foydalanadi. Fabrikalar (a) asosiy materiallar bo’yicha ekvivalent birlikka xarajatlar asosida va (v) qo’shilgan xarajatlar bo’yicha ekvivalent birlikka xarajatlar asosida 1 dan 20 gacha tutgan o’rni belgilanadi. Meydjer har oyda hisobot e’lon qiladi va uni «Lezer Syuts»da samaradorlik o’sishining qiyosiy bahosi deb ataydi. Har bir toifada dastlabki uch o’rinni egallagan fabrikalar mukofot oladi va kompaniya byulletenida ular o’z toifasidagi eng yaxshi fabrika sifatida ko’rsatiladi.60 Meydjer qiyosiy baho dasturining muvaffaqiyatidan mamnun edi. Lekin, tashvishli yangiliklarni eshitdi. U imzosiz bir necha xat oldi, ularda ikki fabrikaning menejerlari o’z toifasida 1-o’rinni olish uchun har oydagi tugallanish foizini buzib ko’rsatgani aytilgan edi.
Talab qilinadi:
1. Fabrika menejerlari qanday qilib va nima uchun o’zlarining har oydagi tugallanish foiziga baholarni buzib ko’rsatishgan?
2. Meydjer dastlab barcha fabrikalarning bosh buxgalterlari bilan bog’lanib imzosiz xatlarda aytilgan muammoni muhokama qilmoqchi bo’ldi. Bu yaxshi g’oyami.
3. Bosh buxgalterdan birinchi navbatda menejerlar oldida hisob berishini tasavvur qilish, shu bilan bir vaqtda topshiriqlarning 2-bandida aytilganidek, har bir bosh buxgalterga Meydjer qo’ng’iroq qilgan bo’lsin. Fabrika bosh buxgalterining har bir fabrika «samaradorlikning qiyosiy bahosi» uchun taqdim etadigan ekvivalent birliklar to’g’risidagi axborot uchun. (a) Margaret Meydjer oldidagi, «Lezer Syuts» kompaniyasi oldidagi ahloqiy ma’suliyati qanday?
4. Ayrim fabrikalarnining menejerlari ekvivalent birliklarga doir noto’g’ri raqamlarni taqdim etayotganini Meydjer qanday tekshirishi mumkin.
8-9. Kir yuvish vositasi 3 xil muddatda tayyorlanadi. 1-dekabrgacha ish qilinmagan. Dekabr oyida ishlab chiqarish quyidagi miqdorda moddalar berilgan:
A - 2000 kg, har kg 0.8 sh.b.;
V - 3000 kg, har kg 0.5 sh.b. ;
S - 6000 kg, har kg 0.4 sh.b..
Bundan tashqari ishlab chiqarish uchun 941 odam-soat sarflandi, va unga har soatiga 4 sh.b. bo’yicha haq to’landi. Ustama sarflar mehnat xarajati qiymatining 50 % ni tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish jarayonida nobudgarchilik bo’lmagan. Ishlab chiqarilgan mahsulot 8 600 kilogrammni tashkil qiladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i qo’yidagicha baholangan:
- materiallar bilan to’la butlangan;
- buyumlarning 1/4 qismi mehnat sarflari va ustama sarflari bilan 60% tugallangan; -3/4 – 25%
Talab qilinadi:
Tayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxini hisoblang.
8-10 a. Korxona A va V jarayon davomida mahsulot ishlab chiqaradi.