O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Asosiy vositalarni xo‘jalik sub’ekti balansiga kirim qilish yo‘llari



Download 5,72 Mb.
bet12/307
Sana28.01.2023
Hajmi5,72 Mb.
#904151
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism.

15.3. Asosiy vositalarni xo‘jalik sub’ekti balansiga kirim qilish yo‘llari.

Asosiy vositalarni korxona balansiga kirim qilinishi quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:


a) kapital qo‘yilmalar tugaganidan so‘ng tiklangan ob’ektni qabul qilish-topshirish;

  • oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha ob’ektni sotib olish;

  • ustav sarmoyasiga ta’sischi ulushi ko‘rinishida kelib tushish;

  • tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha);

  • ayirboshlash;

  • tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o‘tkazish;

  • uzoq muddatli ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olish;

  • qiymati belgilangan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar;

  • asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini aniqlash.

Asosiy vositalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektga qabul qilinayotganda maxsus tuzilgan komissiya tomonidan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini(AV-1 shakl) tuzish bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomada asosiy vositalarning dastlabki bahosi, eskirish summasi, qabul qilinayotgan vositaning qisqacha tavsifi, komissiya a’zolarining ismi-sharifi, moddiy javobgar shaxs tomonidan qabul qilinishi ko‘rsatiladi. Bunda ushbu dalolatnomaga ta’riflovchi texnik va boshqa hujjatlar ilova qilinadi va dalolatnoma xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan tasdiqdanadi.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tasdiqlangandan so‘ng xo‘jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasiga beriladi, shu dalolatnoma asosida har bir ob’ektga inventar varaqasi ochiladi.
Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarni sotib olish
Haq to‘lash evaziga qabul qilingan asosiy vositalarni baholashda dastlabki qiymatiga quyidagilar kiritiladi:
- oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalar ob’ektlari yetkazib beruvchisiga to‘lanadigan summalar;
- boshqa tashkilotlarga asosiy vositalarni qabul qilish bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘lanadigan summalar;
- olinayotgan asosiy vositalarni tashib va kuzatib berganligi uchun tashuvchilarga to‘lanadigan summalar;
- sotib oluvchi korxonaning asosiy vositalar ob’ektlarini olish bilan bog‘liq o‘z xarajatlari, masalan, asosiy vositalarni sotib olish uchun xizmat safariga yuboriladigan xodimlarning safar xarajatlari;
- ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari va asosiy vositalar ob’ektlariga bo‘lgan huquqni olish bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan shunga o‘xshash to‘lovlar;
- bojxona bojlari va boshqa to‘lovlar;
- asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish bilan bog‘liq holda to‘lanadigan, o‘rni qoplanmaydigan soliqlar;
- asosiy vositalarni sotib olishda vositachi tashkilotlarga to‘lanadigan haq;
- asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.
Asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olishda o‘rni qoplanmaydigan soliqlar va yig‘imlarga bojxona to‘lovlari, aksiz solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, asosiy vositalarning alohida ob’ektlari bilan bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan davlat boji, qonun hujjatlariga asosan davlat idoralariga to‘lanadigan turli majburiy to‘lovlar va boshqalar kiradi.
Asosiy vositalarni yetkazib beruvchiga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori hisobdan chiqarishga qabul qilinmaydi, balki asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga kiritiladi.
Keyinchalik asosiy vositalarning dastlabki qiymati asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash tizimi orqali qoplanishi kerak bo‘ladi. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatidan “Asosiy vositalar” 5-son BHMS tavsiya qilayotgan barcha tavsiyalarni qo‘llagan holda amortizatsiyani hisoblashda foydalaniladi.
Asosiy vositalar chet el valyutasiga olinishi mumkin. Lekin hatto ushbu hollarda ham ularni baholash Adliya vazirligi tomonidan 2001 yil 16 noyabrda 1085-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan so‘mda amalga oshirilishi kerak. Baholash chet el valyutasini asosiy vositalar ob’ekti xarid qilingan sana holatida Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qabul qilingan sana deb ushbu ob’ektga mulk, xo‘jalik yuritish yoki tezkor boshqarish huquqi o‘tgan sana hisoblanadi.
Bunday hollarda to‘lov va asosiy vositalarni hisobga qabul qilish sanasi o‘rtasida vaqtinchalik uzilish sababli kurs farqi vujudga keladi. Kurs farqi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy natijalariga moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari (xarajatlari) sifatida kiritiladi va «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida» gi hisobotda (2-son shakl), “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa daromadlar va xarajatlar” satri bo‘yicha “Korxona moliyaviy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi hisoboti”» statistik hisobotida (1-f-son shakl) “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari va xarajatlari” satri bo‘yicha, “Korxonaning xarajatlari to‘g‘risida hisobot”da va boshqa statistik hisobotlarda tegishli moddalar bo‘yicha aks ettiriladi.
Manfiy kurs farqi vujudga kelgan aksincha holatda ushbu farqni moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar tarkibida zarar sifatida aks ettirish kerak.
Asosiy vositalar ob’ektlariga import operatsiyalari orqali ega bo‘lishda va chet el valyutasida haq to‘lashda kurs orasidagi farqlar yuqorida keltirilgan misolga o‘xshash tartibda aks ettiriladi. Chet el valyutasiga olingan asosiy vositalar ob’ektlari kirim qilinganidan so‘ng balansning valyuta moddalari sifatida har oyda qayta baholanishi kerak bo‘lmaydi.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish