17.4-jadval
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000)ning bog‘lanishi
T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Jo‘natilgan mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar (QQS, aksizlardan tashqari) uchun xaridorlarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga
|
4010, 4020
|
9010, 9020, 9030
|
2
|
Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni naqd pulga sotish
|
5010, 5020
|
9010, 9020, 9030
|
3
|
Korxona xodimiga mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar (jumladan maxsus kiyimlar) sotildi
|
4790
|
9010, 9020, 9030
|
4
|
Dividendlar mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan to‘landi
|
6610
|
9010, 9020, 9030
|
5
|
Vositachilik operatsiyalari bo‘yicha komission mukofotlar summasi
|
4010
|
9010
|
6
|
Mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga sotildi
|
4120
|
9010, 9020, 9030
|
7
|
Kechiktirilgan daromadlar summasi ular taalluqli bo‘lgan hisobot davri kelganda sotish hajmiga kiritildi
|
6230
|
9010, 9020, 9030
|
8
|
Sotilgan tovarlarning qaytishi
|
9040
|
4010
|
9
|
Sotishdan va narxdan chegirmalar berish
|
9050
|
4010
|
10
|
Hisobot davrining oxirida 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” schyotini yopilishi
|
9010, 9020
|
9040
|
11
|
Hisobot davrining oxirida 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotini yopilishi
|
9010, 9020,9030
|
9050
|
12
|
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
|
9010, 9020. 9030
|
9910
|
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
Tayyor mahsulot tushunchachiga ta’rif bering?
Mahsulot, ishlar va xizmatlar bir-biridan qanday farqlanadi?
Mahsulotlar nomenklaturasi nima va undan qanday maqsadda foydalaniladi?
Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot omboriga o‘tkazishda qanday dastlabki hujjatlar to‘ldiriladi?
Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlarlar deganda nima tushiniladi?
Inkotermis nima va undan qanday maqsadda foydalaniladi?
Franko-joy nimani bildiradi va uning qanday turlarini bilasiz?
Mahsulotni ortib jo‘natishda qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi?
Ish va xizmatlar bajarilganda va topshirilganda qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi?
Tayyor mahsulotni omborga qabul qilinaganda qanday ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi?
Tayyor mahsulot yuklab jo‘natilganda buxgalteriya hisobida qanday hisobga olinadi?
Sotilgan mahsulotlar bo‘yicha aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘iga qanday ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi?
Tayyor mahsulotlarningi harakati qaysi hujjatlarda rasmiylashtiriladi?
Mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lgan sotish xarajatlariga qanday aniqlanadi?
Konsignatsiya bo‘yicha sotilgan tovarlar buxgalteriya hisobida qanday rasmiylashtiriladi?
18- BOB. XUSUSIY KAPITAL HISOBI
18.1. Xususiy kapital hisobini tashkil etish va uning vazifalari.
18.2. Xususiy kapital tarkibi.
18.3.Turli mulkchilik shakllarida ustav kapitalini shakllantirish va uning o‘zgarishini hisobga olish.
18.4. Qo‘shilgan kapital hisobi.
18.5. Rezerv kapitalini shakllantirish va ishlatishni hisobga olish.
18.6. Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi.
18.7. Maqsadli tushumlar hisobi.
Do'stlaringiz bilan baham: |