31.2- rasm. Byudjet tuzish bosqichlari Pul oqimlari farazi / Pul mablag’lari byudjeti. Bu byudjet kompaniyaning umumiy faoliyatini rejalashtirish jarayonida eng muhim byudjet hisoblanadi, shu sababli uning asosiy maqsadlari va ishlab chiqish qoidalari keyinchalik alohida bo’limda ko’rib chiqiladi.
Moliyaviy natijalar to’g’risida farazli hisobot.Umuman kompaniya uchun moliyaviy ahvolning farazini yoki buxgalteriya balansi loyihasini ishlab chiqish umumiy byudjetni tayyorlash jarayonidagi so’nggi qadamdir. Unda rejalashtirilgan faoliyat haqiqatda amalga oshishi nazarda tutiladi.
31.2. rasmda ko’rsatilganidek, barcha byudjetlardagi ma’lumotlardan shu prognoz uchun foydalaniladi. Pul mablag’lari byudjeti tayyorlangandan so’ng byudjet davri oxirida pul mablag’larining prognoz qoldig’ini bilib va sof foyda hamda zarur kapital yotqizish hajmini aniqlab, buxgalter prognoz balansini tayyorlash mumkin bo’ladi, bu balans asosiy byudjetni tuzish jarayonining qoldiq mahsulidir.
Rahbariyat ayni shu nuqtada taklif etilgan umumiy byudjetni qabul qilish yoki rejalarni o’zgartirib, byudjetning ayrim qismlarini yana ko’rib chiqishni hal qiladi.
Byudjetning bajarilishi.Byudjetning bajarilishi uchun butun ma’suliyat byudjet tuzish bo’yicha direktorning zimmasiga tushadi. Bu jarayonning muvaffaqiyatini ikki muhim jihat belgilaydi. Birinchidan, kompaniyaning barcha ma’sul shaxslari nimalar kutilayotganini va maqsadlarni aniq va to’g’ri tushunishlari zarur. Kompaniyaning faoliyatiga jalb etilgan barcha shaxslar ulardan nimani kutishayotganini bilishlari va o’z maqsadlariga qanday erishish to’g’risida ko’rsatma olishlari lozim. Ikkinchidan, yuqori rahbariyat tomonidan qo’llab-quvvatlash va uni rag’batlantirish tizimi ham juda muhimdir. Byudjet tuzish jarayoni qanchalik murakkab bo’lmasin, o’rta va quyi darajadagi rahbarlar oliy rahbariyat qoldiq natijalardan haqiqatan manfaatdorligiga byudjetning rejalashtirilgan maqsadlari bajarilishini rag’batlantirishiga ishonch hosil qilsalargina bu jarayon muvaffaqiyatli bo’ladi.
Byudjetning ijrosini baholash haqiqatda erishilgan natijalar byudjetda rejalashtirilganidan chetga chiqqanligini tahlil qilishga asoslanadi. Chetga chiqishni (og’ishni) belgilash va ularning vujudga kelishining sabablarini aniqlash masalalari me’yoriy xarajatlarni hisobga olish va og’ishlarni (chetga chiqishni) tahlil qilish tizimiga bag’ishlangan navbatdagi bobda batafsil ko’rib chiqiladi.