19.1-jadval.
9300-«Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» hisobvarag‘i bo‘yicha hisobvaraqlar korrespondensiyasi
№
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Hisobvaraqlar korrespondensiyasi
|
debet
|
kredit
|
1.
|
Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foydaning aks ettirilishi
|
9210
|
9310
|
2.
|
Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foydaning aks ettirilishi
|
9220
|
9320
|
3.
|
Shartnoma shartlarini buzganligi uchun undirilgan boqimanda, jarima va burdsizliklarning aks ettirilishi
|
4860
|
9330
|
4.
|
Xaridorlarga oldingi yillarda jo‘natilgan mahsulot bo‘yicha qaytadan hisoblash natijasida hisobot yilida olingan foydaning aks ettirilishi
|
4010
|
9340
|
5.
|
Operativ ijara shartnomasi bo‘yicha ijara to‘lovlari summasi
|
4820
|
9350
|
6.
|
Da’vo muddati o‘tgan kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan foydaning aks ettirilishi
|
6910-
6990
6720
|
9360
|
7.
|
Kamomadlar bo‘yicha baholardagi farqlar moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borildi
|
4730
|
9370
|
8.
|
Qaytarilmaydigan pul mablag‘larining kirim qilinishi
|
5110-
5120
|
9380
|
9
|
Inventarizatsiya natijasida tovarlar va tayyor mahsulotlarning ortiqchaligi aniqlanishi va kirim qilinishi
|
2810-2890, 2910-2990
|
9390
|
10
|
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardagi, umumishlab chiqarish omborlaridagi materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarishning ortiqchalari kirim qilindi
|
2010, 2310, 2510, 2710
|
9390
|
11
|
Mulkiy sug‘urta organlari tomonidan sug‘urta to‘lovlarining tushishi
|
4510
|
9390
|
12
|
Tekinga olingan pul mablag‘lari
|
5110-5530
|
9380
|
13
|
Tugallanmagan qurilishdagi ortiqchalar
|
0810-0890
|
9390
|
14
|
Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan talab qilinmagan bo‘nak summalarining hisobdan chiqarilishi
|
6310-6390
|
9390
|
15
|
Hisobot davri oxirida asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarning yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazilishi
|
9310,
9320,
9330,
9340,
9350,
9360,
9370,
9380,
9390
|
9900
|
Korxonalarda mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foydadan tashqari asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar ham bo‘lishi mumkin. Bunday daromadlar kelib tushish manbalariga qarab quyidagi: 9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishdan foyda», 9320 «Boshqa aktivlarnining chiqib ketishdan foyda», 9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar», 9340-«O‘tgan yillar foydalari», 9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar», 9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar», 9370-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari», 9380 «Tekin moliyaviy yordam», 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schetlarda hisobga olinadi. Bular tranzit schetlar bo‘lib, passiv schetlarga mansub.
Yuqoridagi schetlarning kredit oboroti tegishli manbalar hisobidan foyda (daromad) ning ko‘payishi, debet oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko‘rsatadi va hisobot davri boshiga qoldig‘i qolmaydi. Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarning shakllanishi milliy standar bilan tartibga keltiriladi.22
9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schetida asosiy vositalarni sotish va boshqa ko‘rinishdagi hisobdan chiqarishlardan olingan foyda hisobga olinadi. Bu vaqtda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi», Kt 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» scheti.
9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schetida nomoddiy aktivlar, qimmatli qog‘ozlar va shunga o‘xshagan boshqa aktivlarni sotishdan olingan foyda summasi quyidagi rasmiylashtiriladi: Dt 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi», Kt 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» scheti.
9330 «Undirilgan jarima, penya va ustamalar» schetida shartnoma shartlarini buzganligi uchun undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, boqimandalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar va boshqa hil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar aks ettiriladi. Bunday jarima va boqimandalar undirib olinsa 5110 yoki pul mablag‘larini hisobga oladigan boshqa schetlar debetlanib, 9330 scheti kreditlanadi. Lekin bunday jarima va boqimandalar aybdor tomonidan tan olinib hali puli o‘tkazib berilmagan bo‘lsa, 4860 «Da’volar bo‘yicha olinadigan schetlar» scheti debetlanib 9330- schet kreditlanadi.
9340 «O‘tgan yillar foydalari» schetida hisobot yilida aniqlangan oldingi yillarga tegishli foyda aks ettiriladi. Bunga xususan, oldingi yillarda olinib sarflab yuborilgan materiallar bo‘yicha qaytadan hisoblash natijasida mol yuboruvchilardan olingan summa, xaridorlarga oldingi yillarda jo‘natilgan mahsulot, ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha qaytadan hisoblash natijasida hisobot yilida olingan summa va shunga o‘xshaganlar kiradi. Bunday foyda o‘tkazib berilsa, pul mablag‘larini hisobga oladigan schetlar debetlanib, 9340 «O‘tgan yillar foydalari» scheti kreditlanadi. Agar bunday foyda hali o‘tkazib berilmagan bo‘lsa, 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schetlar» scheti debetlanib, 9340 «O‘tgan yillar foydalari» scheti kreditlanadi.
9350 «Qisqa muddatli ijaradan daromadlar» schetining kreditida 4820 «Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar» scheti bilan korrespondentlangan holda mulklarni qisqa muddatli ijaraga berishdan olinadigan daromadlar aks ettiriladi. Qisqa muddatli ijara haqi olinganda pul mablag‘larini hisobga oladigan schetlar debetlanib 4820 «Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar» scheti kreditlanadi.
9360 -«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» schetida da’vo qilib olish muddati o‘tgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlara ks ettiriladi. Bunday hollarda quyidagi rasmiylashtiriladi: Dt 6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 6990 «Boshqa majburiyatlar», Kt 9360 «Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» schetlari.
9370 «Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari» schetida korxonaning asosiy faoliyati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlar hisobga olinadi. Bularga korxona balansida turadigan soYoliqni saqlash, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari ob’ektlari, turar-joy-kommunal xo‘jaligi, madaniyat, sport ob’ektlari kiradi. Yuqorida keltirilgan ob’ektlarning daromadlari xarajatlaridan ko‘p bo‘lsa, farqi quyidagicha daromadga o‘tkaziladi: Dt 2710 «Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar» schetining tegishli analitik scheti, Kt 9370 «Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari» scheti.
9380 «Tekin moliyaviy yordam» schetining kreditida pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarini hisobga oladigan schetlar bilan korrespondentlangan holda qaytib olmaslik sharti bilan pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari ko‘rinishida olingan daromadlar aks ettiriladi. Bu vaqtda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 5110-5530-schetlar, Kt 9380«Tekin moliyaviy yordam» scheti.
9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schetida boshqa operatsion faoliyatidan daromadlar hisobga olinadi. Bu schetining kreditida, xususan, quyidagilar hisobga olinadi:
-asosiy, yordamchi, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda ortiqcha chiqqan tugallanmagan ishlab chiqarishlar, umumxo‘jalik omborlarida ortiqcha chiqqan materiallarning kirimga olinishi, Dt 2010, 2310, 2510, 2710-schetlar, Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» scheti»;
- oldin hisobdan chiqarilgan debitor qarzlarni undirib olishdan olingan daromadlar,
Dt 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schetlar»
Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» scheti».
Shu bilan birga balansdan tashqari 007 «To‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o‘tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi» schetidan chiqim qilinadi;
- mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta organlaridan tushgan to‘lovlaga,
Dt 4510 «Sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari»
Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» scheti;
- zaxira tashkil etilgan yildan keyingi yilning oxirigacha dargumon qarzlar zaxiraidan foydalanilmagan qismini daromadga o‘tkazilishiga,
Dt 4910 «Dargumon qarzlar bo‘yicha zaxira»
Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» scheti;
- ortiqcha chiqqan mahsulot va tovarlarning kirimga olinishi,
Dt 2810-2890, 2910-2990 schetlari,
Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» scheti
- tugallanmagan qurilishda aniqlangan ortiqcha chiqishlarni daromadga olinishiga,
Dt 0810-0890-schetlar
Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» scheti;
-xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘nak summalarni talab qilib olinmaganligi uchun hisobdan chiqarilishiga,
Dt 6310-6390-schetlar
Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» scheti. Bu xil daromadlar hisobot davri oxirida yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi:
Dt-9310, 9320, 9330, 9340,9350, 9360 ,9370 ,9380, 9390 schetlari,
Kt 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» scheti
Do'stlaringiz bilan baham: |