O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Haqiqiy va me’yoriy kalkulyatsiyalash usullaridagi farqlar



Download 5,72 Mb.
bet230/307
Sana28.01.2023
Hajmi5,72 Mb.
#904151
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism.

27.3. Haqiqiy va me’yoriy kalkulyatsiyalash usullaridagi farqlar


Haqiqiy kalkulyatsiyalashda haqiqiy xarajatlar: bevosita materiallar, bevosita mehnat va ishlab chiqarish ustama sarflaridan foydalaniladi.
Me’yoriy kalkulyatsiyalashda haqiqiy xarajatlar: bevosita materiallar, bevosita mehnatdan foydalaniladi, ishlab chiqarish ustama sarflari esa ustama sarflar baza mezonining haqiqiy miqdoriga ko’paytirilib, ustama sarflarni taqsimlashning reja stavkasidan foydalanib, buyurtmalarga o’tkaziladi.49




Materiallarni xarid qilish va foydalanish







(1)

Materiallar

25 000







To’lash uchun schetlar




25 000




Bir oy davomida xarid qilingan materiallarni yozish uchun













(2)

Tugallanmagan ishlab chiqarish

20 000







Materiallar




20 000




Ishlab chiqarishda foydalanilgan asosiy materiallarni yozish uchun













(3)

Ishlab chiqarish ustama sarflari

3 000







Materiallar




3 000




Ishlab chiqarishda yordamchi materiallardan foydalanishni yozish uchun
















Mehnat sarfi







(4)

Tugallanmagan ishlab chiqarish

70 000







Hisoblangan ish haqi




70 000




Bevosita mehnat sarfini yozish uchun



















(5)

Ishlab chiqarish ustama sarflari

2 500







Hisoblangan ish haqi




2 500




Bilvosita mehnat sarfini yozish uchun






















Haqiqiy va taqsimlangan ustama sarflar




(6)

Ishlab chiqarish ustama sarflari

5 500







To’lanadigan schetlar




1 000




To’langan amortizatsiya – zavodniki




4 000




To’langan sug’urta bo’nagi




500




Haqiqiy ustama sarflarni yozish uchun







Kompaniya normal kalkulyatsiyalashdan foydalanadi va ustama sarflarning rejadagi 0,5 sh.b./mehn-soat stavkasidan foydalanishdi. Jami 21 000 mehn-soat ishlangan. Jami 10 500 sh.b. (21 000 x 0,5) taqsimlangan.

(7)

Tugallanmagan ishlab chiqarish

10 500







Taqsimlangan ustama sarflar




10500




Ustama sarflar taqsimlanishini yozish uchun






















Buyurtmaning tugallanishi







(8)

Tayyor mahsulot

80 000







Tugallanmagan ishlab chiqarish




80 000




Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini yozish uchun






Taqsimlanmagan (ortiqcha o’tkazilgan) ustama sarflarni hisobdan chiqarish.


Haqiqiy ustama sarflar ((3), (5), (6)provodkalari)




Bilvosita materiallar

3 000

Bilvosita mehnat

2 500

Boshqalar

5 500

Jami

11 000

Taqsimlangan ustama sarflar

10 500

Taqsimlanmagan ustama sarflar

500

Kompaniya taqsimlanmagan (ortiqchasi bilan o’tkazilgan) ustama sarflarni sotilgan mahsulot tannarxiga kiritadi.

(9)

Sotilgan mahsulot tannarxi

500







Ishlab chiqarish ustama sarflari




500


27.4. Tugallanmagan kontraktlar bo’yicha foydani aniqlash .

Uzoq muddatli kontrakt-odatda muddati bir yildan ortiq kontraktdir. Kontraktlar bo’yicha jurnal pravodkalari. Kontrakt tannarxini kalkulyatsiya qilish jarayonida har bir kontrakt kalkulyatsiya qilinayotgan mahsulotning alohida birligi hisoblanadi va shuning uchun har bir kontrakt bo’yicha harajatlar buxgalteriya bosh daftarida alohida schyotda to’planadi. Xarajatlarning turli elementlari quyidagilar bilan bog’liq:50


Asosiy materiallar:
Kontraktga kiritiladigan materiallar maxsus sotib olingan materiallardan hamda pudratchi omboridagi materiallardan iborat bo’lishi mumkin. Bunda tegishli xarajatlar kontrakt schetining debetiga yoziladi.
Ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi:
Kontrakt hisobiga o’tkaziladigan mehnat harajatlari rejalar va xujjatlarni tuzish bilan bog’liq ofis ishlari (jumladan aniq ishchilar maoshi va ish vaqti hisobi), bevosita zavodda (korxonada)gi ishlab chiqarish operatsiyalari va qurilish uchastkasidagi ishlarni o’z ichiga olishi mumkin. Qurilish joyidagi kontrakt bo’yicha barcha ishlarga bevosita mehnat sifatida qaraladi. Quruvchilarning turli uchastkalardagi ish vaqtini hisoblash ish vaqtini hisobga olish tabeli orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunday mehnat bo’yicha barcha xarajatlar kontrakt hisobiga kiritiladi.

Bevosita xarajatlar- Materiallar va mexnatdan tashqari kontrakt bo’yicha bevosita xarajatlar borki, ularning ahamiyati katta. Bu toifaga ikki asosiy modda, ya’ni ishlab chiqarish qurilmalari va subpudrat bo’yicha ishlar kiradi.

Ishlab chiqarish qurilmalari- Ishlab chiqarish qurilmalari va uskunalar kontrakt uchun maxsus sotib olingan bo’lishi mumkin. Bunday holatda kontrakt schyoti sotib olingan uskunalarning tannarxi bo’yicha debetlanadi. Yoki ishlab chiqarish uskunalari boshqa kontraktlarga berilishi mumkin. Bu holda qisman hisobdan chiqarilgan qiymatga ega bo’lamiz va bu qiymatga kontrakt schetimiz debetlanib, qaysi kontrakt schetidan chiqarilsa, shu schet kreditlanadi. Har bir hisobot davrining oxirida mulk hisobidagi ishlab chiqarish qurilmalarining qoldiq qiymati, miqdori kontrakt schetida kredit provodkasi sifatida bo’ladi, ya’ni qoldiq kelgusi davrning boshlanishiga o’tkaziladi. Buxgalteriya provodkalarining sof natijasi shundan iboratki, ishlab chiqarish qurilmalarining amortizatsiyasi avtomat ravishda kontrakt schetiga kirim qilinadi. Ishlab chiqarish qurilmalari ma’lum kontrakt bo’yicha foydalanish uchun ijaraga olinishi mumkin. Kompaniya ushbu ishlab chiqarish qurilmalariga egalik qilmagani uchun ijara bo’yicha sarflarga yagona jurnal provodkasi beradi va bu sarflarga kontrakt scheti debetlanadi.

Subpudrat bo’yicha ishlar. Konrakt katta bo’lsa yoki ishning ma’lum jihatlari bo’yicha mutaxassislarning faoliyati bilan bog’liq kontrakt bo’lsa, kompaniya subpudratchilarni jalb qilishi mumkin. Subpudratchi bajargan har qanday ishning tannarxi kontraktning bevosita xarajatlari hisoblanadi va kontrakt schetini debetida hisobga olinadi.

Bilvosita xarajatlar- Ko’p pudratchilar o’z xarajatlarini alohida kontraktlarga taqsimlashga urinmaydi, chunki ko’pincha ular bevosita xarajatlarga nisbatan qiymati juda oz bo’ladi. Shunga qaramay, bunday bilvosita xarajatlar ayrim kontraktlarga taqsimlansa, u holda kontrakt schetiga ancha miqdorda summa kirim qilingan bo’lar edi.

Ekspert xulosasi va ushlab qolinadigan summa51- Har bir kontraktning qiymati ijrochi va mijoz o’rtasida kelishiladi va u kontrakt qiymati deb yuritiladi. Kontarkt juda katta bo’lib, ishlar ko’p oyga, hatto yillarga cho’ziladigan bo’lsa, pudratchi o’z mijozidan kontrakt qiymatiga muvofiq oraliq to’lovlarini olishni kutadi. Bunday to’lovlar o’sha paytgacha kontrakt bo’yicha bajarilgan ishlarning hajmiga muvofiq bo’ladi. To’lovlar tartibi quyidagicha:

Ekspert xulosasi- Kontrakt bo’yicha ishlar bajarilishiga qarab, buyurtmachining eksperti xulosa beradi, unda kontrakt qiymatining ijrochi bajargan ish hajmiga mutanosib to’lanishi mumkin bo’lgan qismi ko’rsatiladi. Ko’p hollarda ijrochi bunday bosqichda oraliq to’lovi miqdoriga schet-faktura beradi.

Ushlab qolinadigan summa-Kontarktni bajarish davrida ijrochi odatda qiymatning ekspert xulosasida aniqlangan qismini oladi. Buyurtmachi ushlab qoladigan summa «Ushlab qolinadigan pul miqdori» sifatida ma’lum. Bu summa ijrochiga kontrakt tugallanib, har qanday nuqsonlar to’g’irlangandan so’ng beriladi.

Tugallangan kontrakt bo’yicha tushuntiriladigan foyda- Kontrakt uzoq muddatga mo’ljallangan bo’lsa, ijrochi o’z hisobotlarida kontrakt bo’yicha foydani ko’rsatishiga yo’l qo’yiladi. Ishning tugallanish foizi usuli bir necha yil davomida foyda olinmay, birdaniga kontrakt tugallangan yilda foyda paydo bo’ladigan noizchillikdan qutilishga imkon beradi. Tugallanmagan kontraktda foydaning qanday miqdorini tan olish mumkinligi to’g’risida qaror qabul qilish chog’ida quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim:52


  1. Oraliq foydani tan olishdan avval kontrakt muvaffaqiyatli chiqishi aniq bo’lishi lozim.

  2. Har qanday foyda ushbu sanada kontrakt bo’yicha bajarilgan ishlarga mutanosib olinishi kerak.

  3. Kontrakt bo’yicha kutilayotgan umumiy yo’qotishlar miqdoriga nisbatan mumkin qadar tez chora ko’rish zarur.
Oraliq foydani hisoblash- Tugallanmagan loyiha bo’yicha foydani hisoblash besh qadamdan iborat:

1-qadam.
Kontraktni amalga oshirishning umumiy qiymatini aniqlang (narxi qayd etilgan kontrakt uchun kontrakt qiymati umumiy qiymat hisoblanadi).
Bu qadamni (a) deb ataymiz.
2-qadam. Kontraktni bajarish davomida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan xarajatlarning umumiy miqdorini hisoblang. Bu bandni (b) deb ataymiz, u ikki elementdan iborat:
1.Shu sanaga qadar qilingan qayd etilgan xarajatlar, plyus qo’shiladi
2.Kontraktni bajarish uchun kelgusida zarur bo’ladigan taxminiy xarajatlar.
3-qadam. Kontrakt bo’yicha nazarda tutilgan taxminiy foyda (a)dan (b)ni ayirib tashlash bilan aniqlanadi.
4-qadam. Shu sanada tushuntiriladigan foyda shu vaqtda bajarilgan ish hajmini aks ettirishi lozim. Bu quyidagicha hisoblanadi:


Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish