O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti



Download 5,72 Mb.
bet89/307
Sana28.01.2023
Hajmi5,72 Mb.
#904151
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism.

yoki teskari provodka yordamida:

Dt 2980 "Savdo ustamasi"
Kt 9120 "Sotilgan tovarlar tannarxi";

  • yoki stornolash yozuvi orqali ("ayiruv" belgisi bilan):

Dt 9120 "Sotilgan tovarlar tannarxi"
Kt 2980 "Savdo ustamasi".
Agar xatlov bo‘yicha haqiqatdagi summa ko‘proq bo‘lsa, savdo ustamasidan ortiq bo‘lgan summa oddiy provodkaga o‘xshash tarzda aks ettiriladi:
Dt 2980 "Savdo ustamasi"
Kt 9120 "Sotilgan tovarlar tannarxi".
O‘rtacha foiz bo‘yicha hisob-kitob qilish usuli bilan taqqoslaganda savdo ustamasini tovar qoldig‘i assortimenti bo‘yicha hisobot oyining oxirida tovarlarni inventarizatsiya qilish talab etiladi.
Umumiy ovqatlanish sub’ektlarida 2980 - "Savdo ustamasi" schyotida omborxonalarda, bufetlar va oshxonada sakdanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlarga bo‘lgan savdo ustamalari summalari, shuningdek, sotish baholari bo‘yicha oshxona bufet mahsulotlari qiymatiga belgilangan miqdorlarda qo‘shiladigan ustamalar summalari hisobga olinadi.
Savdo ustamalarini aks ettirish xuddi chakana savdodagidek aks ettiriladi:
Dt 2910 "Ombordagi tovarlar"
Kt 2980 "Savdo ustamasi".
Umumiy ovqatlanish sub’ektlarining buxgalteriya hisobida xom ashyo taomlarni tayyorlash chog‘ida 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schyotiga hisobdan chiqariladi. Uning debeti bo‘yicha ishlab chiqarishga kelib tushgan mahsulotlarning qiymati, kreditida esa -taomlarni tayyorlashga sarflangan xom ashyo qiymati, oshxonadan omborxonaga qaytarib yuborilgan xom ashyo qiymati, shuningdek, mahsulotlardagi kamomad va talafotlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Firma (maxsus firma qoshida) do‘koni faoliyat yuritgan korxonalarda tayyor masulotlar hisobi quyidagicha hisobga olinadi. Masalan “Muza” savdo belgisi bilan sotiladigan tayyor (hamrlar) mahsulotlarning omborxonadan ishlab chiqarishga kelib tushishi quyidagi provodka bilan aks ettiriladi:
Dt 2010 "Asosiy ishlab chiqarish"
Kt 2910 "Ombordagi tovarlar".
Realizatsiya qilingan mahsulotni tayyorlashga sarflangan xom ashyoning hisobdan chiqarilishi quyidagi yozuv bilan hisobga olinadi:
Dt 9110 "Sotilgan tayyor mahsulot tannarxi"
Kt 2010 "Asosiy ishlab chiqarish".
Umumiy ovqatlanish tizimida tayyor mahsulot ishlab chiqarishdan bufetlarga va mayda chakana tarmoqqa ham chiqarilishi mumkin, bu esa quyidagi provodka bilan aks ettiriladi:
Dt 2920 "Chakana savdodagi tovarlar"
Kt 2010 "Asosiy ishlab chiqarish".
Oshxonadan omborxonaga qaytarib yuborishlar quyidagi yozuv bo‘yicha hisobga olinadi:
Dt 2910 - "Ombordagi tovarlar"
Kt 2010 - "Asosiy ishlab chiqarish".
Umumiy ovqatlanishda mahsulotlar nafaqat harid qilish baholari bo‘yicha, balki sotish baholari bo‘yicha ham (savdo ustamasini hisobga olgan holda) hisobga olinishi mumkin.
Mahsulotlar xarid qilish baholari bo‘yicha hisobga olinganda, ular ishlab chiqarishga ustamalar hisobga olinmagan holda hisobdan chiqariladi. Realizatsiya qilish hisobi ishlab chiqarish mahsulotining realizatsiya qilinishiga o‘xshab yuritiladi, biroq bunda faqat, umumiy ovqatlanishda realizatsiya qilishlar chog‘ida, asosan, olinadigan schyotlardan foydalanilmaydi, holos. Sotishlar chog‘ida o‘sha zahotiyoq sotilgan mahsulot uchun kelib tushgan mablag‘lari ham aks ettiriladi, chunki umumiy ovqatlanishda ham, chakana savdodagidek, sotishning amalga oshirilishi asosan pul mablag‘larining kelib tushishi vaqti bilan mos tushadi:
Dt 5010 - "Milliy valyutadagi pul mablag‘lari"
Kt 9010 - "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar".
Mahsulotlarni sotish baholari bo‘yicha hisobga olish hollarida sotilgan mahsulotlarga tegishli bo‘lgan qismida savdo ustamalari summalari quyidagi tarzda aks ettiriladi (chakana savdodagiga o‘xshash tartibda):
Dt 2980 "Savdo ustamasi"
Kt 9110 "Sotilgan tayyor mahsulot tannarxi".
Mazkur provodka bilan biz bamisoli sotilgan mahsulotning tannarxini pasaytiramiz, chunki ilgari biz ushbu tannarxni savdo ustamasini hisobga olgan holda aks ettirganmiz, ya’ni uning qiymatini ustama summasiga oshirganmiz.
Umumiy ovqatlanishdagi ustamalar o‘rtacha foizini aniqlashning xususiyati o‘z ichiga mahsulotlarning realizatsiya qilinish ko‘rsatkichlarini, shuningdek, uchta bo‘linma bo‘yicha: omborxonadagi (2920-schyot), ishlab chiqarishdagi (2010-schyot) va bufetlardagi (2920-schyot) oy oxiriga bo‘lgan mahsulotlar va tovarlarning qoldiqdarini oluvchi mazkur tarmokda tovarlar balansi formulasining o‘ziga xosligidan kelib chiqadi.



Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish