O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Buyurtmalar bo’yicha kalkulyatsiyalashga asosiy yondashuv



Download 5,72 Mb.
bet229/307
Sana28.01.2023
Hajmi5,72 Mb.
#904151
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism.

27.2. Buyurtmalar bo’yicha kalkulyatsiyalashga asosiy yondashuv

Xarajatlarni aniq bir buyurtmaga o’tkazish uchun quyidagi amallarni ajratish mumkin48:


1) Buyurtmani xarajatlar ob’ekti sifatida aniqlash.
2) Buyurtma bilan bog’liq xarajatlarni (materiallar, asosiy mehnat) aniqlash.
3) Buyurtmaga ustama sarflarni taqsimlash uchun bazani tanlash.
4) Ustama sarflarni taqsimlash bazasiga kiritish.
5) Ustama sarflarni taqsimlash stavkasini hisoblash.
6) Ustama sarflarni taqsimlash stavkasidan foydalanib, ustama sarflarni buyurtmaga o’tkazish.
7) Buyurtma bo’yicha umumiy xarajatlarni (materiallar, mehnat, ishlab chiqarish ustama sarflarini) aniqlash.
Mehnat va materiallar kabi to’g’ridan-to’g’ri sarflangan xarajatlar mahsulot yoki xizmatning aniq bir turiga bevosita o’tkazilishi mumkin. Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari faqat maxsus sun’iy usullar yordamida mahsulot turlariga taqsimlanishi mumkin. Ularni hisobdan chiqarish chog’ida umumiy ishlab chiqarish sarflarini har bir bo’linma yoki faoliyat yuritayotgan ob’ekt uchun belgilangan me’yoriy stavkalardan foydalanadilar. Buyurtmalar bo’yicha kalkulyatsiya poligrafiya sanoatida, kemasozlikda, konsalting kompaniyalarida qo’llaniladi.
Taqsimlash stavkasini aniqlash:
1. Yillik byudjetni, umumiy ishlab chiqarish sarflari rejasini tuzish. Umumiy ishlab chiqarish sarflarining taxmin qilingan miqdorini hisoblash. Xarajatlar dinamikasi va ishlab chiqarishning nazarda tutilgan xajmi asosida amalga oshiriladi. Bu operatsiyani kelgusi hisobot davriga har bir ishlab chiqarish bo’linmasi uchun bajarish zarur.
2. Umumiy ishlab chiqarish sarflarini taqsimlash bazasini tanlash. Buning uchun ishlab chiqarish faoliyatining biror ulchagichidan (mezonidan) masalan, ishlangan kishi soat sonidan, mashina-soat miqdoridan, ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilarga hisoblangan ish haqi summasidan foydalanib, ishlab chiqarish umumiy sarflari bilan tayyor mahsulot hajmi o’rtasidagi bog’liqlik aniqlanadi. Tanlangan baza ishlab chiqarish umumiy sarflarini ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi bilan bog’liq bo’lishi kerak.
3. Kelgusi davrga prognoz qilingan umumiy ishlab chiqarish sarflari miqdorini ishlab chiqarishning prognoz qilingan va tanlangan taqsimlash bazasi ko’rsatkichlarida (soatlar, dollarlar) ifodalangan miqdoriga taqsimlash. Bu operatsiya natijasida ishlab chiqarish umumiy sarflarini taqsimlashning me’yoriy stavkasi olinadi.
So’ngra ishlab chiqarish umumiy sarflari ana shu stavkadan foydalanib, mahsulotning har bir turiga o’tkaziladi, buning uchun taqsimlash bazasi ko’rsatkichininig haqiqiy qiymati taqsimlashning me’yoriy stavkasiga ko’paytiriladi. Bu summa materiallar sarfiga va ishlab chiqarish ishchilariga hisoblangan mehnat haqiga qo’shiladi.
Natijada mahsulotning hisoblangan tannarxi kelib chiqadi, unda faqat ikkita haqiqiy element bo’ladi, ishlab chiqarish umumiy sarflari taqsimlashning me’yoriy bazasi asosida mahsulotga o’tkazilgan bo’ladi. Hisobot davri oxirida umumiy ishlab chiqarish xarajatlari schetida oxirgi qoldiq ma’lum bo’ladi, ya’ni. haqiqatan qilingan ishlab chiqarish umumiy sarflari bilan mahsulot tannarxiga o’tkazilgan sarflar o’rtasidagi tafovut aniqlanadi. Ortiqcha taqsimlangan ishlab chiqarish umumiy ustama sarflari «Sotilgan mahsulot tannarxi» schetining debetiga o’tkaziladi.



Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish