18.4. Qo‘shilgan kapital hisobi.
Qo‘shilgan kapital - aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori bo‘lgan narxlar bo‘yicha birinchi bor sotilishida vujudga kelgan emissiya daromadi va Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqlarini hisobga olish tushuniladi.
Sotib olingan xususiy aksiyalarni jamiyat o‘z balansida ushlab turishi yoki ularni jamg‘arma bozorida qaytadan sotishi mumkin. Aksiya egalari qarori bilan ustav kapitali sotib olingan xususiy aksiyalar summasiga kamaytirilishi, aksiyalarning o‘zi esa bekor qilinishi mumkin.
Turli xil qiymatdagi aksiyalar. Aksiyalarning hisob qiymatini aniqlash.Aksiyalarga nisbatan ko‘llanilayotgan «qiymati» so‘zi bir qancha ma’noni anglatadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, nominal yoki e’lon qilingan qiymati firmaning yuridik kapitalini belgilaydi.
Korporatsiya aksiyalarining hisob yoki balans qiymati uning barcha aktivlari va majburiyatlar (qarzlar) ayirmasidan iborat; bu kompaniya aksiyadorlarning mulki yoki netto aktivlaridir. Shunday qilib bir dona aksiyaning hisob qiymati ulush egasiga qarashli bir dona aksiyani korporatsiyaning netto aktivlarini ifodalaydi.
Misol. Aksiyadorlik jamiyati balansi quyidagi ko‘rinishga ega:
Aktivlar:
Uzoq muddatli - 1200000
Joriy-1400000
Jami aktivlar - 2600000
Passivlar:
Uz kapitali:
Oddiy aksiyalar (20000 dona, nominal - 100 so‘m) - 2000000 Jamlangan foyda - 400000 so‘m Majburiyatlar jami - 200000 so‘m
Jami passivlar - 2600000
20000 dona nominal qiymati bo‘lgan aksiyaning hisob qiymati quyidagiga teng:
Aktivlar (2600000) - majburiyatlar (200000) : 20000 dona aksiya
= 120 so‘m, yoki o‘z kapitali (2400000): 20000 dona aksiya =120 so‘m.
Bu aksiyadorlik jamiyatiga qarashli har bir aksiya 120 so‘mlik mol-mulk bilan ta’minlanganligini bildiradi.
Aksiyaning bozor qiymati - ochik bozorda aksiya uchun investorlar to‘lashga rozi bo‘lgan bahodir.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini 2 turini chiqarishlari mumkin: oddiy (odatdagi) va imtiSzli. Ular ko‘rsatuvchi nomiga nomlanishi mumkin.
Misol. 3000 so‘mlik nominal qiymatidagi imtiSzli aksiyalarning 10 %i har bir aksiya uchun 300 so‘m miqdorida yillik dividend to‘lanadigan aksiyalardir.
Biroq, boshqa tomondan oddiy aksiyalar odatdagidek, o‘z egalariga ovoz berish huquqini beruvchi yagona aksiyalar turi va faqatgina ularni saqlovchilar aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga egadirlar.
Qo‘shilgan kapital oddiy va imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan summalarining nominal qiymatidan oshiqcha summalarining, bundan tashqari qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mulklar qiymatining yig‘indisidan tashkil topadi.
Qo‘shilgan kapital, aksiyalarning nominal qiymatidan oshiqcha bahosi bo‘yicha birinchi sotuvdan olingan emissiya daromadini aks ettiradi. Bundan tashqari, qo‘shilgan kapitalning tarkibida ustav kapitaliga ko‘yilgan omonatlarni to‘lashda hosil bo‘ladigan kursdagi farqlarning summasi ham hisobga olinadi.
Qo‘shilgan kapitalning mavjudligi va harakati quyidagi:
Do'stlaringiz bilan baham: |