Bog'liq 9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism.
T/r
Muomala mazmuni
Debet
Kredit
1.
Bank kreditidan foydalanilganligi uchun foiz hisoblandi
9610
6920
2.
Hisoblangan kredit foizi to‘/landi
6620
5110
Banklar, mol yetkazib beruvchilarning kreditlari va qarzlar, moliyaviy ijara bo‘yicha foizlar va boshqa foiz to‘lovi xarajatlari 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar” schyotining debetida 6920 “Hisoblangan foizlar” yoki pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotida salbiy kurs farqi va balansning valyuta moddalariga doir operatsiyalar (chet yel valyutasi operatsiyalari bo‘yicha salbiy kurs farqlari, shu jumladan buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholashdan farq) bo‘/yicha zararlar aks yettiriladi. 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotida salbiy kurs farqi va balansning valyuta moddalariga doir operatsiyalar bo‘yicha zararlar aks ettiriladi. Chet el valyutasi operatsiyalari bo‘yicha salbiy kurs farqlari, shu jumladan buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholashdan farq 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotining debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schetlar, olinadigan schetlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Qayta baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadlarida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiritiladi:
kassadagi, bankdagi depozit va ssuda schetlaridagi, shu jumladan akkreditivlardagi valyuta mablag‘lari;
chet el valyutasidagi pul hujjatlari;
chet el valyutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog‘/ozlar;
chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlar, kreditlar va qarzlar. Korxonalarda moliyaviy faoliyat xarajatlari turli ko‘rinishlarda yuzaga kelar yekan. Hozirgi kunda korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati oshib borishi bilan valyuta mablag‘lari bilan bog‘/liq bo‘lgan sarflar ham ahamiyatli tarzda yuzaga chiqmoqda.Korxona o‘/z faoliyatini to‘/la moliyalashtira olmay qolganda kredit resurslari uchun moliyaviy sektorga murojat qiladi. Bank institutlari yesa so‘ralgan va kerakli pul mablag‘/ini belgilangan foizlar olish tartibida iste’molchiga beradi. Bu bilan bank o‘/z faoliyatini amalga oshirmoqda hamda korxona iqtisodiy faoliyatiga ko‘mak bermoqda. O‘z navbatida korxona kredit tarzida berilgan mablag‘/lardan samarali foydalanib, uning asosiy va foiz qismlarini o‘/z vaqtida qaytarib beradi.
Agar operatsiyaning amalga oshirish sanasidan ushbu operatsiya bo‘yicha yakuniy hisob-kitob sanasigacha bo‘/lgan davr ikki va undan ko‘proq oylar yoki hisobot davrlari orasiga tushib qolsa, unda balansning valyuta moddalarini har oylik qayta baholashda yoki hisobot davrining oxirida qayta baholashda, kurs farqi har oyning (hisobot davrining) yakunida amalda bo‘/lgan kurs bo‘yicha, yoki shuningdek yuqorida ta’/kidlangan operatsiya bo‘/yicha yakuniy hisob-kitoblar sanasida kurs farqi vujudga kelishi mumkin.
Valyutalar kurslari farqidan zararlarga quyidagicha provodka beriladi:
Debet 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”
Kredit Pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar,olinadigan schyotlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar.