Yusupov U.S. tomonidan pul mablag‘lari ko‘rinishida qo‘shimcha hissa qo‘shdi
70 000
5110
6630
2
Abayev B.A. tomonidan asosiy vosita va uskuna ko‘rinishida qo‘shimcha hissa kiritdi
85 000
0890
6630
3
Yusupov U.S. tomonidan pul mablag‘lari ko‘rinishida qo‘shimcha hissa qo‘shdi
70 000
6630
8330
4
Abayev B.A. tomonidan asosiy vosita va uskuna ko‘rinishida qo‘shimcha hissa kiritdi
85 000
6630
8330
Yangi muassisni (a’zo)ni jalb etish Yangi a’zo jamiyat muassisi bo‘lishi mumkin:
Ustav kapitali ulushini bitta yoki bir necha sherikdan sotib olish yo‘li orqali;
Qo‘shimcha kapital ko‘yish yo‘li bilan.
Biroq istalgan holda uning nomzodi avvalgi a’zolarning barchasi tomonidan ma’qullanishi lozim.
Birinchi holatda kapital sotib olingan ulushi oldingi muassis kapitali schyotidan yangisinikiga o‘tkaziladi.
Muassislar tarkibidan chiqish Muassis tarkibidan chiqishga hamda o‘z ulushini olishga qaror qilganda quyidagi provodkalar qayd etiladi:
8330 - «Pay va ulushlar» schyoti debeti.
6620 - «Chiqib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha qarzlar» schyoti krediti.
Agar muassis chiqib ketayotgan paytda MChJ ma’lum jamg‘arilgan foydaga ega bo‘lsa, u holda ta’sis hujjatlarida belgilangan nisbatga muvofiq unga ham, mazkur holatda 70% yoki 30% berilishi lozim.
8720 - «Jamg‘arilgan foyda» schyoti debeti.
6620 - «Chiqib ketayotgan muassislar ulushlari bo‘yicha qarzlar» schyoti krediti.
Muassis chiqib ketayotganida olgan jamg‘arilgan foyda summasidan jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soliqlarini to‘lashlari lozim. Muassisning ustav kapitalidan (8330 schyotlardan) o‘z ko‘yilmasini qaytarib olishi hech qanday chegirmalarsiz sof tarzda amalga oshiriladi.
Chiqib ketayotgan muassis oldidagi qarz so‘ndirilgan holat quyidagicha aks ettiriladi:
6620 - «Chiqib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha qarzlar» schyoti debeti.
5010, 5110 - «Pul mablag‘lari» schyoti krediti.
Aksiyadorlik jamiyatlaridagi (korporatsiyalardagi) ustav kapitali yoki aksiyadorlik kapitali, odatdagidek, chiqarilgan (chiqarilishiga ruxsat etilgan) aksiyalarning nominal yoki e’lon qilingan qiymatiga teng bo‘ladi.
Aksiya - aksiyadorlik jamiyati mol-mulkidagi ulushga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz yoki boshqacha qilib aytganda, korporatsiyaning mol-mulki birligidir. Korporatsiya chiqarish mumkin bo‘lgan aksiyalarning eng yuqori miqdori ustavda belgilanadi.
Aksiyaning nominal qiymati - qimmatli qog‘ozda ko‘rsatilgan qiymati, aksiyadorlik jamiyati kapitalining hajmini belgilaydi va aksiya emissiya chiqarishga ruxsat etilganligini ro‘yxatdan o‘tkazishda belgilanadi.
Misol. Aksiyadorlik jamiyati ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilishicha, oddiy (odatdagi) aksiyalar soni 20000 dona, bir
dona aksiyaning nominal qiymati 100 so‘m, 2000000 so‘mlik summadagi aksiyalarni chiqarishga ruxsat etilgan. 20000 dona aksiyadan xozircha 7000 dona sotilgan, chiqarilgan aksiyalarning qolgan 3000 donasi sotilmagan deb tasavvur qilaylik.
Hisobda aksiyadorlik kapitali tuzilmasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Chiqarilishga ruxsat etilgan aksiyalar 20000 dona - 2000000 so‘m.
Shu jumladan:
Sotilganlari 17000 dona - 1700000 so‘m; ulardan haqi to‘lanmaganlari 700000 so‘m, haqi to‘langanlari 1000000 so‘m.
Sotilmaganlari - 3000 dona - 300000 so‘m.